- Mavzu: Zardo’zlikda zar tikish usullari




Download 26,75 Mb.
bet17/74
Sana04.12.2023
Hajmi26,75 Mb.
#110626
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   74
Bog'liq
TEXNOLOGIYA 5-9 SINF QIZLAR TO\'GARAK (3)

20- Mavzu: Zardo’zlikda zar tikish usullari
I.To’garakning maqsadi: O’quvchilarni xalq hunarmandchiligiga bo’lgan qiziqishlarini o’rgatish;
II.To’garakning jihozlari: Kerakli asbob va zardo’zlik buyumlaridan namunalar;
III.Mashg’ulotning borishi: Zardo'zlik -zar ip bilan naqsh (kashta) tikish kasbi. U
Z ardo'zlikda o'ttiz xil klassik tikish usullari mavjud. Bu usullar o'ziga xos tomonlarining nomlari bilan bir-biridan farq qiladi. l. Zardo'ziy zamindo'ziy -tagini yoppasiga zar bilan tikish. 2. Zardo 'ziy guldo'ziy –bunda tikilayotgan naqshning tagi ochiq qolib, faqat gul naqshlarining o'zi zar bilan tikiladi, biroz bo'rtma naqshgul hosil bo'ladi.Guldo'zi usulida karton gullar yuzasi to'rt qavat qilib o'ralgan zar ip bir tekisda, hamda zar ip matodan o'tmaganligi sababli karton tomoni oddiy iplar bilan tikib chiqiladi. 3. Zardo'ziy birishimdo'ziy -goh ipak ipda, goh zar ipda aralash tikiladi. 4. Zardo'ziy pulakchado'ziy-pulakcha deb ataladigan piston qadab zardo'zlik tikish. Zamindo'zlikning ikki asosiy usuli ma'lum: a) To'g'ridan -to'g'ri matoga tikish, b) Siddiy deb ataluvchi to'shmaga tikish. Siddiy jaydari ipakdan tayyorlanadi. Birinchi navbatda ip 4 yoki 5 qavat qilib, keyin ikki qavat qilib eshiladi. Shu hosil bo'lgan ingichka shnurni zardo'zlikda siddiy deb yuritiladi.
Guldo 'ziy-zamindo 'ziy aralash usuli.
Tikilish joyining yuzasi, katta-kichikligiga qarab, o'lchamga moslab siddilar sariq bo'z ustiga 8,20,24 qator qilib tortiladi. Zamindo'zi ayollar pesh-matlarida, to'nlarda, har xil zardo'z buyumlarda va zardo'zi do'ppilarining jiyaglarida ishlatiladi. Qalin matodan zar ipning o'tishi qiyin, o'tgan taqdirda ham uzoqqa chidamagan, titilib ketgan. Shuning uchun zar ip pilta, ya'ni tushama yo'llariga ko'ndalang tarzda qator qilib yotqizib chiqilgan, ustidan ipak yoki paxta ip yordamida ilib-ilib tikiladi. Ular baxyalar orasiga joylashganidan chatilgan ilgaklarning turlicha joylashuvi o'ziga xos kashtani yuzaga keltiradi. Ipak va paxta ip zar ipni qisib turganidan qator chuqurchalar hosil qilib, ip o'tmagan joylar xiyol do'ppayib qolavergan, bu keng sath uzra to'lqinsimon chiziqlar hosil qilgani uchun tikuvchilar tilida mavj degan nom olgan. Chatib tikish zardo'zlarning ijodiy xayolati va kashfiyotchiligi uchun keng imkoniyatlar tug'dirgan. Mavjning bir necha turi yuzaga kelganining boisi ham chatishini necha turda amalga oshirilganligidandir.
