|
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti “Tasdiqlayman”
|
bet | 3/11 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 58,16 Kb. | | #143494 |
Bog'liq I bob maktabgacha ta’lim tarbiyani tashkil etishdagi muammolar-fayllar.orgKurs ishi obyekti: Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim tarbiya jarayoni.
Kurs ishining tuzilishi va hajmi: kurs ishiga kirish, 2 bob, 4 paragraf, umumiy xulosa, foydalanilgan adabiyotlar roʼyxatidan iborat.
I BOB MAKTABGACHA TA’LIM TARBIYANI TARBIYANI TASHKIL ETISHDAGI MUAMMOLAR
1.1 Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim tarbiya berishning maqsad vazifalari
Maktabgacha ta`lim uzluksiz ta`limning boshlangʻich qismi hisoblanadi. U bolaning sogʻlom va rivojlangan shaxs boʻlib shakllanishini ta`minlab, oʻqishga boʻlgan ishtiyoqini uygʻotib, tizimli oʻqitishga tayyorlab boradi. 6-7 yoshgacha boʻlgan maktabgacha ta`lim davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta`lim tashkilotlarida va oilada amalga oshiriladi. Maktabgacha ta`limning maqsadi – bolalarni maktabdagi oʻqishga tayyorlash, bolani sogʻlom, rivojlangan, mustaqil shaxs boʻlib shakllantirish, qobiliyatlarini ochib berish, oʻqishga, tizimli ta`limga boʻlgan ishtiyoqini tarbiyalashdir.
Maktabgacha ta`lim tashkilotsida bolalarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish maktabgacha ta`lim tashkilotsi hamda shtatdagi tibbiyot xodimlari, shuningdek maktabgacha ta`lim tashkilotsiga biriktirilgan sogʻliqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta`lim tashkilotsida bolalarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi va qoidalari, maktabgacha ta`lim tashkilotsiga bolalarni olib kelish va olib ketish qoidalari, maktabgacha ta`lim tashkilotsi binolarida xavfsizlikni tashkil etishga oid talablar, maktabgacha ta`lim tashkilotsida yongʻin xavfsizligini tashkil etishga oid talablar, hudud xavfsizligiga boʻlgan talablar “Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida bolalarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida Nizom” bilan tartibga solinadi.
Maktabgacha ta`lim tizimi
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari – Oʻzbekiston Respublikasidagi ta`lim muassalarining turi boʻlib, turli yoʻnalishdagi maktabgacha boʻlgan davrdagi umumta`lim dasturlarini amalga oshiradi. Maktabgacha ta`lim tashkilotlari 2 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalarni tarbiyalashni, oʻqitishni, nazorat qilishni, parvarishlashni va sogʻlomlashtirishni ta`minlaydi.
Maktabgacha ta`lim tashkilotsini tashkil etish tartibi, faoliyatini tashkil etish va butlash, hamda maktabgacha ta`lim tashkilotsining mol-mulki va pul mablagʻlari, javobgarligi, boshqaruvi va ta`lim jarayoni qatnashchilari toʻgʻrisidagi kerakli ma`lumotlarni “Oʻzbekiston Respublikasida davlat maktabgacha ta`lim tashkilotsi toʻgʻrisida Nizom” dan olishinigiz mumkin.
|
| |