Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim tarbiya berishdagi kamchiliklar




Download 58,16 Kb.
bet10/11
Sana22.01.2024
Hajmi58,16 Kb.
#143494
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
I bob maktabgacha ta’lim tarbiyani tashkil etishdagi muammolar-fayllar.org
Microsoft Visi1, Aprel variant 1, 14-mavzu. Python dasturlash tilida chiziqli, tarmoqlanuvchi va t, Pythonda takrorlanuvchi jarayonlarni dasturlash uchun masalalar, Aprel variant 2, 9-mazu .Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT) va ularni funksional imkoniyatlari., Фан дастури 2021 QAT (10 kredit) MKK axborot texnologiyakari va kompyuter grafikasi( amaliy dasturlash), Microsoft Word 2016 Step By Step ( PDFDrive ), CONTENTS, bsat-3-kurs-kunduzgi, portal.guldu.uz-MAKTABGACHA TA’LIMNI TASHKIL ETISH VA RAHBARNING TASHKILOTCHILIK MADANIYATI, 3689, II-XALQARO-ILMIY-AMALIY-KONFERENSIYA-TEZISLARI-VA-MARUZALAR-TOPLAMI, maktabgacha-ta-lim-tashkilotlarida-rahbarlik-qilish-va-tashkil-etish-yo-llari (3)
2.2 Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim tarbiya berishdagi kamchiliklar
Bugungi kunda maktabgacha ta'lim tizimida qator islohotlar o‘tkazilmoqda, ularning bari bolalar va pedagoglar manfaatlari yo‘lida xizmat qilishiga, shuningdek maktabgacha ta'lim sifatini yaxshilashga qaratilgan. 2018 yilning sentabr oyidan tatbiq qilinadigan yangi maktabgacha ta'lim dasturi davlat talablariga asoslangan va respublikadagi barcha maktabgacha ta'lim muassasalari yangi dastur bilan tanishtirilgan. Davlat va dastur talablarini o‘zida jamlagan hujjatlar paketi barcha mintaqalardagi MTTlarga yetkazilgan. Bundan tashqari, O‘zbekistonda birinchi marta hammaga mavzuiy rejalashtirish dasturlari tarqatilgan. "Ilk qadam" deya nomlangan yangi dasturning asosiy tamoyili - ta'lim jarayoniga qo‘shilayotgan kichik yoshli bolalarning ilk qadamlari. "Umuman olganda, davlat talablarida kichik va maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarni besh yo‘nalishda rivojlantirish kerakligi ko‘rsatilgan. Bu besh yo‘nalishni rivojlantirib, bola 4 kompetensiyaga ega bo‘ladi, ya'ni u 1-sinfga chiqishga motivatsiya oladi", - deydi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vaziri Agrippina Shin.Yangi dasturda barcha narsaning asosi ijtimoiy yondashuvdir, ya'ni diqqat markazida - bola va uning manfaatlari. Pedagog ota-ona, pedagogik tarkib, bolaning o‘zi va albatta, jamiyat hamda davlat kabi ijtimoiy hamkorlar bilan bir ijtimoiy muhitni tashkil qiladi. Dastur asosida bilim olish jarayonini o‘yinlar orqali rivojlantirish yotadi. Bolalarda ilm olish, ijod, ijtimoiy yo‘nalish kabi tushunchalar rivojlanadi, sog‘lom hayot tarzi tarbiyalanadi va ular ijtimoiy muhitda o‘zlarini qanday tutish kerakligini tushuna boshlashadi.
Guruhlardagi bolalar soni
Shu yildan boshlab O‘zbekistonda bir guruhda 25 nafargacha bola bo‘lishi me'yoriy ko‘rsatkich sifatida belgilandi, ayniqsa sinov tariqasida faoliyat yuritayotgan maktabgacha ta'lim muassasalarida. Ilgari esa bir guruhdagi bolalar soni 30 dan ziyod, ba'zidan esa 40 tagacha yetar edi, bu esa bolalarning sifatli maktabgacha ta'limga ega bo‘lishida muayyan muammolarni keltirib chiqarardi.
