• MUNDARIJA
  • KIRISH
  • Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti fizika -matematika fakulteti




    Download 0,73 Mb.
    bet1/10
    Sana12.01.2024
    Hajmi0,73 Mb.
    #135285
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Kurs ishi (2)
    kasallik qo\'zg\'atuvchi bir hujayralilar vakillari Kurs ishi (2), Алибаева , Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika, fayl org, matematik analiz, Nutq nuhsonlar, KREDIT TEST, Уста ва маргарита.(2), Sapr-madcad MadhCad Hujjatda matematik belgilar va operatorlarn, Yulduz Usmonova Umumiy kimyo, Hujjat (1) (9), Elektrokimyo fani va uning mohiyati, ’lumot. Shaxsiy kompyuterlarning tuzilishi, 39-SQL-va-malumotlar-bazalarining-keyingi-dasturlash-2006-Oquv-qollanma-Sh.А.-Nаzirоv-R.V.-Qobulоv, Muslima kurs ishi


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
    NIZOMIY NOMIDAGI
    TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
    FIZIKA -MATEMATIKA FAKULTETI
    ___________________” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi
    ____-guruh _________________ talabasi ning
    _________________________” fanidan
    KURS ISHI
    Mavzu: Umumiy o’rta ta’lim maktablarida logarifmik tenglamalarni o’qitish metodikasi.

    Ilmiy rahbar :
    TOSHKENT - 2021

    MUNDARIJA:


    KIRISH 2
    I Bob. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida tenglamalarni o’qitishning pedagogik asoslari 5
    1.2. Matematika ta’limida tenglama haqida tushuncha. 12
    II BOB. UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARIDA LOGARIFMIK TENGLAMALARNI O’QITISH METODIKASI. 18
    1.1.Logarifm tushunchasini kiritish va uning asosiy xossalari 18
    2.2 Logarifmik funksiya va uning xossalarini o’qitish 22
    2.3. Logarifmik tenglamalarni yechish metodikasi 25
    2.4. “Logarifmik tenglamalarni yechish” mavzusiga doir dars ishlanmasi. 29
    XULOSA 33
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI: 34



    KIRISH


    Bizga ma`lumki, ta`limda har bir o’quvchining o’quv-ijodiy faoliyatidagi muvaffaqqiyati o’z-o’zini boshqarish xususiyatlariga bog’liq. Shaxsning aniq maqsadga yo’naltirilganligi va maqsad sari intilishi ongli ravishda o’z oldiga maqsad qo’yish va maqsadga erishish uchun o’zidagi mavjud entellektual va idoraviy kuch-g’ayrati bilim, ko’nikma va malakalarni o’quv bilish jarayonidagi qiyinchiliklarni bartaraf etishga safarbar etiladi. O’quvchilar o’zlashtirgan bilim va ko’nikmalarini yangi vaziyatlarda qo’llash, o’z bilimi, tafakkuri va dunyoqarashiga tayangan holda umumiy e`tirof etilgan g’oyalarni tahlil qilib, yangi g’oyalarni ilgari surish ko’nikmalari rivojlantirildi. O’quvchilardagi fikrlar mustaqilligi, umumiy qabul qilingan fikrlar ortidan ko’r-ko’rona ergashmasdan, balki erkin fikrlash o’z nuqtai nazarini ximoya qilish, boshqalarning fikrini tanqidiy tahlil qilishga o’rgatadi.
    Respublikamizda o’qitish texnologiyalarini zamonaviylashtirishni jadallashtirish rivojlangan iqtisodiyotli mamlakatlarga qaraganda yanada dolzarb ahamiyatga ega. Chunki hozirgi kunda milliy ta`lim tizimining salohiyati iqtisodiy rivojlanishning yanada yuqori pog’onasiga ko’tarilishga amaliy imkoniyat ta`minlovchi asosiy ijtimoiy resurs sifatida gavdalanadi. Bugungi kunda butun dunyoda axborot texnologiyalari keng ko’lamda rivojlanmoqda. Ta’lim jarayoniga yangi axborot texnologiyalarini kiritish zarurdir. Zamonaviy jamiyat axborot uzatish hajmi va tezligi jihatidan chegaralanmagan butun jahon axborot tarmog’idan faol foydalanishi bilan harakterlanadi. 2017-2021 yillarda Harakatlar strategiyasining 4 bobi ijtimoiy sohani rivojlantirishga qaratilgan bo`lib, unda ta`lim va fan sohasiga alohida urg`u berilgan. Yangi DTSga fanga oid kompetensiyalar bilan birga kommunikativ, axborot bilan ishlash, o‘z-o‘zini rivojlantirish, ijtimoiy faol fuqarolik, milliy va umummadaniy, matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kabi tayanchkompetensiyalar elementlari ham kiritildi. Endilikda o‘quvchilar yoshi, o‘zlashtirish qobiliyati va iqtidoridan kelib chiqqan holda egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalar bilim darajalari bilan belgilanadi. Ya'ni, majburiy minimal ta'lim mazmuni har bir ta'lim bosqichi uchun uzviylik, uzluksizlik asosida taqsimlandi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi “Umumiy o‘rta ta'lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limining davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli qarori bilan kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan umumta'lim fanlari bo‘yicha Davlat ta'lim standartlari tasdiqlandi. Davlat ta'lim standartining maqsadi-umumiy o‘rta ta'lim tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, ma'naviy barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat.
    Shu o’rinda yoshlarning matematik tayyorgarligiga qo’yiladigan talablar juda muhim masala hisoblanadi. Matematika fanini o‘qitishda masalaning ahamiyati juda katta bo‘lib, bunda o‘quvchilarda matematikaga bo‘lgan qiziqishni orttirish, tayanch va fanga oid kompetensiyalarni shakllantirish uchun ta’lim jarayonida amaliy va nostandart xarakterdagi masalalardan foydalanish maqsadga muvofiq. Bunday masalalarni yechish o‘quvchilarda analiz, sintez, analogiya, umumlashtirish, deduksiya va induksiya kabi mantiqiy mushohada yuritish faoliyatini, intuitsiya, egiluvchanlik va moslashuvchanlik kabi fazilatlarni rivojlantirib, o‘quvchilarni olingan natijalar ustida tanqidiy fikrlashga o‘rgatadi. Ayrim hollarda amaliy va nostandart Logarifmik tenglamalar xarakterdagi masalalarning yechimi darhol topilmasdan, bir necha bor urinishlar natijasidagina aniqlanilishi mumkinligi, bu maqsadga erishish uchun tirishqoq bo‘lishlikni, ya’ni shaxsning irodalilik kabi juda ahamiyatli sifatlarni tarkib topishiga imkon beradi. Eng asosiysi, bunday masalalarni yechilishi o‘quvchilarda natijaga erishilganlik, yechim yo‘lining go‘zalligi va noan’anaviyligi bilan bog‘liq bo‘lgan ruhiy ko‘tarinkilik bag‘ishlashi muhim ahamiyatga ega.

    Download 0,73 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 0,73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti fizika -matematika fakulteti

    Download 0,73 Mb.