• MUNDARIJA
  • KIRISH
  • Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti professional ta




    Download 413.1 Kb.
    bet1/6
    Sana15.03.2024
    Hajmi413.1 Kb.
    #173686
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    1BOB togirlangan
    Zamonaviy O‘zbekiston rangtasvir san’atining avangart yo‘nalishi, Miron va Poliklet. Haykaltaroshlikdagi komil inson obrazi, Касб таълими практикуми (Либос дизайни) тайёр, 1 курс Ўқув амалиёти Дастури охирги, 1.Matritsalar, Мустакил Таълим Узбекча Multimediya tizimlari 2 kurs, ECTS-ImplementationRecommendation, Dissertasiya Rahimov A, autoref realizatsiya didakticheskikh funktsii pedagogicheskikh izmerenii, Pinnacle Studio dasturiy ta, 1.Ariza, 1 variant, 1350-Artikkelin teksti-3549-1-10-20090204, asosiy ishlab chiqarish, Grafik ma’lumotlarni kiritish manipulyatorlari va ishlash tamoyillari. RT-DT

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRLIGI



    NIZOMIY NOMIDAGI
    TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI


    PROFESSIONAL TA’LIM FAKULTETI
    AXBOROT TEXNOLOGIYALARI KAFEDRASI


    Axborot tizimlari va texnologiyalari ta’lim yo’nalishi
    ATT-301 guruh talabasi
    O’RAZOV DIYOR OLIM O‘G‘LIning
    ELEKTRON TA’LIM RESURSLARINI YARATISH” fanidan
    iSpring Suite da Multimedia fanidan o’quv kursini yaratish”
    mavzusida yozilgan
    KURS ISHI
    Kurs ishi rahbari:
    R.M.Suleymanova
    Himoyaga ruxsat etiladi:
    Axborot texnologiyalari
    kafedrasi mudiri
    __________Sh.A.Abduraxmanova


    TOSHKENT 2024

    MUNDARIJA


    KIRISH 3
    I BOB. ELEKTRON TA’LIM RESURSLARINI YARATISHDA FOYDALANILADIGAN PEDAGOGIK DASTURIY VOSITALARNING TAHLILI 6
    1.1.Dars jarayonida elektron ta’lim resurslarining o`rni 6
    1.2. Elektron ta’lim resurslarini yaratishda foydalaniladigan pedagogik dasturiy vositalarning tahlili 10

    II BOB ISPRING KINETCSDA INFORMATIKA KITOB YARATISH
    2.1. “iSpring dasturining imkoniyatlari
    2.2. “iSpring Suite da Multimediya fanidan o’quv kursini yaratish
    XULOSA
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

    KIRISH


    Jahon ta’lim sohasidagi rivojlanish tendensiyalari axborotlashgan jamiyatda oʻqitishning zamonaviy didaktik vositalarini kengroq joriy etish va ularning samaradorligini yanada oshirishning dolzarbligini koʻrsatmoqda. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini milliy iqtisodiyotimizning barcha tarmoq va sohalariga keng va jadal kirib borishi axborotlashgan jamiyatni shakllantirishga zamin yaratmoqda. “Axborotlashgan iqtisodiyot”, “Elektron hukumat”, “Elektron boshqaruv”, “Masofaviy ta’lim”, “Ochiq ta’lim”, “Elektron ta’lim” kabi tushunchalar hayotimizga keng kirib keldi.
    Respublikamizda mustaqillik yillarida kadrlar tayyorlashning yangi tizimi yaratilib, mutaxassislar sifatiga quyiladigan zamonaviy talablarga javob beradigan yuqori malakali, raqobatbardosh, tanlagan ta’lim yoʻnalishi boʻyicha mustaqil ishlay oladigan, mamlakatning ilmiy-texnik, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanishiga munosib 4 hissa qoʻshishga qodir, jadal ilgarilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot sharoitiga moslasha oladigan, yuksak madaniy va ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega boʻlgan mutaxassislar tayyorlash izchil amalga oshirilmoqda. Mamlakatimiz ta’lim tizimida kompetensiyaviy talablarga javob beradigan mustaqil va erkin fikrlaydigan, ilgʻor texnik-texnologik tajribalarni puxta oʻzlashtirgan, raqobatbardosh pedagog kadrlarni tayyorlash tizimi isloh qilinmoqda. Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar Strategiyasida “Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish” ustuvor vazifalardan biri etib belgilangan. Shu sababli boʻlajak kasb ta’limi oʻqituvchilarida texnik fikrlash koʻnikmasini shakllantirish va rivojlantirishning amaldagi metodlari va vositalarini takomillashtirish hamda amaliyotga joriy etish borasidagi ilmiy-amaliy tadqiqotlarni amalga oshirishni taqozo etmoqda.
    Ta’lim tizimi sifati va samaradorligini oshirishning asosiy usullaridan biri о‘quv jarayonida zamonaviy axborot kommunikasion texnologiyalarni, shu jumladan multimediyali о‘quv kurslarini qо‘llash, о‘qituvchi va о‘quvchining interfaol о‘zaro aloqalarini ta’minlash, multimediali о‘quv kurslari va darsliklarini ishlab chiqishda yuqori malakali kadrlarni jalb etishdan iborat bо‘ladi.
    Multimedia axborotlarni har xil kо‘rinishlarda tasvirlash va dinamik obrazlarini yaratish, uni kо‘rish va eshitish organlari orqali qabul qilish va tasavvur etish imkoniyatlarini yaratadi.
    Multimedia texnologiyalarida an’anaviy texnologiyalarga qaraganda axborotlar matn kо‘rinishda emas, balki tasvir, ovoz va harakatlar kо‘rinishida ifodalanilishi о‘quvchilarni darslarda faolroq, diqqatliroq intiluvchan va qiziquvchan bо‘lishga о‘rgatadi, chunki tavsiya qilinadigan har bir axborot ularning ishtiroki va harakati orqali amalga oshiriladi.
    Ta’lim tizimida multimedia texnologiyalari nazariy, amaliy, kо‘rgazmali, ma’lumotli, trenajyorli va nazorat qismlarini birlashtirish yo’li bilan о‘quvchilarga ijobiy va samarali ta’sir etuvchi vosita hisoblanadi. Bundan tashqari ta’lim tizimida multimediali о‘quv kurslaridan foydalanish nazariy materiallarning namoyishlarini sifatli video yozuvlari, virtual laboratoriya ishlari va amaliyotlarni, turli jarayonlarning imitasion animasiyali modellarini yaratish imkonini beradi, bu uchun о‘quvchilarning о‘quv sinflari, kompyuter sinflari, о‘qitishning texnik vositalari xonasida, uslubiy xonalarda, kutubxonalarda amaliy shug‘ullanishlarini tashkillashtirish lozim bо‘ladi. Ta’lim tizimida foydalaniladigan barcha multimediali о‘quv kurslari amaliy tadbiqdan va tajribadan о‘tgan bо‘lishi bilan birga, о‘ziga xos pedagogik-psixologik xususiyatlarga ham ega bо‘lishi kerak.

    Download 413.1 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 413.1 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti professional ta

    Download 413.1 Kb.