"Prezident topshirig‘iga ko‘ra, 4 hududda 6 yoshli bolalarni majburiy maktabgacha ta'lim bilan qamrab oluvchi sinov loyihasi yo‘lga qo‘yildi, ya'ni ular 3 soatlik bepul ta'limga jalb qilinadi, bu 15 soatlik haftalik dastur degani. Bu guruhlarda bolalar soni 25 kishidan oshmasligi kerak. Shu tariqa bizda ilmiy-tarbiyaviy-ta'limiy muhit shakllantiriladi. O‘z faoliyatimizga endigina kirishganimizda bolalarni maktabgacha ta'lim jarayoniga qamrab olish 27 foizdan iborat edi, bugunga kelib bu ko‘rsatkich 34 foizni tashkil qilmoqda. MTV o‘z oldiga katta vazifalarni qo‘ymoqda - shu tariqa barcha bolalarni maktabgacha ta'lim tizimiga qamrab olish va bunda bir guruhda 25 nafar bola qoidasiga amal qilish", - deya izohlaydi vazir. Shuningdek, guruhlarga faqat 25 nafargacha kishini qabul qilish imkonini beruvchi EMIS elektron tizimi ham yo‘lga qo‘yildi. 2021 yilga borib mamlakatdagi barcha MTT guruhlarida bolalar soni shunday bo‘ladi.Yangi qurilish, rekonstruksiya, davlat va xususiy sektor hamkorligi Albatta, hozircha bolalar bog‘chalari yetishmasligi muammosi bor. MTT binolarini qurish, rekonstruksiya qilish borasida katta sa'y-harakatlar boshlangan. 2019 yilning investitsion dasturidan kapital ta'mirlov umuman olib tashlangan. Zero MTV faqat yangi qurilish va rekonstruksiyagina barcha bolalarni MTTlarga qamrab olish imkonini beradi, deb hisoblaydi. Prezidentning 3651-sonli qaroriga muvofiq, O‘zbekistonda birinchi marta MTV tomonidan Davlat-xususiy sektor hamkorligi (DXSH)ga doir qoidalar ishlab chiqildi. Unda DXSHning 10 modeli ko‘rsatilgan bo‘lib, ishbilarmonlar ularga jalb qilingan. Qarorda bunday ishbilarmonlar uchun imtiyoz va preferensiyalar belgilab berilgan. Bugunga kelib DXSH bo‘yicha 741 shartnoma ro‘yxatdan o‘tkazilgan, 100 mln dollar (taxminan 780 mlrd so‘m) ajratilgan.
Kadrlar yetishmovchiligi Maktabgacha ta'lim muassasalarida yaxshi ish haqi to‘lanmasa, bu kasbga qiziqish bo‘lmaydi, albatta. Shu kunga qadar qanchadan-qancha tajribali, yaxshi kadrlar past ish haqi sabab bu kasbni tark etgan. Shu bois joriy yilning mart oyida Prezidentning pedagoglarning maoshini oshirishga doir qarori chiqqan. Agrippina Shinning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan 27 yil davomida maktabgacha ta'lim tizimidagi tarbiyachilar va MTT xodimlarining tarif stavkasi biror marta oshirilmagan. 2018 yilning mart oyida Maktabgacha ta'lim vazirligi birinchi marta pedagoglarning bazaviy tarif stavkalarini 30 foizga oshirish taklifi bilan chiqdi. Shu yilning sentabridan oliy ma'lumotga ega pedagoglar uchun bazaviy tarif stavkalari yana 30 foizga oshiriladi. Hozirda maktabgacha ta'limni moddiy rag‘batlantirish masalalari ko‘rib chiqilmoqda. Masalan, eng yaxshi tarbiyachi, eng yaxshi mudira, eng yaxshi defektolog kabi tanlovlar g‘oliblariga 5-15 minimal oklad shaklida rag‘batlantirish rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, 6 yoshli bolalarni ta'limga qamrab olish bo‘yicha qaror loyihasi mavjud. MTV 6 yoshli bolalar bilan ishlovchi tarbiyachilarga o‘qituvchi maqomini berish taklifi bilan chiqmoqda. Shunday ekan, tabiiyki, ayni damda Xalq ta'limi vazirligida tatbiq etilayotgan imtiyozlar kelgusida ularga ham tegishli bo‘lishi ko‘zda tutilmoqda. Shuningdek, qo‘shimcha