• Bezakni kataklar bo’yicha kattalashtirish
  • I.To’garakning maqsadi
  • IV.To’garak mashg’ulotida o’tilgan bilimlarni mustahkamlash




    Download 26,75 Mb.
    bet14/74
    Sana04.12.2023
    Hajmi26,75 Mb.
    #110626
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   74
    Bog'liq
    TEXNOLOGIYA 5-9 SINF QIZLAR TO\'GARAK (3)
    8-tarix-6-8 (1), mantiqiy amalllar, Kitob 3345 uzsmart.uz, Chòkindi jinslarning strukturasi, ularning tasnifi va genetik ahamiyati, 1212, 1.719-21 guruh Aliyev Ahmadiyor.docx, Реферат stomatologik sementlar Sement asosli plomba ashyolari fayllar, rus tili test, TEXNALOGIYA O\'G\'IL BOLALAR UCHUN PAST O\'ZLASHTIRUVCHI O\'QUVCHILAR, 1700467869 (2), Muxammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u, 54330, sanjar navbatchilik22
    IV.To’garak mashg’ulotida o’tilgan bilimlarni mustahkamlash:
    1.To’quvchilkda xavfsizlik texnikasi va sanitariya qoidalarini aytib bering?
    2. Xalq hunarmandchiligining qanday turlarini bilasiz?
    V.Uyga vaziga: To’quvchilikda buyumlardan namunalar to’qib kelish.
    Ko’rildi:_________MMIBDO’:___________
    Sana_________
    16- Mavzu: Kashtachilik buyumlaridan namunalar tikish. (Qiyiqcha belbog’ini tikish).
    To’garakning maqsadi: O’quvchilarni xalq hunarmandchiligiga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish, malaka va ko’nikmalarini shakllantirish.
    To’garakning jihozlari: Ko’rgazmali rasmlar ,bukletlar,rangli iplardan namunalar,oq surp yoki atlas mato,igna angishvona,chambaraklar
    Mashg’ulotning borishi: Bezakni kataklar bo’yicha kattalashtirish:




    To’garak mashg’ulotida o’tilgan bilimlarni mustahkamlash:1.Kahstachilikda rang tanlash usullari qanday?
    Uyga vaziga: Kashtachilik buyumlaridan namunalar tikish.
    Ko’rildi:_________MMIBDO’:___________

