• Kurs ishining metodolik asosi
  • Kurs ishining tarkibiy tuzilish.
  • Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti “Tasdiqlayman”




    Download 99,31 Kb.
    bet4/8
    Sana22.02.2024
    Hajmi99,31 Kb.
    #160906
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 1-kurs 101-guruh talabasi-fayllar.org

    Kurs ishining maqsadi:Maktabgacha ta'lim-tarbiya fani, uning vazifalari, maqsadlari va rivojlanishini õrganish.
    Kurs ishining obyekti:Maktabgacha ta'lim-tarbiya fanining rivojlanishi.
    Kurs ishining predmeti:.Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish fanining predmeti va asosiy vazifalari
    Kurs ishining vazifalari:
    1.Maktabgacha ta'lim-tarbiya fanining tarixi va hozirgi kundagi rivojlanishini õrganish.
    2.Maktabgacha ta'lim-tarbiya fanining ahamiyati, jamiyatdagi õrni haqida tushunchalar hosil qilish.
    Kurs ishining metodolik asosi: O`zbеkiston Rsеpublikasining «Ta'lim to`g`risidagi qonun»i, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat standarti”, “Takomillashgan ilk qadam” davlat o’quv dasturi, Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning Davlat standarti va metodik adabiyotlar meyoriy asosini tashkil etadi.
    Kurs ishining tarkibiy tuzilish. Kirish, 2 ta bob, 4 ta band, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidan iborat.

    I.BOB.MAKTABGACHA TAʼLIM UZLUKSIZ TAʼLIM TIZIMINING BOSHLANGʻICH TURI SIFATIDA RIVOJLANISHINING NAZARIY ASOSLARI.
    I.1. O’zbekistonda maktabgacha ta’limni rivojlanish tarixi.
    XIX asrning 80-90 yillariga kelib Markaziy Osiyoda bolalar maktabgacha ijtimoiy tarbiyasi g‘oyalari yetildi. O‘sha davrda taraqqiyparvar mahalliy ziyolilar mehnatkash ayollarning og‘ir ahvolini va bolalar nazoratsizligini ko‘rib, ularning qismatini yengillashtirishga intiladi.
    Ziyoli qatlam vakillari 1872 yilda Turkistonda tuzilgan “Jamiyati xayriya” tarkibiga kirib, “Jamiyati xayriya” tomonidan miskinlar uylari, tunash joylari, tug‘ruq joylari bilan bir qatorda ota-onasi bo‘lmagan bolalar uchun yetimxonlarni tashkil etishdi.
    Bu yetimxonalar oz sonli bolalarni, butun Turkistonda taxminan 150-200 kishini o‘z ichiga oldi. Ushbu yetimxonalar yasli yoshdagi bolalardan tortib, maktab yoshidagi bolalarni ham qamrab olgan.1896 yilda Turkistonda vositalar kengashi kambag‘allarning bolalari uchun “yasli”lar deb ataladigan muassasalarni tuzila boshlandi. Yaslilarga atak-chechak qila boshlagan bolalar qabul qilingan va maktabga ketgunga qadar tarbiyalangan bolalar kun bo‘yi bolalar yaslida bo‘lishar va uch marta ovqatlantirilar edi. Yasli ishlarini nazoratchi ayol boshqargan, xizmat qiluvchi xodimlar ham bo‘lgan. Bu muassasada bolalarni duolar o‘qishga (duogo‘ylikka), oddiy o‘qishga, yozishga, sanashga, to‘qishga, to‘r taqishga, tikishga va boshqa hunarlarga o‘rgatilgan. Butun o‘lka bo‘ylab shunday yaslilardagi bolalar soni 50-60 boladan oshmas edi.Turkistonda kambag‘allarning bolalari uchun Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Namangan shaharlarida yetixonalar tashkil etilgan.Imtiyozli sinflarning bolalari uchun 1891 yilda “Bog‘dorchilik” jamiyati tomonidan Toshkent istirohat bog‘ida maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar uchun “Bolalar maydonchasi” turidagi birinchi bolalar bog‘chalari ochildi. Bolalar bog‘chasi uchun istirohat bog‘i maydonidan sersoya joy ajratib berildi. Maydonchada arg‘imchoq, qayiqlar, katta arg‘imchoq (ustunga osilgan) o‘rnatildi va xilma-xil o‘yinchoqlar tayyorlandi. Maydonchada gulzor katta o‘rinni egallab, bolalar o‘zlari o‘simliklarni parvarish qilishardi.
    1891-1903 yillar davomida mablag‘ yo‘qligi sababli bog‘cha bir necha marta yopilgan. Ta’lim-tarbiyaga oid ilg‘or g‘oyalarning ta’siri ostida Toshkentda 1903 yil fevral oyida “Oilaviy ta’lim-tarbiyaviy to‘garagi” tashkil qilindi. To‘garak Harbiy ministrlik va Xalq maorifi tomonidan tasdiqlangan Ustav asosida ish boshladi. U o‘z oldiga quyidagi vazifalarni:
    1. Bolalarga ta’lim-tarbiya berish usullarini rivojlantirish va takomillashtirishda yordam berish;
    1. Pedagoglar bilan ota-onalarni va bolalar tarbiyasi ishini boshqaradigan kishilarni(oila, maktab va bolalar bog‘chasining yagona tarbiyaviy ta’sir etishini belgilash maqsadida) bir-birlariga yaqinlashtirishni qo‘yadi.


