Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti “Tasdiqlayman”




Download 58,16 Kb.
bet8/11
Sana22.01.2024
Hajmi58,16 Kb.
#143494
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
I bob maktabgacha ta’lim tarbiyani tashkil etishdagi muammolar-fayllar.org
Microsoft Visi1, Aprel variant 1, 14-mavzu. Python dasturlash tilida chiziqli, tarmoqlanuvchi va t, Pythonda takrorlanuvchi jarayonlarni dasturlash uchun masalalar, Aprel variant 2, 9-mazu .Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT) va ularni funksional imkoniyatlari., Фан дастури 2021 QAT (10 kredit) MKK axborot texnologiyakari va kompyuter grafikasi( amaliy dasturlash), Microsoft Word 2016 Step By Step ( PDFDrive ), CONTENTS, bsat-3-kurs-kunduzgi, portal.guldu.uz-MAKTABGACHA TA’LIMNI TASHKIL ETISH VA RAHBARNING TASHKILOTCHILIK MADANIYATI, 3689, II-XALQARO-ILMIY-AMALIY-KONFERENSIYA-TEZISLARI-VA-MARUZALAR-TOPLAMI, maktabgacha-ta-lim-tashkilotlarida-rahbarlik-qilish-va-tashkil-etish-yo-llari (3)
Muammolar
-Maktabgacha ta’limning nodavlat sektorini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Davlat byudjetidan ajratilayotgan subsidiya va kompensasiyalar samarali va maqsadli ishlatilmayapti. Jizzax, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlaridagi byudjetdan subsidiyalar ajratilishida 7,4 mlrd so‘m miqdoridagi kamchiliklar aniqlandi. Mazkur jarayonlar to‘liq raqamlashtirilmaganligi sababli vujudga kelgan. Hozirda bu muammoning yechimi sifatida 1 sentyabrdan boshlab butun respublika bo‘ylab axborot tizimi ishga tushiriladi va bunday holatlarning keskin kamayishiga sabab bo‘ladi.
-Respublikaning 41 ta tuman (shahar) larida qamrov darajasi 60 foizdan past. Jumladan, Chiroqchi (32,8%), Qamashi (41,5%), Kitob (41%), Yangiyo‘l (45,3%) va Denov (44,9%) tumanlarida qamrov darajasi past bo‘lib qolmoqda.
-Maktabgacha ta’lim tizimidagi pedagoglarning 34,5 foizi oliy ma’lumotga ega ekanligi ta’lim sifatiga salbiy ta’sir qilmoqda. Bu ko‘rsatkich Toshkent viloyatida
24,6 foizi, Sirdaryo viloyatida 26,4 foizi va Namangan viloyatida 27,8 foizi tashkil etadi.
-Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarining mehnatiga haq to‘lanishini ijobiy o‘zgartirish uchun olib borilayotgan ishlar yakuniga yetmagan.
Bugungi kundagi tizimdagi eng dolzarb muammolardan biri bu-tizim xodimlarining mehnatiga haq to‘lashni oshirish uchun olib borilayotgan ishlar ekanligi hamda matbuot anjumani davomida o‘tgan yillar davomida olib borilgan ijobiy o‘zgarishlar haqida ham anjuman davomida aytib o‘tildi.
