II.  ZAMONAVIY KOMPYUTERLARNING TUZILISHI




Download 9.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/57
Sana19.04.2022
Hajmi9.08 Mb.
#19982
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
Bog'liq
c6a0026cad2c48e15947f151b862f2f7 Kompyuter arxitekturasi
1mus, ариза
II. 
ZAMONAVIY KOMPYUTERLARNING TUZILISHI 
Shahsiy kompyuterning asosiy qurilmalariga quyidagilar kiradi:
• 
sistemali blok; 
• 
monitor;
• 
klaviatura; 
• 
sichqoncha;
• 
va dinamikalardan iborat.
Sistemali blok quydagi asosiy qismlardan tashkil topgan: 

Korpus, 

Ona plata (Motherboard); 

Markaziy protsessor (mikroprotsessor); 

Operativ (tezkor) xotira; 

Qattiq disk (vinchester); 

CD-ROM qurilmasi - diskovod; 

Elektr ta’minoti bloki; 


11 

Sovutgichlar (kullerlar); 

Video va ovoz kartalari.
Ona 
plata, 
sistemali 
plata 
(ruschada materinskaya 
plata, 
inglizchada 
Motherboard 
yoki 
mainboard) 

kompyuterning 
yoki 
EHMsi 
sistemaining 
asosiy, ko‘p qatlamli 
murrakab platasi bo‘lib, 
kompyuter qismlarini 
uning ustiga qurish 
uchun xizmat qiladigan qurilma. Har bir murrakab elektron qurimlmalarning 
(televizor, telefon va boshqa) asosiy platalari ham shunday ataladi.
Ona plata ustiga protsessor, mikrosxemalar, chipsetlar uchun slotlar 
(raz’yomlar), opretiv xotira uchun (OX) mahsus ajratilgan slotlar, kontrollerlar 
uchun shinalar, interfeyslar va boshqa tashqi qurilmalar uchun kirish-chiqish 
portlaridan va sovutish sistemai qurilmalari o‘rnatiladi. Ona platalarni ishlab 
chiquvchi etakchi firmalar: 
• 
GIGABYTE Technology Co., Ltd. - 1986 yildan beri sistemali platalar, 
videokartalar, noutbuk, mobil telefonlar ishlab chiqaruvchi Tayvanning 
kompaniyasi. Bo‘limlari Xitoy halq respublikasida jovylashgan.
• 
Asus - sistemali platalar, kompyuter, noutbuk, mobil telefonlar, internet-
planshetlar, optik qurilmalar va monitorlar ishlab chiqaruvchi Tayvanning 
kompaniyasi. Bo‘limlari Xitoy halq respublikasida joylashgan. 
• 
va boshqa kompaniyalar mavjud. 
Protsessor (markaziy protsessor, mikroprotsessor deb ham aytiladi). 
Kompyuterning eng muxim qismini protsessor, (ya’ni protsessor va boshqaruv 
qurilmasi) tashkil etadi. Dastur yordamida berilgan ma’lumotlarni o‘zgartiradigan, 
hamma hisoblash jarayonlarini boshqaradigan hamda hisoblash ishlariga tegishli 
moslamalarning o‘zaro aloqasini o‘rnatadigan qurilma — bu protsessor yoki
mikroprotsessor deb ataladi.
Arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish, xotiraga murojat qilish, dasturdagi 
ko‘rsatmalarning berilgan ketma-ketlikda bajarilishini boshqarish va boshqa amallar 


12 
protsessor zimmasida bo‘ladi. Bir so‘z bilan aytganda, protsessor kompyuterning 
barcha ishini boshqaradi va barcha ko‘rsatmalarini bajaradigan qurilma.
Protsessor ishlab chiqaruvchi kompaniyalar xozirgi kunda juda ham ko‘payib 
ketganligi tufayli protsessor turlari ham ko‘p. O‘zbekiston bozorlarida ko‘p 
uchraydigan, kompyuterlarda ko‘p qo‘llaniladigan protsessor va chiplar, bular: 
1. 
Intel Corporation - AQShnin Kaliforniya shtatida 1968 yil Gordon Mur va 
Robert Noys tomonidan tashkil etilgan amerika 
korporatsiyasi. Bu korporatsiya asosan kompyuterni 
tashkil etuvchi elektron qurilmalar, mikrochiplar va
mikro-protsessorlar ishlab chiqaradi.
Bugungi kunda 8, 16 va undan ko‘p yadroli 
mikroprotsessorlar ishlab chiqararishni konveyrga 
qo‘yigan. 
2. 
MediaTek 
Inc. 
(MTK) 
kompaniyasi. 
Kompaniya 28 maya 1997 yil Tayvanning Sinchju shahrida tashkil qilingan. 
Bo‘linmalari Xitoyda, Daniya, BAA, Indii, Yaponiya, Sharqiy Koreya, Singapur, 
Buyukbritaniya, AQSh va Shvetsiya mamlakatlarida joylashgan. 