xizmatlarga talabgor bo‘lgan kishilar uchun to‘lov asosidagi qo‘imcha xizmatlar yo‘lga qo‘yiladi. Zero 414-sonli qarorda nafaqat davlat, balki byudjyetdan tashqari faoliyatni ham rivojlantirish kerakligi haqida so‘z yuritiladi. Mablag‘lar MTT hisobiga tushadi, bu ularning mustaqil faoliyati, ularning huquqi, pedagogik tarkib ularni nimaga sarflashni o‘zi hal qiladi. Ovqatlantirish tizimini tashkillashtirish tajribasi Barchaga ma'lumki, MTT ovqatlantirish tizimida ma'lum bir muammolar bo‘lgan. Barcha oziq-ovqat mahsulotlari ham kerakli manzilgacha yetib bormagan. Shuningdek, MTT mudirasi va pedagogik tarkib asosiy ish faoliyatidan chalg‘igan, ya'ni ular bolalarga ta'lim-tarbiya berish qatorida ovqatlantirish tizimini tashkillashtirish bilan ham shug‘ullanishlariga to‘g‘ri kelgan. Shuning uchun bugungi kunda bolalar bog‘chasining aynan maktabgacha ta'lim tizimiga aylantirilishiga alohida e'tibor qaratilmoqda. "Bu yerda asosiysi - ta'lim, - deydi Shin. - Shu bois biz ovqatlanishni tashkillashtirishning muqobili - autsorsingni sinab ko‘rishga qaror qildik. Nima uchun tajriba sifatida yo‘lga qo‘yildi? Ma'lum bir muddat o‘tgandan keyin biz tahlil qilib, qaysi yo‘l yaxshiroq ekaniga doir xulosaga kelamiz. Bunda ota-onalar fikri inobatga olinadi, albatta". Kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash Kadrlar barchasini hal qiladi. MTV ilk kunlardanoq bu muammoga duch keldi. Bugungi kunda MTT soni oshib bormoqda, nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari ham shular jumlasidandir. Yanvar oyida ularning soni 200 dan ortiq bo‘lgan bo‘lsa, hozirga kelib bu ko‘rsatkich 600 ga yaqinni tashkil qilmoqda. Raqamlar kun sayin oshib bormoqda, chunki xususiy MTTlar va Davlat-xususiy sektori hamkorligi asosidagi MTTlar ochilmoqda. Tabiiyki, kadrlarga bo‘lgan talab ham katta.
"Kadrlar bo‘lmasa, maktabgacha ta'lim sifati haqida gapirishga hojat ham yo‘q. Biz kadrlarni qayta tayyorlash masalasini ishlab chiqdik. Maktabgacha ta'lim mutaxassisligiga ega bo‘lmagan pedagoglar juda ko‘p. Bugungi kunda akademik litsey va kollejlardagi pedagoglarga ish kamaydi, ular pedagogik tajribaga ega bo‘lgan, lekin bazaviy maktabgacha ta'limga oid bilimlarga ega bo‘lmagan kishilardir. Bundaylar uchun pedagogika universitetlari qoshida 4 oylik qayta tayyorlash kurslari ochildi. Bugunga kelib 9400 dan ziyod pedagog ularni tugallab, MTV tizimiga qamrab olindi. Bundan tashqari, biz yangi moslashuvchan modelni ishlab chiqdik, ya'ni pedagogik ma'lumotga ega bo‘lmagan kishilar uchun 6 oylik kurslar tashkil etildi, ularning soni - 1500 nafar atrofida", - deydi maktabgacha ta'lim vaziri. Bundan tashqari, Toshkentdagi yangi Puchon Universiteti haqida unutmaslik kerak. 540 tinglovchi bugunga qadar sinovlardan o‘tgan. Ular yangi avlod pedagoglari bo‘lishadi, bu pedagoglar musiqiy ta'lim, sport ta'limi va boshqa yo‘nalishlarda ham ta'lim olib, har tomonlama mutaxassis bo‘lib yetishishadi. Maktabgacha ta'lim vazirligi tizimiga 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan 2,5 mln bola qamrab olingan. Respublikadagi MTTlar soni esa - 6154. Ulardan 5586 tasi - davlatga qarashli, 568 tasi nodavlat ta'lim muassasasidir. Bugunga kelib 859 141 nafar bola maktabgacha