Hosil bo'lgan naqshlar to'rtburchak, romb, siniq chiziqlar va ko'pgina ko'rinishda bo’lgan. Shu tariqa hosil bo'lgan chokli kashtalar uchun Buxoro zardo'zlarining o'ziga xos va puxta ishlab chiqilgan iboralari bor bo'lib, ular avloddan-avlodga hech bir o'zgarishsiz o'tib kelyapti.l. Mavji yak ro'z -bir yoqlama to'lqin. Bu eng oddiy va eng qadimiy gullardan biri. U Buxoro zardo'zligining bizga ma'lum barcha buyumlarida uchraydi. Bunda chatilgan xalqachalar bir-biriga ko'ndalang, yonma-yon chiziqlar shaklida joylashgan (VII-l-rasm). Tushama ustidan ingichka o'rilgan 4-5 qavat zar ip sijiy qo'yilib, zardo'z juni ipak yoki paxta ip yordamida har to'rt baxyaga bir yo'l qilib chatib chiqqan. Tikuvchi xalqalarni zinapoyacha shaklida joylashtirishga alohida e'tibor bergan. Natijada buyumning yuzasini bir-biriga ko'ndalang qator yo'llar qoplab olgan. Qirg'oqlarida esa turli uzunlikdagi ensiz yo'l-milk hosil bo'lgan.
2. Mavji du ro'ya -ikki yoqlama to'lqin yoki mavji pushti mohiy-baliq tangachalari. Bu bir-biriga yonma-yon chiziqlar shaklidagi kashta bo'lib, ilgaklarining soniga ko'ra yo ko'proq, yo ozroq darajadagi siniq yo'llarga ega. (VII-2-4-rasm).
3. Mavji ocha-bocha -ona-bola to'lqin. Bu kashtani tikishda navbatma-navbat qilib to'shamaning ikkita yoki to'rtta baxyasi bitta qilib olinadi. Natijada tikilgan yuzada goh qator tor-tor, yassi va qoramtir, goh keng-keng, do'ppaygan va yarqiroq yo'llar hosil bo'ladi. Bu usul ikki xil yo'l bilan tikiladi; Yak ro'ya (bir yoqlama) (VII-5-7 rasm) va du ro'ya (ikki yoqlama) 4. Mavji chashmi bulbul (bulbul ko'zi to'lqin)da chatish ilgaklari kichkina-kichkina to'rtburchak yoki rombchalar hosil qiladi (VII-9-l2 rasm). Mavji yak ro'ya bilan chashmi bulbul zardo'zlikda eng ko'p qo'llaniladigan gullardan hisoblanadi. Hamma tikilgan buyumlarda uchraydi. Chashmi bulbul aslida du ro'ya uslubidagi kashtachilikka kiradi. Chashmi bulbulni mavji yak ro'ya va mavji du ro'ya bilan chog'ishtirib tikkan zardo'z o'ngga yaqin turli variantlar hosil qilgan.
5. Shash xol ( olti hol). Bir yoki ikki qator to'lqin katakchasi orasiga joylashtirilgan gul. Bu gulning ikkita varianti mavjud bo'lgan; olti baxyalik va sakkiz baxyalik. Shash xol usuli ko'pincha chashmi bulbul kashtasi bilan chog'ishtirib tikilgan. (VIII-l2).
6. Xishti haram (muqaddas g’isht). Buxoro zardo’zlari mazkur iborani arabcha haram (muqaddas) manosida ekanini aytadilar. Bu kashta boshqa kashtalarga qaraganda juda ham chiroyli ekanini ham e’tirof qiladilar. Xishti haram kashtasini zardo’zlar bu hildagi kashtalar sirasiga kiruvchi jo’ngina xisht deb ataluvchi kashtasi bilan aslo aralashtirmaganlar. Bular qatorlari ko’ndalang yo’nalishdagi bir-biriga mindirib tikilgan to’rtburchaklardan iborat bo’lgan
Takrorlash uchun savollar:
l. Zardo'zlikda qanday gazlamalar ishlatiladi?
2. Zardo'z tikishning necha xil turlari bor?
3. Zamindo'ziy va guldo'ziyning farqi nimada?
4. Mavj nima va uning turlari qanday qilib tikilgan?



Download 26,75 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   74




Download 26,75 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



- Mavzu: Zardo’zlikda zar tikish usullari

Download 26,75 Mb.