• II.To’garakning jihozlari
  • Ko’rildi:_________MMIBDO’




    Download 26,75 Mb.
    bet15/74
    Sana04.12.2023
    Hajmi26,75 Mb.
    #110626
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   74
    Bog'liq
    TEXNOLOGIYA 5-9 SINF QIZLAR TO\'GARAK (3)

    Ko’rildi:_________MMIBDO’:___________

    Sana_________
    18- Mavzu: Zardo’zlik kerakli asbob va uskunalar
    I.To’garakning maqsadi: O’quvchilarni xalq hunarmandchiligiga bo’lgan qiziqishlarini o’rgatish;
    II.To’garakning jihozlari: Kerakli asbob va zardo’zlik buyumlaridan namunalar;
    III.Mashg’ulotning borishi Vatanimiz mustaqillikka erishgandan so'ng har jabhada ijobiy o'zgarishlar, yuksalishlar sari borayotganimiz quvonarli holdir.
    Zardo'zlik ishida chetdan keltirilgan turli xil fabrika materiallari singari mahalliy jaydari gazlamalardan XIX-XX asr boshlarida foydalanilgan.
    Erkaklar cho'ponlari chetdan keltirilgan baxmal birishim eng a'lo navli barhutlardan tikiladi. Baxmali farangi deb atalgan rus barhuti ham keng foydalanilgan. Bu gazlama g'arbiy Evropadan Rossiya orqali keltirilgani uchun baxmali zagranish deb yuritilgan (ruscha zagranichniy so'zidan olingan). Barhutlar g'oyat rang-barang tusda bo'lishiga qaramasdan, kishilarga qizil, binafsha, yashil va ko'k rangdagilari ko'proq yoqqan. Qizil va binafsha rangdagi barhutlardan ayollar va bolalar kiyimlari uchun qo'llaniladi. Sof ipak barhutdan tashqari baxmali musi degan silliq, yarmi ipak barhut erkaklar choponidan boshqa barcha buyumlar uchun ishlatiladi. Yarim shoyi jaydari olacha gazlama zardo'zlikda deyarli barcha buyumlar tayyorlashda ishlatiladi. Undan asosan uy-ro'zg'or buyumlari.
    "So'zana", "Yostiq jildi", "Joynamoz", "lo'la bolish"lar jildi tikiladi.
    Turli navdagi simli iplar zardo'zlik uchun asosiy xom-ashyo bo'lib hisoblanadi. Qadimdan Misr hamda Bobilda zar va kumush ip tayyorlash texnologiyasi ma'lum bo'lgan. O'rama zar simlar dastlab Dehli shahrida ishlab chiqarilgan. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab Buxoroga zar iplar faqat Moskvadan, keyinchalik Angliyadan, hozirda Yaponiyadan keltirilyapti. G'oyat momiq zar tolalar buxorolik zardo'zlar tilida kalyobatun nomi bilan mashhur bo'lib, u goh zar, goh kumush ip o'rnida qo'llanilgan. U yoki bu navni ajratish zaruriyati tug'ilib qolsa zar ipga tilla kalyobatun, kumush ipga kalyobatun safed (oq) deb ataladi. Kalyobatun ingichka metal ip bo'lib, shoyi ipga puxta o'ralgan. Kalyobatun tayyorlash uchun kumush qotishmasini oz emas, ko'p emas 84 foizgacha bo'lgan sifati ishlatilgan.Birishmi tillo chor tor -u to'rt yo'lli zar ip va eng yaxshi sifatli ipak ip. Oq ipak ipdan kumushrang gullar tikiladi. XIX asrning 9O-yillari boshida 4O-raspoli pechak g'altak ip paydo bo'lgan bo'lib, zardo'zlikda keng ishlatiladigan xom ashyo. "Tilla " kalyobatun qilish uchun sim ipga tilla suvi yugurtirilgan. Kalyobatunning asosini tashkil etuvchi ipak ipning rangi turlicha bo'lgan. Kolyobatun bilan sim Buxoro zardo'zligining asosiy xom-ashyosi hisoblangan. Ayniqsa, kolyobatun XIX asrning boshida shu paytgacha bo'lgan davrga oid barcha buyumlarda