    Bu to‘garakda maktabgacha seksiyasi ham faoliyat ko‘rsatgan. Ta’lim-tarbiya to‘garagi yuzaga kelgunga qadar bolalar bog‘chasining tarbiyaviy ishida muayyan pedagogik tizim yo‘q edi, shu sababli to‘garak a’zolari bolalar tarbiyasi bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilishar edi.Bolalar birinchi marta 4-yoshdan 6-yoshgacha va 6-10 yoshgacha bo‘lgan ikki xil yosh guruhlariga bo‘lindi. Mashg‘ulotlar, o‘yin va ko‘ngil ochishlar programmasi belgilab qo‘yildi. Harakatli o‘yinlar, xor bo‘lib aytiladigan ashula, o‘qish, rasm chizish, loy va plastilindan narsalar yasash, gimnastika mashqlarini reglamentga soladigan jadval tuzildi. Ota-onalarning talabi bilan fransuz va nemis tillari o‘rgatilgan, bu ishlarni mutaxassislar tomonidan tekin amalga oshiriladi.Ta’lim-tarbiya to‘garagi bolalar bog‘chasida tarbiyaviy ish saviyasini oshirishga yordam berdi. Tarbiyaviy ish mazmuniga muayyan tizim, xilma-xil ish shakllari kiritildi. Lekin maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lgan tarbiyachilar bo‘lmaganligi sababli ko‘pincha bog‘cha tarbiyaviy ishining mazmuni betartib amalga oshirilar edi.1903-1914 yillar davri maktabgacha tarbiya sohasidagi ta’lim-tarbiya g‘oyalarining jadal suratda o‘sishi bilan xarakterlanadi. Sirdaryo, Samarqand, Toshkent shahrida bolalar bog‘chalari kabi ayrim bog‘chalar yuzaga keldi.1909-1910 yillarda va keyinchalik xususiy bog‘chalar paydo bo‘ldi: bu bog‘chalarda 6-yoshdan boshlab bolalarni asosan gimnaziyaga o‘qishga tayyorlanar edi. Bunday bolalar bog‘chalari xususiy uylarda ochilar va tamomila ota-onalar ta’minotida bo‘lgan. Ma’lumotga ega bo‘lgan va chet tillarini biladigan o‘qimishli xonimlar tarbiyachi edilar. Ammo mazkur bolalar bog‘chalari faqat badavlat ota-onalarning ehtiyojini qondirgan edi. Davlat tomonidan ijtimoiy bolalar bog‘chalari faqat 1917 yildan keyingina yalpi tarzda tashkil etildi.1917 yil 20 noyabrda Xalq Komissarlari tomonidan “Maktabgacha tarbiya yuzasidan Deklaratsiya” e’lon qilinib, unda: “Bolalarni ijtimoiy tekin tarbiyalash bolaning birinchi tug‘ilgan kunidan boshlanadi” – deyilgan edi.Maktabgacha tarbiya butun xalq maorifi tizimining birinchi bo‘g‘ini va tarkibiy qismi bo‘lib qoldi. 1919 yilda qabul qilingan Davlat dasturlarida xalq maorifi sohasida ijtimoiy tarbiyani yaxshilash va xotin-qizlarni ozod qilish maqsadida maktabgacha ta’lim-tarbiya tarmoqlarini vujudga keltirish haqida fikr yuritildi. Davlatning bu umumuiy siyosiy yo‘li asosida Turkiston ASSR Maorifi Xalq Komissarligi oldida davlat maktabgacha ta’lim-tarbiya tarmoqlarini vujudga keltirish, metodik ko‘rsatmalar ishlab chiqish, kadrlar tayyorlash va b. mas’uliyatli vazifalar paydo bo‘ldi.


