• 6-bob. Yakunlovchi qoida
  • -bob. Baholash mezonlari va loyihalarni tanlab olish




    Download 33.29 Kb.
    bet6/6
    Sana03.02.2022
    Hajmi33.29 Kb.
    #17037
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    ITK nizom
    Робия, Новые обложки 6 Б, Bizning sinfimiz metodikasi, 02. Ketma-ket suratlar texnikasi
    5-bob. Baholash mezonlari va loyihalarni tanlab olish
    29. Quyidagilar baholashning va loyihalarni tanlab olishning asosiy mezonlari hisoblanadi:
    taklif qilinayotgan mahalliy hamda chet el loyihasining dolzarbligi — zamonaviy muammolar va masalalarga yechim topa olishi uchun loyihada aks etgan g‘oyaning qiymati baholanadi;
    loyihaning innovatsion yo‘naltirilganligi — taklif etilishiga ko‘ra loyihada yangi, sayqallashtirilgan, oldin respublikada qo‘llanilmagan texnologiyalar va (yoki) tashkiliy prinsiplardan foydalanilgan bo‘lishi kerak, shuningdek, yangi, oldin respublikada ishlab chiqarilmagan mahsulotni ishlab chiqarish (yoki yaratish), shuningdek, yangi xizmat ko‘rsatish ko‘zda tutilgan bo‘lishi shart;
    bozorda mahsulotga talabning mavjudligini baholash — mahsulotning bozor talabi hamda tijorat istiqbollari baholanadi;
    loyihaning tijoratlashtirish istiqbollari — kelajak mahsuloti tatbiq etilish va bozorga chiqish, muayyan iste’molchi tomonidan qabul qilinish istiqboliga ega bo‘lishi shart;
    loyihaning salohiyatli raqobat ustunligini baholash — iste’molchi uchun mahsulot/texnologiyaning uning amaldagi analogiga nisbatan ustunligi mavjudligi kabi muhim xususiyatlari baholanadi;
    loyihaning investitsion jozibadorligi — qo‘shimcha foyda keltiruvchi hamda qo‘yilgan sarmoyaning o‘zini qoplay olmaslik tavakkalchiligini kamaytiruvchi maqbul investitsion va innovatsion shartlar va qulayliklar jamlanmasi;
    loyihaning iqtisodiy samaradorligi — uning bevosita ishtirokchilari uchun loyihaning amalga oshirilishidan kelgan moliyaviy natijalarni ham o‘z ichiga olgan holda iqtisodiy samaradorligi, shuningdek, loyiha amalga oshirilishi natijasida hosil bo‘lgan moliyaviy oqibatlarni aks ettiruvchi budjet samaradorligi.
    intellektual mulkning himoya qilinganligi – patent yoki patentga ariza, va/yoki ilmiy-texnik hujjatlarning to‘liq jamlanmasi va/yoki mahsulot (texnologiya)ning texnik reglamenti, tajriba sinovi dalolatnomalari, mahsulotning tajriba namunasi mavjudligi;
    loyihaning resurs ta’minoti – malakali mutaxassislarning mavjudligi, zarur asbob-uskunalar va ilmiy infrastrukturaga egaligi;
    loyihaning amaliy natijadorligi — ajratiladigan mablag‘lardan samarali foydalanish, amalga oshiriladigan tadbirlarning sifatli ijrosi ijrosi va muddatlari, import o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan ilmiy hajmdor mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish istiqbollari.
    30. Zarurat bo‘lganda ishchi organ ariza beruvchidan loyihaning dastlabki tanlovi uchun qo‘shimcha ma’lumot so‘rash huquqiga ega.
    31. Ishchi organ loyihalarni mustaqil baholashni o‘tkazish uchun mustaqil ekspertlar, mutaxassislar hamda olimlarni jalb etishga haqli.
    32. Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriluvchi ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalarini baholash hamda tanlab olish tartibi ushbu Nizomning 2-ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
    6-bob. Yakunlovchi qoida
    33. Ushbu Nizom talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
    Download 33.29 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 33.29 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -bob. Baholash mezonlari va loyihalarni tanlab olish

    Download 33.29 Kb.