• Birinchi sath
  • Nigmatov X




    Download 9.08 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/57
    Sana19.04.2022
    Hajmi9.08 Mb.
    #19982
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   57
    Bog'liq
    c6a0026cad2c48e15947f151b862f2f7 Kompyuter arxitekturasi
    1mus, ариза
    Nolinchi sathbu kompyuterning apparat taminoti sathi hisoblanadi. 
    Raqamli mantiqiy sath, ya’ni nolinchi sath ob’ektlari ventillar, ya’ni uzgich-
    ulagichlar deb ataladi. Ular yordamida - I, ILI, NE (AND, OR, NOT) kabi oddiy 
    mantiqiy funksiyalar bajariladi (1.3-rasm).
    Bir nechta ventillar yordamida 0 va 1 raqamlarini saqlay oladigan 1 bitli xotira 
    elementlari, ya’ni triggerlar hosil qilinadi. Masalan SR, JK, T va D kabi triggerlar 
    (1.4-rasm). Umuman kompyuter ham - ventillardan tashkil topgandir. 
    1.3-rasm. Asosiy mantiqiy elementlar. 
    1.4-rasm. SR-triggeri. 


    27 
    Guruhlarga birlashtirilgan xotira elementlari esa, registrlarni hosil qiladi. 
    Registrlar 8, 16, 32 yoki 64 bit uzunliklarga ega bo‘lishlari mumkin (1.5-rasm).
    Kompyuterning qanday tuzilganligi va qanday ishlashini o‘rganishda juda 
    ko‘p marotaba so‘zga olinadigan tushunchalardan biri - bu registrlar hisoblanadi. 
    Kompyuterda va protsessorning ichida kechayotgan, ma’lumotlarni ishlash 
    jarayonlarini amalga oshirishda ham, turli xil vazifalarni bajarish uchun 
    mo‘ljallangan registrlardan foydalaniladi. 
    Birinchi sathmikroarxitektura sathi deb ataladi. Ushbu sathga tegishli 
    bo‘lgan elektron sxemalar mashinaga bog‘liq bo‘lgan dasturlarni bajaradi, ya’ni 
    kompyuterda ishlatilgan protsessorga mos keladigan dasturlarni bajaradi. Masalan 
    Intel, Apple, DEC va boshqa xil protsessorlarga mos bo‘lgan dasturlar. Birinchi 
    sathda 8-ta yoki 32-ta registrlardan iborat lokal xotira va arifmetik mantiqiy qurilma 
    (Arithmetic Logical Unit - ALU) deb nomlangan sxemalar mavjud. 
    1.5-rasm. Registr. 
    Arifmetik mantiqiy qurilma – oddiy arifmetik va mantiqiy amallarni bajaradi. 
    Arifmetik mantiqiy qurilma bilan birga registrlar birgalikda ma’lumotlarni ishlash 
    ketma-ketligini, ya’ni ma’lumotlar traktini shakllantiradi (1.6-rasm).
    Ma’lumotlar trakti quyidagicha ishlaydi – bitta yoki ikkita registrlar tanlanadi, 
    arifmetik mantiqiy qurilma ular yordamida qandaydir amalni, masalan – inkorlash, 


    28 
    qo‘shish, ayrish yoki boshqa bir amalni bajaradi, so‘ngra natija tanlangan 
    registrlardan biriga joylashtiriladi. 
    Ba’zi 
    kompyuterlarda 
    (protsessorlarda) 
    ma’lumotlar 
    trakti 
    – 
    mikroprogramma (mikrodastur)  deb nomlangan maxsus dastur tomonidan nazorat 
    qilinadi. Boshqa xil kompyuterlarda esa ma’lumotlar trakti – apparat vositalar 
    tomonidan nazorat qilinadi. Hozirda ishlab chiqarilayotgan kompyuterlarda 
    ma’lumotlar trakti - odatda apparat vositalar tomonidan nazorat qilinadi. Shuning 
    uchun birinchi sathning nomi – mikroarxitektura sathi deb nomlangan. 
    Ma’lumotlar trakti dasturiy ta’minoti tomonidan nazorat qilinadigan 
    kompyuterlarda, mikrodastur deganda – ikkinchi sath buyruqlarining interpretatori
    ya’ni amalga oshiruvchisi tushuniladi. Mikrodastur xotiradan buyruqlarni chaqirib 
    oladi va ularni ma’lumotlar traktidan foydalangan holda ketma-ket bajaradi. 
    Masalan: ADD – qo‘shish buyrug‘ini bajarish uchun, u avval xotiradan chaqirib 
    olinadi, unda ishtirok etadigan operandalar, ya’ni qo‘shiluvchilar registrlarga 
    joylashtiriladi, arifmetik-mantiqiy qurilma yig‘indini hisoblaydi va natija xotiraga 
    yoziladi. 
    Ma’lumotlar trakti apparat ta’minoti tomonidan nazorat qilinadigan 
    kompyuterlarda ham, xuddi shunday muolaja amalga oshiriladi, ammo bunda 
    ikkinchi sath buyruqlarini amalga oshiruvchi, ya’ni interpretatsiya qiluvchi 
    mikrodastur bo‘lmaydi. 

    Download 9.08 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   57




    Download 9.08 Mb.
    Pdf ko'rish