    Turkistonda dastlabki davlat bolalar bog‘chalari 1918 yilning ikkinchi yarmida tashkil etila boshlandi. 1918 yil 20 oktyabrda Turkiston Maorif xalq komissarligi qoshida Respublikadagi maktabgacha tarbiya sohasida barcha tadbirlarni amalga oshirish uchun ma’muriy organ sifatida maktabgacha tarbiya bo‘limi tashkil qilindi. Xuddi shu yilda viloyat xalq maorifi bo‘limlarining qoshida maktabgacha tarbiya bo‘limlari tashkil qilingan. Bu tadbir Respublikada maktabgacha tarbiyaning jonlantirishga yordam berdi.
    Maktabgacha tarbiya bo‘limlarining faoliyati uch asosiy yo‘nalishdan:
    1. Bolalar bog‘chalarini ochish, ularni binolar, mebel va jihozlar bilan ta’minlash;


    2. Maktabgacha tarbiya xodimlari, shu jumladan mahalliy, milliy vakillaridan kadrlar tayyorlash;


    3. Ota-onalar o‘rtasida tashviqot tushuntirish ishlarini olib borishdan iborat edi.


    “Maktabgacha tarbiya bo‘limi to‘g‘risi”da Nizom qabul qilindi va unda bo‘lim 3-yoshdan 8-yoshgacha bo‘lgan maktabgacha yoshdagibolalar tarbiya muassasalariga boshchilik qiladi, mavjud muassasalar ishining borishini kuzatadi. Yangi bolalar bog‘chalari, yaslilar, bolalar uylari, maktabgacha yoshdagi bolalar uchun umumiy yotoqxonalar, bolalar yozgi koloniyalari ochildi, bolalar bog‘chalari rahbarlari, enagalar va kadrlar tayyorlash maqsadli kurslari tashkil qilindi.


