Ko’rildi:___________MMIBDO”




Download 26,75 Mb.
bet18/74
Sana04.12.2023
Hajmi26,75 Mb.
#110626
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   74
Bog'liq
TEXNOLOGIYA 5-9 SINF QIZLAR TO\'GARAK (3)

Ko’rildi:___________MMIBDO”;______________

Sana_________
21- Mavzu: Zardo’zlikda zar tikish usullari
I.To’garakning maqsadi: O’quvchilarni xalq hunarmandchiligiga bo’lgan qiziqishlarini o’rgatish;
II.To’garakning jihozlari: Kerakli asbob va zardo’zlik buyumlaridan namunalar;
III.Mashg’ulotning borishi: Zardo'zlik -zar ip bilan naqsh (kashta) tikish kasbi. U
7. To’rtga to’rt to’lqin zardo’zlik kashtasi. Bu kashta chatish ilgaklari shunday joylashtirilganki, natijada tikilgan yuza huddi to’qilganga o’xshab ko’rinadi. Bu kashta qisman oyoq kiyimlarda, choponlarda hoshiyani chegaralab turuvchi oba yo’nalishlardagina uchraydi. To’rtga to’rt to’lqin piltaning 2 va 4 qavat ipida tikilgan (-3,6 rasm).
8. Mavji hanjariy zardo’zlik kashtasi. Bu kashta yo’l-yo’l qilib kertalgan tanglayga o’xshaydi. Kashtaning bu turi bilan teng yonli uchburchak yoki shunga o’xshagan shakllar ko’rinishidagi uncha katta bo’lmagan yuzalar tikilgan. Bu kashta hech qanday tayyorgarliksiz, to’shamasiz, bevosita matoning o’ziga tikilavergan. Tikish buyumning chetidan o’rta tomonga yo’nalishda amalga oshirilgan. Zar iplar uchburchak yonlariga parallel ravishda yotqizilgan. Qaviqlar yonma-yon holda turli-turli tomonlarga qarab ketuvchi ko’ndalang yollar hosil qiladi (6- rasm).
9 . Shoxcha zardozlik kashtasi faqatgina ayollar va bosh kiyimlarnig qirg’oqlarni, yani hoshiyalarini bezashda ishlatilib shash hol xolnak (2l- rasm) bilan chog’ishtirilgan.
l0. Kandoriy zardo’zlik kashtasi. Bu kashta Afg’onistonning Qandahor shaxri nomidan olingan bo’lib, ustalarning ma’lumot berishicha XIX-asrning ikkinchi yarmidan boshlab o’sha tomondan keltirilgan. Kashta buyumlarning kichik-kichik qismlarini tikishda qo’llaniladi. Qandahorcha chok tikish matoda to’shamasiz tikiladi. Patli, yunli matolarning choki tagidan, zarni orasidan patlarning chiqib qolmasligi maqsadida, oqiga kumush rang, sarig’iga tilla rang bo’z taglik qo’yiladi. Erkak-ayollarning bosh kiyimlaridagi tagzaminni sidirg’a kashtalashda qo’llaniladi. Kashtaning ikki hil turi bo’lib; tort bahiyali kandoriy (-8,9) va bahyali kandoriy (-l0-l3). Kandoriyning asosini to’rtburchakli jingalak –jingalak bo’lib keluvchi zarrin kashta bilan to’ldiriladi. Natijada 4 bahyada tikilgan xonacha solib korinishida, 8 baxyada tikilgan xonacha taralayotgan nur korinishida joylashgan qaviqdan iborat bo’lgan 8 baxyada tikilgan qaviqda nur va soyalar hosil bo’ladi.
Mazkur usulning bir necha turi mavjud bo’lib, shulardan eng ko’p qo’llaniladigani quyidagilardir; a) o’rtasida qo’ndirmasi bo’lgan kandoriy-kandoriy tilla xondanak, rangli eshilmagan ipakdan qilingan (l4,l6- rasm) va b) tangachali kandoriy zar simlardan qilingan. Tangachali kandoriy 8 baxyali tikishda uchraydi. (l5-rasm).Mohir zardo’zlar nur va soyalar hosil qilish sanatida, yuqorida qayt etilgan uslublardan foydalanib, katta mahorat ko’rsatib, turli-tuman yo’llarga solib, ularning hillarini ko’paytirish imkoniga ega bo’lishlari mumkin.Bizda eng ko'p qo'llaniladigan kashta gullarini va ulaming turlarini, mohir zardo'zlar turli-tuman yo'llarga solib ularning xillarini ko'paytirish imkoniga ega bo'lganlar.Zargarlik taqinchoqlariga o'xshash mo’jazgina gullar tagiga ba'zan paxta qo'yib bir necha bor taxlangan matoga tikiladi, bo'rtma naqshlar, gullar avval alohida tikib olib, keyin gazlamaning zarur bo'lgan joylariga chatib qo'yiladi. U yoki bu uslubning aralash texnologiyasida ijro etilgan zardo'zlikni zardo'ziy-guldo'ziy zamindo'ziy yoki zardo'ziy zamindo'ziy-guldo'ziy deb atalgan.Zardo'ziy birishimdo'ziydagi rangli ipakda tikilgan elementlar zar ipda tikilgan elementlar bilan aralashtirilgan, uni tikishda andoza bo'yicha chatishda tikilgan zar iplar singari qizg'ish, qizil, to'q qizil, xil-xil tovlanadigan yashil, ko'k, moviy, ba'zida oq va sariq rangdagi eshilgan va eshilmagan ipak ip qo'llaniladi.Zardo'ziy pulakchado'ziyda pistonchalar guldo'ziy nushasida bajarilgan. Tikishlarda, islimiy naqshlarning tagamini to’ldirishda ishlatilib, gazlamaga zich qatorlarga teriladi.
Takrorlash uchun savollar: l. Zardo'zlikda qanday gazlamalar ishlatiladi? 2. Zardo'z tikishning necha xil turlari bor? 3. Zamindo'ziy va guldo'ziyning farqi nimada? 4. Mavj nima va uning turlari qanday qilib tikilgan?

Download 26,75 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   74




Download 26,75 Mb.