II.BOB.MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTIDA TAʼLIM TARBIYA JARAYONINI TASHKIL ETISH




Download 99,31 Kb.
bet6/8
Sana22.02.2024
Hajmi99,31 Kb.
#160906
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 1-kurs 101-guruh talabasi-fayllar.org

II.BOB.MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTIDA TAʼLIM TARBIYA JARAYONINI TASHKIL ETISH.
II.1. Maktabgacha ta’lim tashkilotida rivojlantiruvchi muhit va uning turlari.
Rejalashtirish - ta'lim-tarbiyaviy ishning zarur sharoit, foydalanadigan vosita, ishning usul va metodlarini ko’rsatib, ta'lim-tarbiyaviy ish dasturini amalga oshirish tartibi, izchilligini oldindan aniqlashdir. Rivojlanishning asosiy omili bo’lgan tarbiya jarayonida bilim, aqliy va amaliy malakalar hamda harakat usullarini bola tomonidan egallanishi amalga oshiriladi. Tarbiyaning mazmunini uning maqsadi belgilaydi. Rejalashtirishning maqsadi - «Maktabgacha ta'lim tashkiloti ta'lim-tarbiya dasturi»ning bajarilishini ta'minlashdir. Ta’lim-tarbiyaviv faoliyatni rejalashtirish : bolalar jamoasi va ayrim bolalarni tarbiyalash vazifasini aniqlashga, bolalarni yoshiga ko’ra pedagogik ta'sir mazmunini va usullarini tanlashga, bolalar hayoti, faoliyat turlari, rahbarlik metodlari va shu kabilarni tashkil etishning turli shakllaridan foydalanishga yo’llangan bo’lishi kerak.Maktabgacha ta'lim tashkilotlaridagi ta'lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish murakkab bo’lib, tarbiyachidan bolalarning ruhiy fiziologik taraqqiyot darajasi to’g’risidagi bilimlarni, ta'lim-tarbiya dasturini, ta'lim va tarbiyaning metod va usullarini bilishni taqozo etadi.Reja tarbiyachiga yil bo'yi amalga oshiradigan ta'lim-tarbiya ishlarini bir tekisda taqsimlab, ma'lum izchillik bilan amalga oshirishga yordam beradi.Reja bolalar bilan amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya ishlariga oldindan puxta tayyorgarlik ko’rish metod va usullarni yaxshilab o’ylab olish, kerakli material va jihozlarni tayyorlash imkonini yaratadi. Tarbiyachi rejalashtirgan hamma ishlar har bir bolaning har tomonlama rivojlanishini ta'minlashi lozim. Shu bilan birga reja qotib qolgan narsa bo’lmay, vaziyatdan kelib chiqib, unga o’zgarishlar kiritish mumkin. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘quv-tаrbiyaviy jаrаyon «O’zbеkistоn Rеspublikаsining ilk vа mаktаbgаchа yoshdаgi bоlаlаr rivоjlаnishigа qo’yilgаn dаvlаt tаlаblаri» аsоsidа аmаlgа оshirilаdi.Mаktаbgаchа tа’lim tаshkilоtidа o’quv-tаrbiyaviy jаrаyon o’quv yili bo’yichа tаshkil qilаdi. O’quv yili 2 sеntyabrdа bоshlаnаdi vа 31 mаygаchа dаvоm etаdi.1 iyundаn 31 аvgustgаchа MTTdа yozgi sоg’lоmlаshtirish dаvri tаshkil etilаdi. O’quv-tаrbiyaviy jаrаyonni rеjаlаshtirish. O’quv-tаrbiyaviy jаrаyon guruhning kundаlik ish tаrtibigа tаyanаdi vа undа pеdаgоg tоmоnidаn rеjаlаshtirilgаn kundаlik hаrаkаtlаr, bоlаlаr o’yinlаri, bo’sh vаqt vа o’quv-tаrbiyaviy fаоliyat turlаri nаvbаtmа-nаvbаt аmаlgа оshirilаdi. O’quv-tаrbiyaviy jаrаyon tа’lim vа ijtimоiy ehtiyojlаr (sаlоmаtlik, оvqаtlаnish vа хаvfsizlik)ni qоndirish mаqsаdidа bоlаning yoshi vа individuаl rivоjigа аsоslаnuvchi o’quv rеjаgа muvоfiq оlib bоrilаdi. O’quv-tаrbiyaviy jаrаyon bоlа hаyoti vа uning аtrоfidаgi muhitdаn kеlib