ta'lim bilan qamrab olingan, bu umumiy hisobning 34 foizi demakdir. Jami 1 mln 600 dan ziyod bola maktabgacha ta'lim bilan qamrab olinmagan."Biz 2017 yilning 30 sentabrida tashkil topganmiz, MTTlar bizga topshirilganida ularning soni 4891 ta edi. Hozirda esa 5586 MTT faoliyat yuritmoqda. "Shuncha MTT qayerdan paydo bo‘la qoldi?" degan savol tug‘ilishi mumkin. Biz birinchi marta respublika miqyosida pasportizatsiya, inventarizatsiya jarayonini o‘tkazdik. Bu O‘zbekistonda birinchi marta mutlaqo begona tashkilot - mustaqil konsalting kompaniyasi tomonidan qayd etildi. Qaydnoma davomida biz davlat bog‘chalarimizdan tashqari ularning hech kim tomonidan nazorat qilinmaydigan filiallari ham mavjudligi aniqladik. Shuning uchun 800 shunday filialdan 600 tasi mustaqil MTTga aylantirildi", - qo‘shimcha qiladi Shin.2030 yilga borib 85 foiz bola respublika MTTlariga qamrab olinishi maqsad qilinmoqda. Yangi modellar Maktabgacha ta'lim vazirligi maqsadi - barcha bolalarni teng asosli va yuqori sifatli maktabgacha ta'lim tizimiga qamrab olish. O‘zbekistonda uzoq qishloq punktlari bor, u yerda bolalar bog‘chalari yo‘q, shunday ekan, maktabgacha ta'lim olishning imkoni yo‘q. Qamrovni ta'minlash uchun MTV tomonidan o‘qitishning muqobil shakli - oilaviy MTTlar faoliyatini yo‘lga qo‘yishga doir qaror ishlab chiqildi.

XULOSA
Yuqoridagilardan kelib chiqib, bugungi kunda davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim va tarbiya sifatini takomillashtirish muammosini alohida tadqiqot predmeti sifatida o'rganish ehtiyoji sezilmoqda. Muammoning yechimini topish uchun:
- davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya tashkilotlari xodimlarining malakasini oshirishda «tarbiya kvalimetriyasi» va «ta'lim kvalimetriyasi» tushunchalarini ilmiy jihatdan tavsiflash;
- davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya tashkilotlari boshqarishning metodologik va nazariy asoslarini sifatli menejment nuqtai nazaridan tadqiq qilish;
- davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya tashkilotlariga qo'yiladigan davlat talablarini tabaqalashtirilgan yondashuv asosida takomillashtirish;
- davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya tashkilotlari xodimlarining malaka oshirishdan keyingi faoliyati samaradorligi monitoringini joriy etish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
- davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya tashkilotlari tarbiyalanuvchilari iqtidorini aniqlash va rivojlantirishga mo'ljallangan metodik qo'llanmalar yaratish va
amaliyotga tatbiq etish;
- davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya tashkilotlarida sifat menejmenti tizimini takomillashtirish bo'yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish lozim.
Davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya tashkilotlari xodimlarining faoliyatini kvalimetriya asosida baholash, kasbiy faoliyat natijasi, tarbiyalanuvchilarning intellektual darajasi va shaxsiy rivojlanishi mezonlariga asoslangan holda takomillashtirishga qaratish lozim.



Download 58,16 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 58,16 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim tarbiya berishdagi kamchiliklar

Download 58,16 Kb.