13 
3. 
Advanced Micro Devices, Inc. (ingliz tilidan 
tarjimasi «Istiqbolli mikroqurilmalar») — 1969 yil 
AQShning Kaliforniya shtatining Sanniveyl shahrida
Djerri Sanders va Djon Keri tomonlaridan tashkil qilingan. 
Bugungi kunda AMD mikrochiplarini ishlab chiqarish bilan 
mashxur.
4. 
ATI Technologies kompaniyasi — Kanadaning 
Ontario shahrida joylashgan bo‘lib, grafikaga oid 
protsessorlar va chipsetlar, ona (materinskaya) platalar 
ishlab chiqaruvchi kompaniya.
5. 
Va boshqa juda ko‘p kompaniyalar mavjud. 
Operativ xotira. Operativ xotira o‘zida kompyuterda ishlatilayotgan dasturlar 
va ma’lumotlarni saqlaydi. Ma’lumotlar doimiy xotiradan operativ xotiraga 
ko‘chiriladi, olingan natijalar zarur holda diskka qayta 
yoziladi. Kompyuter o‘chirilishi bilan operativ 
xotiradagi ma’lumotlar o‘chib ketadi.
Zamonaviy kompyuterlarda 2, 4, 8 Gb va undan 
katta xajmga ega bo‘lgan operativ xotirlar ishlatiladi. 
Kompyuterlarning operativ xoirtasini ko‘tarish uchun Ona platalarda qo‘shimcha 
shinalr mavjud. Ikkita 2 Gb lik operativ xotiradan 4 Gb lik, yoki ikkita 4 Gb lik 
operativ xotiradan 8 Gb lik xoira yasash mumkin. Faqat bitta narsani etiborga olish 
kerak, bu ham bo‘lsa ona plataning imkoniyati bunga mos kelishi kerak, ya’ni ona 
plataning imkonidan chiqib kelish kerak degan so‘z. 
Qattiq disk - qattiq magnit dikdagi jamlagich yoki QMDJ (ingliz. hard 
(magnetic) disk drive, vinchester) - kompyuter xotirasida 
axborotni saqlab qoluvchi qurilma bo‘lib, magnitli 
yozish (magnitnaya zapis) printsipi asosida ishlaydi va 
dunyodagi aksaryat kompyuterlar ushbu qurilma bilan 
jihozlangan.
QMDJlar egiluvchan disklardan (disketalar) farqi 
bularda axborot ferromagnitli material bilan qoplangan
qattiq alyuminli yoki shisha platinkalarga yoziladi va 
bitta yoki birnecha plastinka disk bitta osga 
joylashtirilgan bo‘lishi mumkin. QMDJlar disklariga qoplama tariqasida ikki okisli 
xrom ham ishlatiladi.
Birinchi vinchester - qattiq disk 1973 yilda IBM firmasida foaliyat ko‘rsatgan 
xodim Kennetu Xotonu tomonidan ixtiro qilingan va bu diskning xotirasining xajmi 
30Mb dan 2 ta modul bo‘lgan.


