Maktabgacha ta`lim tashkilotlarining asosiy maqsadlari




Download 58,16 Kb.
bet5/11
Sana22.01.2024
Hajmi58,16 Kb.
#143494
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
I bob maktabgacha ta’lim tarbiyani tashkil etishdagi muammolar-fayllar.org
Microsoft Visi1, Aprel variant 1, 14-mavzu. Python dasturlash tilida chiziqli, tarmoqlanuvchi va t, Pythonda takrorlanuvchi jarayonlarni dasturlash uchun masalalar, Aprel variant 2, 9-mazu .Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT) va ularni funksional imkoniyatlari., Фан дастури 2021 QAT (10 kredit) MKK axborot texnologiyakari va kompyuter grafikasi( amaliy dasturlash), Microsoft Word 2016 Step By Step ( PDFDrive ), CONTENTS, bsat-3-kurs-kunduzgi, portal.guldu.uz-MAKTABGACHA TA’LIMNI TASHKIL ETISH VA RAHBARNING TASHKILOTCHILIK MADANIYATI, 3689, II-XALQARO-ILMIY-AMALIY-KONFERENSIYA-TEZISLARI-VA-MARUZALAR-TOPLAMI, maktabgacha-ta-lim-tashkilotlarida-rahbarlik-qilish-va-tashkil-etish-yo-llari (3)
Maktabgacha ta`lim tashkilotlarining asosiy maqsadlari
Maktabgacha ta`lim, olinish shakli va usullaridan qat`iy nazar, quyidagi maqsadlarni oʻz oldiga qoʻyadi:
Maktabgacha ta`lim maqsad va vazifalarni amalga oshirishda ijtimoiy va xayri tashkilotlari, mahalla, xalqaro fondlar faol ishtirok etadilar.
Oʻzbekistonda maktabgacha ta`lim davlat tilida hamda qoraqalpoq, rus, tojik, qirgʻiz, qozoq va turkman tillarida olib boriladi.
* Maktabgacha tarbiya va boshlangʻich ta`lim mussasasi (bolalar bogʻchasi-maktab).
* Tarbiyalanuvchilarni bir yoki bir nechta yoʻnalishda (til, badiiy estetik, sport va boshqalar) tarbiyalovchi maktabgacha ta`lim tashkilotlari.
* Tarbiya jismoniy va ruxiy rivojlanishdagi ogʻishlarni kvalifikatsion yaxshilovchi tiklovchi turdagi bolalar bogʻchasi.
* Tibbiyot gigiena, profilaktika va sogʻlomlashtirish, tadbir va proseduralarini amalga oshiruvchi zaiflashgan bolalarni nazorat qilish va sogʻlomlashtirish bogʻchasi.
* Birlashtirilgan turdagi bolalar bogʻchasi (birlashtirilgan turdagi bolalar bogʻchasiga rivojlantiruvchi, tiklovchi va sogʻlomlashtiruvchi guruhlar umumlashtirilgan koʻrinishda kiradi).
* Bolalarni maktabda oʻqishga maqsadli va tizimli tayyorlash;
* Bolalarning shaxsiy qobiliyatlari va iste`dodlarini rivojlantirish;
* Bolalarni milliy, umuminsoniy va madaniy qadriyatlar bilan tanishtirish, bolani intellektual rivojlantirish;
* Bolalarda yuqori ma`naviy va odob axloq asoslarini shakllantirish;
* Bolalarning jismoniy va ruhiy sogʻligini mustahkamlash.Maktabgacha ta’lim maqsad va vazifalarni amalga oshirishda ijtimoiy va xayriya tashkilotlari, mahalla, xalqaro fondlar faol ishtirok etadilar.
Oʻzbekistonda maktabgacha ta’lim davlat tilida hamda qoraqalpoq, rus, tojik, qirgʻiz, qozoq va turkman tillarida olib boriladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash jarayoni oldiga qoʻyilgan maqsad va vazifalarning bajarilishi “Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim –tarbiyasiga qoʻyiladigan Davlat talablari” orqali nazorat qilinadi. Davlat talablaridan maktabgacha yoshdagi bolalarga beriladigan ta’lim –tarbiya mazmunining asosiy yoʻnalishlari hamda ularning maktabga tayyorgarlik darajasiga qoʻyiladigan minimal talablar berilgan boʻlib u davlat xujjati sifatida e’tirof etiladi.
Bolarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash jarayoni oldiga qoʻyilgan maqsad va vazifalarning bajarilishiga erishish “Bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash” tayanch dasturi asosida amalga oshiriladi.
“Ta’lim toʻgʻrisida”gi Qonun hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da mamlakatning ijtimoiy –iqtisodiy taraqqiyotini ta’limning asosiy omili boʻlgan kadrlarni tayyorlash borasidagi eng zarur tadbirlar tizimi belgilab berilgan sogʻlom avlodni tarbiyalash davlat va jamiyatning ustuvor yoʻnalishidir.
Davlat talablari asosida tuzilgan “Bolajon” tayanch dasturiga asosan maktabgacha yoshdagi bolalarning ota –onalari, tarbiyachilari, hamda oʻzlari uchun turli sohalar boʻyicha dasturlar, qoʻllanmalar, tavsiyalar va jismonan rivojlantirishga yordam beradigan turli tuman oʻyinlar va ta’lim tarbiya metodi yoritiladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim –tarbiyasiga qoʻyiladigan Davlat talablarida belgilangan koʻrsatkichlarga erishish 6-7 yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlashga, mustaqil Oʻzbekistonning ravnaqi uchun barkamol inson boʻlib yetishishlariga zamin hozirlaydi. Bolani maktabga tayyorlashda oilani oʻrni juda kattadir. Bola tarbiyasida oilaning barcha a’zolaridan bolalarga nisbatan toʻgʻri munosabatni, balki ularning taqdiri uchun yuksak ma’suliyat hissini ham talab qiluvchi qiyin va murakkab ishdir.