Shuningdek, maktabgacha ta’lim tizimida o‘tgan davrda xodimlarning mehnatiga haq to‘lashni yaxshilashga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan,
2018 yil yanvar holatiga tarbiyachining oylik ish haqi uning ma’lumoti va malaka toifasiga mos ravishda o‘rta maxsus bo‘lganda – 617 171 so‘m, oliy ma’lumotli bo‘lganda – 668 356 so‘m, ikkinchi malaka toifali bo‘lganda – 722 815 so‘m, birinchi malaka toifali bo‘lganda – 779 554 so‘m va oliy malaka toifali bo‘lganda 838 649 so‘mni tashkil etganligi;
-O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 fevraldagi PQ-3571-sonli qaroriga asosan 2018 yil 1 martdan boshlab tarbiyachining oylik ish haqi 30 foizga, oliy ma’lumotli tayyorgarlik (5 yoshdan 6-7 yoshgacha) guruhi tarbiyachining oylik ish haqi yana 30 foizga oshirilganligi;
-bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga muvofiq 2018 yil yanvardan boshlab hozirgi kunga qadar, byudjet tashkilotlari xodimlarining, jumladan, maktabgacha ta’lim tashkilotlari hodimlarining oylik ish haqlari 5 marta oshirilib, shu davrda tarbiyachining oylik ish haqi 50% oshirilganligi;
-bugungi kunga kelib, 3-5 yoshli bolalar guruhlarida ishlovchi tarbiyachining oylik ish haqi o‘rta maxsus bo‘lganda – 1 506 229 so‘m, oliy ma’lumotli bo‘lganda – 1 631 200 so‘m, ikkinchi malaka toifali bo‘lganda – 1 764 116 so‘m, birinchi malaka toifali bo‘lganda – 1 902 593 so‘m va oliy malaka toifali bo‘lganda 2 046 822 so‘mni tashkil etayotganligi;
-tayyorlov guruhi (5-7 yoshli bolalar guruhi) tarbiyachisining oylik ish haqi oliy ma’lumotli bo‘lganda – 2 341 247 so‘m, ikkinchi malaka toifali bo‘lganda –
2 507 193 so‘m, birinchi malaka toifali bo‘lganda – 2 677 369 so‘m va oliy malaka toifali bo‘lganda – 2 840 329 so‘mni tashkil etayotganligi haqida ma’lumot berildi.
Shu bilan birgalikda, Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori, pedagog xodimlari va tarbiyachi yordamchisi lavozim maoshini ikki bosqichda oshirish bo‘yicha taklif ishlab chiqilib, unga ko‘ra:
-direktor lavozim maoshini 2 bosqichda 60%gacha oshirish (2 251 505 so‘mdan 3 584 000 so‘mga);
-o‘qituvchi, psixolog va oliy ma’lumotli tayyorlov guruhi tarbiyachisi lavozim maoshini malaka toifasiga qarab bir bosqichda 10-25% oshirgan holda maktab o‘qituvchisi lavozim maoshiga tenglashtirish (2 341 248 so‘mdan 2 576 000 so‘mga);
-tarbiyachi-metodist va tarbiyachilar lavozim maoshini malaka toifasiga qarab ikki bosqichda 60-74% (oliy ma’lumotli bo‘lganda 1 631 200 so‘mdan 2 576 000 so‘mga);
-tarbiyachi yordamchisi lavozim maoshini ikki bosqichda 70% oshirish (1 374 624 so‘mdan 2 324 000 so‘mga) ko‘zda tutilganligi ham soha mutaxassislari tomonidan aytib o‘tilib, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktori, pedagog xodimlari va tarbiyachi yordamchisi lavozim maoshlarini qayd etilgan miqdorlarda oshirish uchun davlat byudjetidan o‘rtacha 2,9 trln. so‘m mablag‘ talab etilayotganligi ta’kidlandi.
Bolaning psixik rivojlanishi qanday bo‘ladi, u qanday shakllanadi va unga ta’sir etuvchi omillar nimalardan iborat degan muammo juda qadim zamonlardan beri psixolog va pedagoglarning diqqatini jalb etib kelmoqda.
Bolalar psixologiyasi fanining asosiy masalasi bola psixik taraqqiyotini o‘rganishdan iborat ekan, bu masalani hal qilishda, uni tushuntirib berishda turli xil qarashlarni o‘rganish, tahlil qilish muhimdir.
Bolalar psixikasini taraqqiy etishini tushuntirib berishga uringan ilk nazariya “Bola katta yoshli kishining kichik nusxasi” degan fikr bilan ta’riflanadi. Bu nazariya tarafdorlari bola sifat e’tibori bilan katta yoshli kishidan hech bir farq qilmaydi. Bola bo‘yi, shuningdek tasavvurlari, xotirasi, diqqati, tafakkuri va boshqa jarayonlaridan anchayin kichkina bo‘lgan katta yoshli kishilardir deb ko‘rsatishga urinadir. Lekin bola psixikasining sifat jihatidan o‘ziga xosligini tushuntirib bera olmaydilar va taraqqiyotning asosiy sabablarini yoritib bera olmaydilar.