14 
Zamonaviy kompyuterlarga o‘rnatilayotgan QMDJlarning xotirasining xajmi 
bugungi kunga kelib 1000 Gb dan oshib ketgan. 
Diskning ishlash tezligi ikki ko‘rsatkich bilan aniqlanadi: 
1. Diskning sekundiga aylanishlar soni. 
2. Diskdan ma’lumotlarni o‘qish va unga ma’lumotlar yozish tezligi. 
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, ma’lumotlarga kirish vaqti va o‘qish-yozish 
tezligi faqat diskovodning o‘zigagina bog‘liq emas, balki disk bilan axborot 
almashish kanali parametrlariga, disk kontrolerining turi va kompyuter 
mikroprotsessorining tezligiga xam bog‘lik. 
QMDJlar ishlab chiqarishda etakchi kompaniyalar to‘g‘risida ma’lumot: 
• 
Digital Equipment Corporation (DEC) - AQShning kompyuter ishlab 
chiqaruvchi kompaniya bo‘lib, 1957 yilda Ken Olsen va Xarlan Anderson 
tomonidan tashkil qilingan. 
• 
Seagate Technology (Sigeyt Teknolodji) — AQShning Kaliforniya shtatida 
joqylashgan qattiq disklar ishlab chiqaruvchi kompaniya bo‘lib, 1979 yilda 
kompyuter bozorida yetakchi o‘rinni egallab keladi.
• 
Toshiba Corporation - Xalqaro kontsern hisoblanadi, Yaponiyaning Tokio 
shahrida joylashgan, kompyuter texnologiyasi va elektronika sohasida foaliyat 
ko‘rsatadi.
• 
va boshqa juda ko‘p kompaniyalar mavjud. 
Diskovod (Disk Drive) - magnitli, optikaviy va magnitli-optikaviy disklardan 
axborot va ma’lumotlarni o‘qish va yozish uchun xizmat qiladigan qurilma. 
«Diskovod» termini ingliz tilidan to‘g‘ri tarjima qilingan bo‘lib, aslida 
disk+boshqarish ni bildiradi. Shunday bo‘lsa ham «Diskovod» deganda biz yuqorida 
keltirilgan qurilmani tushinamiz.
Diskovodlar quyidagi xarkteristikalari bilan farq qiladi: 
• 
turi bo‘yicha; 
• 
diskning xotirasining xajmi bilan; 
• 
yozish-o‘qish tezligi bilan; 
• 
tashqi yoki ichki qurilmaligi bilan farq qiladi.
Diskovodlar turlari: 
• 
Magnitli disketalarni o‘qidigan Zip- i Jaz-diskovodlar. Bu tipdagi diskovodlar 
Zip- i Jaz-disketalarni o‘qishga molashgan; 


15 
• 
SD, DVD, HD DVD optikaviy kompakt disklarni yozish-o‘qishga 
muljallangan CD-ROM va DVD-ROM dikovodlar, Blu-Ray-diskovodlar SD, DVD, 
HD DVD formatni ham o‘qidi; 
• 
O‘lchami 5.25 ili 3.5 dyuymli magnitli-optikaviy diskilarni (MOD) o‘qidigan 
dikovodlar zamonaviy kompyuterlarning tarkibiga kiradi.
Videokartalar. Kompyuterlardan grafikani, foto va vide axbortotlarni 
monitorga chiqarish vazifasini videokartalar bajaradi. 
Videokartalar o‘zlarining xotiralari xajmi va tez 
chiqaurvchanlik xususiyatlari bilan farq qiladi. Zamonaviy 
Opretsion sistemalari va multimedia dasturlarining 
talabini bajarish uchun albatda yuqori ko‘rsatgichga ega 
bo‘lgan audioadapter platasi mavjud bo‘lishi kerak. 
Xozirgi kompyuterlarga asosoan 128, 256 Mb/s va undan 
yuiori ko‘rsatgichga ega bo‘lgan videokartalar ishlatiladi.
Audikartalar. Har qanday multimediaviy shaxsiy kompyuter tarkibida 
audioadapter platasi mavjud. Creative Labs firmasi o‘zining birinchi audioadapterini 
Sound Blaster deb atalgani uchun ularni ko‘pincha «saundblasterlar» deyishadi. 
Audioadapter kompyuterga fakat sterefonik ovoznigina emas, balki tashqi 
qurilmalarga tovush signallarni yozish imkonini ham beradi. 
Shaxsiy kompyuterlarning diskli jamlagichlariga oddiy (analogli) tovush 
signallarini yozish mumkin emas. Ular faqat raqamli signallarnigina yozishga 
mo‘ljallangandir.
Audioadapter tovush signali darajasini 
davriy ravishda aniqlab, uni raqamli kodga 
aylantirib 
beruvchi 
analog-raqamli 
o‘zgartirgichga ega. Mana shu ma’lumot 
tashqi qurilmaga raqamli signal ko‘rinishida 
yozib qo‘yiladi. Ushbu jarayonga teskari 
jarayonni amalga oshirish uchun raqam-
analogli o‘zgartirgich qo‘llaniladi. U raqamli 
signallarni analogli signallarga aylantirib beradi. Filtratsiya qilingandan so‘ng ularni 
kuchaytirish va akustik qolonkalarga uzatish mumkin.
Kontrolerlar (maxsus elektron sxemalar) ona plata tarkibiga kiruvchi turli 
qurilmalar (monitor, klaviatura va boshqalar) ishini boshqaradi.
Kiritish-chiqarish portlari. Kompyuterlarning ona platada mavjud bo‘lgan 
kirish-chiqish portlari orkali protsessor tashqi qurilmalar bilan ma’lumot almashadi. 
Ichki qurilmalar bilan ma’lumot almashuvi uchun maxsus portlar hamda umumiy 
portlar ham mavjud. 