Bolani maktabga tayyorlashda tarbiyani har tomonlama jumladan ma’naviy axloqiy, aqliy estetik, jismonan va mehnat tarbiyalarini birgalikda olib borish yaxshi samara beradi.
Ma’naviy tarbiyani bolaga oʻtmishda Vatan ravnaqi, el –yurt tinchligi va faravonligi yoʻlida kurashgan xalq qahramonlari haqida gapirib berish, mustaqillik, qadriyat va an’analarimizni oʻrgatish orqali singdirish mumkin.
Oilaviy tarbiya jarayonida shaxsning bir qator axloqiy jihatlari shakllanadigan, boshqa hyech qaysi tarbiya ob’kti oiladagidek yuqori natija bermaydi.
Kelajak avlodga estetik tarbiya berishda ham oilaning muhim oʻrni bor. Oila davrasida qoʻshiqlar kulanishi, biror ertak yoki asarni oila davriasida oʻqish, birga spektakl va kino koʻrish va tahlil qilish va hokazolar bolani estetik tarbiyasini shakllantirishdagi jihatlardir.
Ota –onalar voyaga yetayotgan farzandlarining jismoniy barkamolligiga oʻta ma’suliyat bilan qarashlari lozim. Masalan: ertalabki badan tarbiya mashqlarini bolalar bilan birgalikda bajarish, toʻgʻri va vataminlashgan ovqat berish, dam olishni, uyquni toʻgʻri tashkil etish, kun tartibiga rioya qilish, vaqtida shifokor nazoratidan oʻtkazishlari zarur.
Bola hayotida mehnat tarbiyasi muhim sanaladi. Mehnat bolalarda uyushqoqlik, diqqat, saramjom – sarishtalikni tarbiyalash, shuningdek maqsadga erishishda sabot va matonat kabi iroda xususiyatlarini rivojlantirish vositasidir. Bola hayotining kun tartibi, odatda sogʻlom bola kasalmand va zaif bolaga nisbatan maktab kun tartibiga va butun dars davomida oʻzida joʻsh oʻrib turgan gʻayratlarini tiyib jim oʻtirishga tezroq koʻrinadi. Bolani maktab kun tartibiga tayyorlashda, uning sogʻligini mustahkamlashda ertalab ma’lum vaqtda oʻrindan turish, ovqatlanish va uyquga yotishga aniq rioya qilinishi kerak. Maktabgacha ta`lim uzluksiz ta`limning boshlangʻich qismi hisoblanadi. U bolaning sogʻlom va rivojlangan shaxs boʻlib shakllanishini ta`minlab, oʻqishga boʻlgan ishtiyoqini uygʻotib, tizimli oʻqitishga tayyorlab boradi. 6-7 yoshgacha boʻlgan maktabgacha ta`lim davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta`lim tashkilotlarida va oilada amalga oshiriladi. Maktabgacha ta`limning maqsadi – bolalarni maktabdagi oʻqishga tayyorlash, bolani sogʻlom, rivojlangan, mustaqil shaxs boʻlib shakllantirish, qobiliyatlarini ochib berish, oʻqishga, tizimli ta`limga boʻlgan ishtiyoqini tarbiyalashdir.
Maktabgacha ta`lim tashkilotsida bolalarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish maktabgacha ta`lim tashkilotsi hamda shtatdagi tibbiyot xodimlari, shuningdek maktabgacha ta`lim tashkilotsiga biriktirilgan sogʻliqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta`lim tashkilotsida bolalarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi va qoidalari, maktabgacha ta`lim tashkilotsiga bolalarni olib kelish va olib ketish qoidalari, maktabgacha ta`lim tashkilotsi binolarida xavfsizlikni tashkil etishga oid talablar, maktabgacha ta`lim tashkilotsida yongʻin xavfsizligini tashkil etishga oid talablar, hudud xavfsizligiga boʻlgan talablar “Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida bolalarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida Nizom” bilan tartibga solinadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari – Oʻzbekiston Respublikasidagi ta`lim muassalarining turi boʻlib, turli yoʻnalishdagi maktabgacha boʻlgan davrdagi umumta`lim dasturlarini amalga oshiradi. Maktabgacha ta`lim tashkilotlari 2 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalarni tarbiyalashni, oʻqitishni, nazorat qilishni, parvarishlashni va sogʻlomlashtirishni ta`minlaydi.
Maktabgacha ta`lim tashkilotsini tashkil etish tartibi, faoliyatini tashkil etish va butlash, hamda maktabgacha ta`lim tashkilotsining mol-mulki va pul mablagʻlari, javobgarligi, boshqaruvi va ta`lim jarayoni qatnashchilari toʻgʻrisidagi kerakli ma`lumotlarni “Oʻzbekiston Respublikasida davlat maktabgacha ta`lim tashkilotsi toʻgʻrisida Nizom” dan olishinigiz mumkin.

Download 58,16 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 58,16 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Maktabgacha ta`lim tashkilotlarining asosiy maqsadlari

Download 58,16 Kb.