    Sana_________
    17- Mavzu: Zardo’zlik san’ati va tarixi haqida ma’lumot.
    I.To’garakning maqsadi: O’quvchilarni xalq hunarmandchiligiga bo’lgan qiziqishlarini o’rgatish;
    II.To’garakning jihozlari: Kerakli asbob va zardo’zlik buyumlaridan namunalar;
    III.Mashg’ulotning borishi Vatanimiz mustaqillikka erishgandan so'ng har jabhada ijobiy o'zgarishlar, yuksalishlar sari borayotganimiz quvonarli holdir.
    Z ardo'zlik san'ati o'zining uzoq tarixiga ega bo'lib, deyarli barcha Sharq mamlakatlari uning vatani hisoblanadi. Pliniyning aytishicha Vavilon kashtachiligi qadimdan mashhur bo'lib, matoga turli rangdagi iplar bilan kashta tikishni o'sha yerda kashf etishgan. Zardo'zlikning vatani Vavilon Rim imperiyasi tarkibiga kirgach, zar, ipak va jun ip qo'shib tikilgan rang-barang kashtachiligi bilan shuhrat qozongan. Zardo'zlik san'atining an'analari Vizantiyada ham rivoj topib, zardo'ziy kiyim-kechaklar faqat imperator ayonlari va aslzodalar kiyinishgan. Sosoniylar davrida Eron podshosining saroyida ham zardo'zlik san'ati rivoj topgan. Chunki bu mamlakat Vizantiya bilan muntazam madaniy va siyosiy hamkorlik qilgan. Eronda zardo'zlik san'atining rivojlanganligiga XV -XVII asrlarda ishlangan zardo'zlik namunalari misol bo'la oladi. Qadimgi Rus ham Vizantiyaga taqlid qilib zardo'zlik san'atini o'rgangan. O'rta Osiyoda zardo'zlik juda qadimdan rivojlanib kelayotgan xalq amaliy san'ati turlaridan biridir. Arxeologik topilmalar va tarixiy manbalardan ma'lumki, O'rta Osiyo xalqlari orasida qadimdan I-II asrlarda zarbof kiyimlar, badiiy buyumlar keng tarqalgan. XVII asrda yashagan Samarqandlik shoir Fitratning asosiy kasbi zardo'zlik bo'lgan, u matolarga zardan ajoyib kashtalar tikkan. XIX-XX asr boshlarida zardo'zlikning o'ziga xos maktabi yaratilgan.
    O'zbekistonda Buxoro, Samarqand, Farg'ona va boshqa joylarda zardo'zlik maktablari ochilgan. Qimmatbaho matodan tayyorlanadigan zardo'ziy kiyimlar mahalliy aholining turli tabaqalari o'rtasida keng tarqalgan. Qo'li gul ustalar amir saroyining ahllari uchun chakmon, kamzul, poyafzal, belbog', chalvor, salla quloq va jul tikkanlar . 2-rasm. Usta Omonjon Majidov.
    Boy xonadonning 8-l0 yoshdan katta bo'lmagan o'g'il bolalariga sunnat to'yi munosabati bilan zarbof to'n kiydirganlar. Amir Nasrullodan anchagina zardo'ziy kiyimlar saqlanib qolgan. l885-l9ll yillar Buxoroda zardo'zlik san'ati gullab-yashnagan davr bo'Igan. l920 yilda amirIik ag'darilib, zardo’zlik san'ati xalq qo'liga o'tdi.
    Hunarmandchilik artenari ochilib zardo'zlar birlashib, dabdabali kimxob to'nlar o'rniga do'ppi, ayonlar nimchalari, sumka, tufli, choyshablar, ko'zoynak g'iloflari, divan yostiqlarining g'ilofi tikila boshlandi. l930 yilda O'zbekistonda rassomlar uyushmasi qoshida zardo'zlik arteli tashkil etilib, unga tajribali zardo'zlar taklif etildi. Keyinchalik artel kengaytirilib fabrikaga aylantirildi.
    O'sha davrda talantli rassom Omonjon Majidov, talantli zardo'z Umar Hayitov va usta Fayzulla G'aybullaevlar ishga kelgan yoshlar ayniqsa ayollardan mohir kashtado'zlar etishib chiqishida o'zlarining salmoqli hissalarini qo'shdilar.
    Zardo'z do'ppilar faqat Buxoroda tikilardi, ustalar yangi ajoyib nushalarini yaratdilar. Ayniqsa qizlar, kelinchaklar kiyadigan, yoqut, olmosdek charaqlagan "Gulnoz", "Bahor", "Navro'z", "Dilorom", "Ra'no", "Festival", "Qo'shbodom" va "Baxt" deb nomlangan do'ppilar tikildi.
    l960 yillardan buyon xotin-qizlar tuflilarining zardan uch xil shakli tikila boshlandi. Zardo'z buyumlarga lola, oftob, bodom, Minorai Kalon, "Somoniy" maqbarasi kabi naqsh va rasmlar aks ettirildi. Zardo'zlik san'atining yirik namoyandalaridan biri, buxoroIik zardo'z usta No’mon Aminovdir.
    U l908 yilda zardo'zlar oilasida dunyoga keldi. Otasi Omonjon Majidon Buxoro amirligi ustaxonasida l2 yil ishlagan edi. (Usta Omonjon Majidov l-rasm) U Nu'monjonga yoshlik chog'idanoq zardo'zlik sirlarini o'rgatdi. Nu’monjon gulburIik, rassomlik va zardo'zlik tikish sirlarini o'rgandi. N. Aminov ijodidagi yutug'i zar tikish xillarining qirralarini izlab, yangiliklar yaratdi.
    Toshkentdagi xalq amaliy san'ati muzeyida "Go'ri Amir" tasviri, hamda Samarqandning 2500 yiliga bag'ishlangan tasviri juda chiroyli va ta'sirchan chiqqan.
    U yoshlarga xalq amaliy san'atining noyob zardo'zlik san'atini chin yurakdan o'rgatdi va rivojlantirdi.
    Takrorlash uchun savollar:
    I. Xalq amaliy san'atining qaysi turlarini bilasiz?
    2. Qadimda zardo 'zlik qaerlarda ishlatilgan?
    3. Zardo'z ustalaridan kimlarni bilasiz?
    4. Qanday zardo 'z buyumlar tikilgan?

    Download 26,75 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   74




    Download 26,75 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    IV.To’garak mashg’ulotida o’tilgan bilimlarni mustahkamlash

    Download 26,75 Mb.