uchraydi. Zardo'zlikda oltin, kumush rangdagi ipak hamda sun'iy ipak va tolalardan foydalaniladi. Zardo'zlikda yana po'lakcha, olmos qubbalar, zarhal to'g'alar va boshqalar ishlatiladi. Po'lakcha-zardo'zlikda ishlatiladigan kichkina piston (pirpirak). U mayda oq, qizil, sariq va boshqa ranglarda bo'ladi. Buyumga bezash uchun qadaladigan, o'rtasidan teshikcha qilingan metall pistoncha. Olmos qubbalar-turli nav oltindan zardo'zlaming o'zlari yasagan zargarlik taqinchoqlariga o'xshab ketuvchi bo'rtma naqshlar, dur, hamda qimmatbaho tabiiy va sun'iy toshlar, shishadan tayyorlangan munchoqlar ishlatiladi. Zarhal to'g'alar-mahalliy zargarlar ishlagan, odatda qora sir va feruza bilan bezatilgan, nafis gul naqshi tushirilgan bo'ladi.
    Zardo'zlikda o'ziga xos asbob-uskunalar ishlatiladi. Naqsh kompozisiyalarini chizish uchun chizg'ichlar, yumshoq va qattiq qora qalamlar, daftar, albom, o'chirg'ichlar, shaffof, karton qog'ozlar kerak bo'ladi. Zardo'zlik qurollari unchalik ko'p emas.
    Chambarak, ya'ni korcho'p, uning to'n, nimcha va mayda-chuyda buyumlar uchun mo'ljallangan uch turi ma'lum. Ular tuzilishi jihatidan bir xil bo'lib, hajmlarining katta-kichikligi bilangina bir-biridan farq qiladi.
    Korcho'b uzunligi 320 santimetrgacha bo'lgan ikki teng yonli silliq yog'och dastadan iborat bo'lib, uchida joylashgan harakatlanuvchi shamshirak yordamida chambarakni istalgan kattalikka keltirish mumkin.
    Chambarakka bo'zdan qilingan kerish (tavar) tortilib, u tikib tayyor bo'lgan buyum bilan birga chiqarib olinadi. Zardo'zlikda qadimdan patila degan asbob ishlatiladi. Patila qattiq yog'ochdan, uzunligi 20 santimetr bo'lgan, to'rt qirrali va nafis qilib tarashlangan, ichini kovlab qo'rg'oshin quyib vazminlashtirilgan bo'ladi. Unga to'rt qavat qilib zar ip o'raladi.
    Bunday patilalar ipni zich qilib o'rashni ta'minlagan. Zardo'zlikda angishvona ham ishlatiladi. Ang-forscha, angusht, ya'ni barmoq, vona, bona saqlovchi degan ma'noni bildiradi.
    Qo'lga igna kirib ketmasligi uchun barmoqqa kiyiladigan metall g'ilof Angishvonananing ustki va yoni ignani keti qadaladigan ya'ni igna toyib ketmasligi uchun chuqurlardan iborat bo'ladi. Zardo'zlik ishida ikki xil angishvonadan foydalaniladi. Biri fabrika angishvona bo'lib, uni o'rta barmog'iga, ikkinchisi tagsiz, qalin charmdan yasalib, chap qo'lning uchta barmog'iga taqilib islanadi.
    Chann angishvonani fabrikada metalldan ishlangani ham bo'ladi.
    Zardo'zlikda ikki xil qaychi bo'ladi. Qaychi ushtur gardan, ya'ni "Tuya bo'yin qaychi" degan ma'noni beradi. Tuya bo'yniga o'xshash qaychi bo'lib, gul qirqishda ishlatiladi. Oddiy uy ro'zg'orda ishlatiladigan metall qaychilar ham ishlatiladi. Ignalarning fabrikasidan chiqqan, o'rtacha kattalikdagilari ishlatiladi.
    Takrorlash uchun savollar:
    l. Zardo'zlikda qanday asboblar va zaruriy ashyolar ishlatiladi?
    2. Zardo'zlikda qanday iplar ishlatiladi?
    3. Buyumlar qanday gazlamalardan tayyorlangan?
    4. Buyumlami bezash uchun nimalar ishlatilgan?

    Download 26,75 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   74




    Download 26,75 Mb.