    O‘zbekistonning tub joy aholisi bolalarini maktabgacha ta’lim tashkilotlariga jalb etish uchun kurash juda murakkab va qiyin sharoitda olib borildi. 1918 yilda Toshkentning sobiq eski shahar qismida o‘zbek bolalari uchun 4 ta bog‘cha ochishga muvaffaq bo‘lindi:
    1-bog‘cha – Shayxontoxur dahasida (Hasanova (mudira), Mahsuma Qoriyeva, Robiya Abdurashidova (tarbiyachi)
    2-bog‘cha – Xo‘ja ko‘chasida (Anvara Yausheva (mudira)
    3-bog‘cha – Ko‘kcha dahasidagi Langar ko‘chada ochilgan
    4-bog‘cha – Beshyog‘och dahasida (Qodirxonov (mudir)
    1920 yilda Turkiston Respublikasida 71 ta bolalar bog‘chasi, shu jumladan, mahalliy aholi bolalari uchun 16 ta bog‘cha va 12 ta bolalar maydonlari tashkil etilib, bulardan 4 tasida o‘zbek va boshqa mahalliy millatlarning bolalari tarbiyalana boshlandi. O‘sha davrda maktabgacha ta’lim-tarbiya tizimida jami 6394 bola tarbiyalanar edi. 1921 yilga kelib bolalar bog‘chalarining soni 105 taga, shu jumladan, mahalliy millatlarning bolalari uchun bog‘chalar 32 taga yetdi. Bolalar bog‘chalarida tarbiyalanuvchilarning soni qariyib 8000 kishiga yetdi, ulardan 2000 dan ko‘prog‘i mahalliy millatlarning farzandlari edi.
    Ulug‘ vatan urush yillarida O‘zbekistonda bolalar bog‘chalari va bolalar maydonchalarining tarmog‘i deyarli ikki barobar kengaydi. 1994 yil 1-yanvariga kelib, maktabgacha ta’lim-tarbiya tizimida 54 ming bola tarbiyalandi. Ana shu maqsad uchun davlat tomonidan 77 million so‘m ajratildi. Bu yillarda O‘zbekistonning bolalar bog‘chalarida ko‘chirib keltirilgan 16.000 dan ko‘proq bolalarni tarbiyalandi. Shuningdek, ota-onasiz qolgan qariyb 400 nafar bolani vasiylikka olish tamoyiliga muvofiq boqib, tarbiyalab katta qilindi.
    Taʼlim sohasini isloh qilish bugun hukumatimiz diqqat eʼtiborida turgan dolzarb sohalardan biri, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Soʻnggi yillarda maktabgacha taʼlim tizimini isloh qilish va rivojlantirishga qaratilgan qonunlar, qarorlar qabul qilinib, amaliyotga joriy etilmoqda. Maktabgacha taʼlim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, bolalarni maktabgacha taʼlim bilan bosqichma-bosqich toʻliq qamrab olishni taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentyabrdagi “Maktabgacha taʼlim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi Farmoni bilan Maktabgacha taʼlim vazirligi tashkil etildi. Bugungi kunda Oʻzbekistonda 14 mingdan ortiq maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyat koʻrsatmoqda. 2019-yilda Maktabgacha taʼlim vazirligi tizimga bolalar qamrovini 52 foizga yetkazdi. 2020-yilda bu koʻrsatkich 59,5 foiz boʻlishi kutilmoqda, shuningdek, 85,2 foiz 6 yoshli bolalarni majburiy 1 yillik taʼlim bilan qamrab olish rejalashtirilgan. Maʼlumki, Maktabgacha taʼlim vazirligi tashkil etilmasdan avval tizimda zamonaviy dasturlar joriy etilmagan, bolalarni maktabga tayyorlash boʻyicha muqobil, moslashuvchan modellar yetarli darajada rivojlanmagan. Taraqqiy etgan mamlakatlardagi kabi bolalarni ijtimoiy, shaxsiy, hissiy, nutqiy, matematik, jismoniy va ijodiy rivojlantirish, atrof-muhit bilan tanishuvga yoʻnaltirilgan maxsus davlat taʼlim dasturlari tatbiq qilinmagan edi. Davlat maktabgacha taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarning aksariyati oʻrta maxsus maʼlumotga ega boʻlib, bolalarni maktab taʼlimiga talab darajasida tayyorlash imkonini bermas edi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori misolida koʻrsak, mazkur konsepsiya maktabgacha taʼlim tizimini yana-da takomillashtirish, bolalarning sifatli maktabgacha taʼlimdan teng foydalanishini taʼminlash, maktabgacha taʼlim xizmatlarini