XVII asrdan boshlab falsafiy va psixologik yo‘nalishlarda bolaning taraqqiyoti haqida kurash boradi: psixologik yo‘nalish tarafdorlari psixik taraqqiyot butunlay muhitga va turmush tajribasiga bog‘liq deydilar. Xo‘sh odam psixikasi va xatti harakatlarida bor bo‘lgan o‘ziga xos xususiyatlarni nima bog‘laydi –tabiiy, tug‘ma xususiyatlarmi yoki hayot davomida orttirgan xususiyatlarmi? degan muammoda turlicha qarashlar maydonga keldi .
“Ideyalar tug‘ma bo‘ladi” degan nazariyaning yorqin namoyodasi Dekart(1596-1650) edi. Uning fikricha, tug‘ma ideyalar intellektda boshlang‘ich xolatda bo‘ladi bu ideyalar moyillik sifatida “tug‘ma bo‘lib, faqat keyinchalik to‘la anglanguncha sekin asta taraqqiy etadi, shu bilan birga, tashqi tajriba ideyalar faoliyati uchun faqat turtki bo‘lib xizmat qiladi, ularning yanada takomillashuvi uchun, material hisoblanadi deb ko‘rsatildi. Keyinchalik bunday qarashlar falsafa doirasidan chiqib, burjuaziya ideologlari tomonidan keng foydalanila boshlandi.
Psixikasining tabiati biologik omillarga bog‘liq degan nuqtai nazarda turdilar, ya’ni psixik xususiyatlar tug‘ma paydo bo‘ladi, ularning inson dunyoga kelishidan oldinroq unda bo‘lgan biologik imkoniyatga bog‘liq deb ko‘rsatdilar. Ular inson psixikasining barcha umumiy va individual xususiyatlari tabiat tomonidan belgilangan, biologik tuzilishiga joylashtirilgandir, psixik taraqqiyot esa, irsiy yo‘l bilan azaldan belgilanib organizmga joylashtirilgan shu xususiyatlarning pishib yetilish jarayonidan iborat emish. Jumladan, har bir odam qobiliyatlarining rivojlanish darajasi (imkoniyatlarning nixoyasi, eng yuksak nuqtasi) taqdir tomonidan, “qobiliyatlarning tabiiy fondi” tomonidan ilgaridan belgilab qo‘yilgan deyiladi.
So‘nggi vaqtlarda mikroobiologiyaning nasliy xususiyatning gen bilan bog‘liq bo‘lgan mexanizmini yoritishdagi yutuqlari munosabati bilan “gen aslohalarining tug‘ma darajasi”, shaxsning xususiyatlari va qobiliyatlari genlarda rejalashtirilganligi haqida fikr yuritila boshladi. Angliyalik genetik Sh.Auerbax bu fikrni nihoyatda aniq va obrazli qilib ifodalab berishga urindi.
Bolalar psixologiyasi qobiliyatlarning taraqqiyotini tevarak –atrofdagi muhitning ta’siri bilan tushuntirishga asoslana boshladi. Bu ta’limot o‘z zamonasi uchun progressiv hisoblangan XVIII asr fransuz filosofi K.A. Gelvetsiy tomonidan ilgari surildi. Uning ta’limotiga ko‘ra, hamma odamlar aqliy va axloqiy taraqqiyot uchun tug‘ilishdanoq mutlaqo bir xil tabiiy imkoniyatga ega bo‘ladilar. Shuning uchun odamlarning psixik xususiyatlaridagi farq faqatgina muhit va tarbiyaning turlicha ta’sir qilishi bilan vujudga keladi, deb tushuntiriladi . Bu konsepsiya odamlarning psixik-ruhiy va ijtimoiy tengsizligi ularning tug‘ma xususiyatlari degan va o‘sha davrlarda xukmron bo‘lgan nazariyalarga qarshi qaratilgan edi. Bu yo‘nalishning namoyondalari psixikaning rivojlanishida ijtimoiy muhitning g‘oyat darajada muhim roli borligini e’tirof etadilar. Biroq ijtimoiy muhit qandaydir o‘zgarmaydigan, inson taqdirini ilgaridan belgilab beradigan bir narsa tarzida tushuniladi, insonga esa muhit ta’siri ostida bo‘lgan obyekt sifatida qaraladi.

Download 58,16 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 58,16 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti “Tasdiqlayman”

Download 58,16 Kb.