16 
Umumiy 
portlarga 
printer, 
sichqoncha 
va 
klaviatura 
ulanishi 
mumkin. Parallel portlar kirish-chiqishni 
ketma-ket portlarga nisbatan tezroq 
signallarni utkazadi.
Zamonaviy 
kompyuterlarda 
signallarni tashqi muhit bilan juda tez 
almashtiruvchi 

utkazuvchi 
USB 
portlarsiz tassavur qilib bo‘lmaydi. 
Shuning uchun ham ona platalarda 4 ta va 
undan ko‘p USB portlar o‘rnatiladi.
USB portlarning bugungi kunda 
juda ko‘p tiplari mavjud bo‘lib, ular 
signallarni utkazuvchanlik qobiliatlari 
bilan farq qiladi.
Monitorlar. Kompyuter monitori (displey) ekranga matnli va grafik axborotni 
chiqarishga mo‘ljallangan. Monitorlar monoxrom yoki rangli bo‘lib, matnli hamda 
grafik holatlarda ishlashi mumkin. Suyuq kristalli displeylar (LCD - Liguid Crystal 
Display) faol (aktiv) va sust (passiv) matritsali bo‘ladi. Sust matritsada ekranning 
xar bir elementi (piksel) koordinatali boshqaruvchi shaffof simlar kesishgan joyga 
yetib keladi.
Faol (aktiv) matritsali displey ancha murakkab va qimmat, birok yaxshi sifat 
barqaror, kontrast va tiniq tasvir berilishini ta’minlaydi. 
Kompyuter 
klaviaturasi 

foydalanuvchi 
tomonidan 
kompyuterga 
ma’lumotlarni va boshqaruv buyruqlarini kiritishga mo‘ljallangan qurilmadir. 
Klaviaturada umumiy soni 101-102 tugmachalar bo‘lib, kompyuterga simsiz va sim 
orqali ulanishi mumkin.


17 
Tugmachalar o‘zining vazifasi bo‘yicha 6 gruhga bo‘linadi: 
• 
alfavitli-sanli tugmalar; 
• 
kursor bilan boshqaruv; 
• 
sonli panel tugmalari; 
• 
mahsus tugmalar; 
• 
modifikatorlar. 
Alfavitli-sanli tugmalar.
Kursor bilan boshqaruv va sonli tugmalar.
Funktsional tugmalar - PC/AT klaviaturalarda funktsional 
tugmalar - F1 dan F12 gacha bo‘ladi. Shift, 
Ctrl, va Alt bilan birgalikda ishlatganda 
interfeysning bir qismini tashkil qiladi.
Modifikatorlar tugmalar - qatoriga Shift, Ctrl, 
⇪ Caps 
Lock, Alt i AltGr (o‘ng Alt) kiradi. Bu tugmalarning vazifasi 
boshqa tugmalarning harakatini o‘zgartirishga qaratilgan. 
Modifikator tugmalar ko‘p ishlatilganligi sababli bu tugmalar 
katta qilib yasalgan va klaviaturaning o‘ng va chap tomonlarida 
dublikat qilingan.
Sichqoncha mexanik harakatni signalga aylantiruvchi qurilma hisoblanadi va ushbu 
signal kursorning pozitsiyasini bildiradi yoki sahifani aylantirish uchun xizmat 
qilishi mumkin. Sichqoncha qurilmasi shahsiy kompyuterlar foydalanuv-chilarning 
grafikaviy interfeyslari paydo bo‘lgandan keyin keng qo‘llanila boshladi.
Sichqoncha 1970 yil Duglas Engelbart tomo-
nidan ixtiro qilinib 19801 yilda Xerox 8010 Star 
Information System kompaniyai tomonidan ishlab 
chiqilgan mikrokompyuter tarkibiga kiritilgan. 
Usha vaqtda sichqonchaning bahosi tahminan 1000 
AQSh dollari atrofida bo‘lgan. Bugungi kunda 
sichqonchani tahminan 10 AQSh dollariga sotib 
olsa bo‘ladi. 
Ugungi kunda sichqoncha har bir shahsiy kompyuter tarkibiga kiradigan 
muhim qurilma hisoblanadi.


18 

Download 9.08 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Download 9.08 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II.  ZAMONAVIY KOMPYUTERLARNING TUZILISHI

Download 9.08 Mb.
Pdf ko'rish