rivojlantirish, bir soʻz bilan aytganda, maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirishning maqsadli vazifalarini qamrab olgan boʻlib, jarayonning ustuvorliklari va bosqichlarini belgilab beradi. Konsepsiya tasdiqlangandan soʻng oʻtgan bir yildan ortiq vaqt mobaynida maktabgacha taʼlim tizimida yangi Qonun qabul qilindi, yangi loyihalar, islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan, 2019-yilda “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. Mazkur Qonunda maktabgacha taʼlim va tarbiyaning asosiy tamoyillari, ushbu sohadagi davlat siyosati yoʻnalishlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, egaligida maktabgacha taʼlim tashkilotlari boʻlgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari belgilangan.Qayd etilgan Konsepsiyada 2030-yilgacha 3-7 yoshdagi bolalarning 80,8 foizini maktabgacha taʼlim bilan qamrab olinishining taʼminlanishi koʻzda tutilgan. Xususan, 2020-yilda yangi maktabgacha taʼlim tashkilotlari binolarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish, bir paytlar bogʻcha boʻlgan binolarni qayta Maktabgacha taʼlim vazirligi hisobiga qaytarish, maktabgacha taʼlimning muqobil shakllarini joriy etish kabi chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.2020-yilgi dasturlarga muvofiq 18 ta obyekt qurib bitkazilishi, 129 ta boʻsh inshoot foydalanishga topshirilishi va 261 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti taʼmirlanishi rejalashtirilgan. Bu esa qoʻshimcha yangi 32,7 ming oʻrinlarni yaratadi. Maktabgacha taʼlimda xususiy sektorni ragʻbatlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shu tariqa, 2018-2019-yillarda Maktabgacha taʼlim vazirligi umumiy qiymati 3,89 trln. soʻmga teng Davlat-xususiy sheriklik haqidagi shartnomalarni imzoladi (ulardan 1,1 trln. soʻmi tadbirkorlar hisobidan ajratilgan boʻlsa, 2,8 trln. soʻmi - imtiyozli kreditlar hisobiga toʻgʻri keldi). Foydalanishga topshirilishi kutilayotgan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari quvvati 147,9 ming oʻringa teng. 2020-yilda yana 2 mingta oilaviy va 420 ta davlat-xususiy sheriklik doirasidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari ochilishi rejalashtirilgan.Maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun pedagog va boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va salohiyatini oshirish borasida ham ijobiy oʻzgarishlar kuzatilmoqda.Maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish ham Konsepsiyaning asosiy yoʻnalishlaridan biridir. Mazkur tizimda innovatsiyalarni, ilgʻor pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish maqsadida maktabgacha taʼlim tashkilotlarini kompyuterlar bilan taʼminlash, internet tarmogʻiga ulanishi bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.Maktabgacha taʼlimda tarbiya samaradorligini oshirish yuzasidan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiyada axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni yana-da takomillashtirish mavzusida tuman (shahar) Maktabgacha taʼlim boʻlimlari tomonidan oʻquv-seminarlar, tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Ushbu tadbirlarda “OPEN EMIS” tizimidagi xato kamchiliklarni tuzatish boʻyicha amaliy koʻnikmalar berilmoqda.
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-apreldagi “15-may –Xalqaro oila kuni”ni keng nishonlash va “Yangi O‘zbekistonning ibratli oilasi” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risida”gi 13-son majlis bayoniga ko‘ra,maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida “Oilam uchun men o‘z qo‘lim bilan tayyorlagan sovg‘am” nomli qo‘l mehnati ishlari tanlovini o‘tkazish va g‘oliblarni taqdirlash vazifasi belgilangan edi.
    Vazirlik rahbariyati “Oilam uchun men o‘z qo‘lim bilan tayyorlagan sovg‘am” tanlovi g‘oliblarini taqdirladi. Maktabgacha ta’lim agentligida, Toshkent shahridagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 15-may “Xalqaro oila kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan “Oilam uchun men o‘z qo‘lim bilan tayyorlagan sovg‘am” nomli tanlovning g‘oliblari taqdirlanib, ularning qo‘l mehnati ishlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.Ushbu tadbirda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri X.Umarova va O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari – Maktabgacha ta’lim agentligi direktori A.Shin ishtirok etishib, tanlovda g‘olib bo‘lgan jami 36 nafar tarbiyalanuvchilarni ota-onalari bilan birgalikda taqdirlashdi.Gʻoliblarni taqdirlash jarayonida, O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri X.Umarova tomonidan bu kabi tanlov va ko‘rgazmalarning maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tashkil etilishi, ilk bolalik yoshidanoq oila muqaddas dargoh ekanligini singdirib borilishida xizmat qilishi ta’kidlandi. Vazir X.Umarova o‘z nutqida Sharq dunyosida oila qadimdan muqaddas dargoh sifatida qadrlanganligi, oilada vatanga sadoqat, ota-onaga oqibat, oila a’zolari o‘rtasida o‘zaro hurmat, mehr-muruvvat omillari o‘sib kelayotgan yosh avlod ongiga singdirilib, oiladagi ma’naviy muhitni barqarorlashtirishga, ularning jamiyat oldidagi mas’uliyatini kuchaytirishga xizmat qilishi haqida ma’lum qildi va tanlov g‘oliblarini tabrikladi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari – Maktabgacha ta’lim agentligi direktori A.Shin tadbirda ishtirok etayotgan ota-onalar hamda tanlov g‘olibi bo‘lgan tarbiyalanuvchilarni tabriklab, o‘z nutqida quyidagilarni ta’kidladi:“Biz bugungi “Oilam uchun men o‘z qo‘lim bilan tayyorlagan sovg‘am” nomli tanlovni hamda qo‘l mehnati ishlari ko‘rgazmasini tashkil etish orqali bolalarda oila, oilada tinch-totuv yashash, o‘zaro mehribonlik, g‘amxo‘rlik haqidagi tushunchalarni mustahkamlashni hamda kelgusida bir birlariga bo‘ladigan munosabatni yaxshilash kabi ko‘nikmalarni rivojlantirishni maqsad qilganmiz.Jamiyatimizda "Oila" so‘zi nafaqat oila ishtirokchilariga, nisbatan balki jamiyatimizdagi kelajak avlodni tarbiyalashda bel bog‘lagan pedagoglar jamoasi, ya’ni biz ishlayotgan dargoh ham bir oiladir, yurtimizdagi barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlari ham bir oiladir.Biz pedagoglar birgalikda bitta oila bo‘lib ushbu tadbirlarni tashkil etayapmiz, ertaga sizu biz tarbiyalayotgan yangi avlodimiz ham o‘z oilalarini tuzishadi va jamiyatimizning ahil oilalaridan biriga aylanishadi. “Oilam uchun men o‘z qo‘lim bilan tayyorlagan sovg‘am” nomli qo‘l mehnati ishlari ko‘rgazmasini tashkil etilishi bilan oilalar va ta’lim tashkilotlarining o‘zaro munosabatlari yanada mustahkamlanishiga erishiladi desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.”Bugungi “Oilam uchun men o‘z qo‘lim bilan tayyorlagan sovg‘am” nomli tadbirda MTT tarbiyalanuvchilari bilan birgalikda ota-onalar ham ishtirok etishdi.“Ushbu tanlovda ishtirok etish uchun tayyorgarlik jarayonida farzandimning qiziqishlari va qobiliyatini yanada ko‘proq angladim, bu kabi oila va maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlik tadbirlaridan xursandman,”-deydi Uchtepa tumani 411-sonli MTT tarbiyalanuvchisi O‘sarova Malikaxonning onasi Amirqulova Dilfuza.



    Download 99,31 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 99,31 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti “Tasdiqlayman”

    Download 99,31 Kb.