chiquvchi yagоnа bir butun mаvzugа birlаshtirilаdi.O’quv-tаrbiyaviy jаrаyonni rеjаlаshtirish tа’lim shаrоitlаrigа bоg’liq hоldа intеgrаsiya, хilmа-хillik vа mоslаshuvchаnlik tаmоyillаridаn tаrkib tоpаdi. O’quv-tаrbiyaviy jаrаyondа quyidаgi rеjаlаshtirish turlаri qo’llаnilаdi:- yillik mаvzuviy - hаftаlik Rеjаlаshtirishdа tа’lim jаrаyonining mаvzusi, mаqsаdlаri, mаzmuni vа turlаri yoritilаdi. Jаrаyon turlаrini tаnlаshdа nаfаqаt o’quv-tаrbiyaviy jаrаyonning umumiy mаqsаdlаri, bаlki rivоjlаnish sоhаlаri bo’yichа mаqsаdlаr, fаоliyat mаzmuni vа turlаrini intеgrаsiyalаsh hаm hisоbgа оlinаdi. Rеjаlаshtirishdа kun tаrtibini hisоbgа оlish zаrur. Kun tаrtibi ish sur’аtini bеlgilаydi vа bоlаgа bir fаоliyatdаn bоshqаsigа оsоn o’tishdа yordаm bеrishi lоzim. Shuni yoddа tutish jоizki, o’yin mаktаbgаchа yoshdаgi bоlаlаrning аsоsiy fаоliyati hisоblаnаdi. Kun tаrtibini tuzishdа kunduzgi uyqu, dаm оlish vаqti vа sаyrgа chiqish vаqti hisоbgа оlinаdi.Yillik mаvzuviy rеja. Yillik mavzuli rejada har bir yosh guruhi uchun oy mavzulari va hafta mavzulari aks ettiriladi. Maktabgacha ta‘lim tashkiloti hudud yoki boshqa xususiyatlarni hisobga olgan holda o’zining yillik mavzuli rejasini tuzishga haqli. Mazkur mavzuli reja maktabgacha ta‘lim tashkilotining ―Pedagogik kengashi‖da tasdiqlanadi.Haftalik reja.Haftalik reja yillik mavzuli rejalashtirishga asoslanadi va haftaning kichik mavzulari bo’yicha o’tkaziladigan jarayonlarni o’z ichiga oladi. Mavzuli rejalashtirish barcha rivojlanish sohalari bo’yicha maqsadlarni belgilash, tegishli markazlarni tayyorlash, mashg’ulotlarni hafta mavzusiga mos ravishda taqsimlashga yo’naltiriladi. Hafta mavzusi barcha erkin faoliyat markazlari orqali o’tishi lozim. Haftalik rejada guruhdagi va sayr vaqtidagi ta‘limiy va harakatli o’yinlar rejalashtiriladi. Bolalar bilan olib boriladigan ishning mazmuni va izchilligi faoliyat turi (faol faoliyat/passiv faoliyat; individual faoliyat/kichik guruhda katta guruhda; tarbiyachi rahbarligi ostida o’tadigan faoliyat/bola rahbarligi ostida o’tadigan faoliyat) va uni o’tkazish joyi (xona ichidagi faoliyat/maydonchadagi faoliyat)ni hisobga olgan holda rejalashtirilishi kerak. Haftalik reja xilma-xil va moslashuvchan bo’lishi lozim. Boshqacha aytganda, ob-havo o’zgarishi va bolaning qiziquvchanligini hisobga olgan holda rejalashtirilayotgan faoliyat boshqasiga almashtirilishi yoki faollik vaqti biroz ko’proq yoxud kamroq vaqtga mo’ljallanishi mumkin. Masalan, agar tarbiyachi bahorgi gullagan boqqa borishni rejalashtirgan bo’lsa-yu, ob-havo juda yomg’irli bo’lsa, bu tadbirni xonada o’tkazishning imkoni bo’lgan boshqa tadbirga almashtirishi mumkin. Haftalik reja — bu tarbiyachining ish jurnali va mashg’ulotlar ishlanmasidan iborat. Maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida ta‘lim jarayonini mavzuli rejalashtirishda tarbiyachilar Maktabgacha ta‘lim vazirligi tomonidan har bir yosh guruh uchun ishlab chiqilgan “MTTda ta’lim jarayonini mavzuli rejalashtirish” metodik qo‘llanmalaridan samarali foydalanib kelmoqda.“Maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida ta‘lim jarayonini mavzuli rejalashtirish” metodik qo‘llanma davlat va nodavlat maktabgacha ta‘lim tashkilotlari pedagoglari, ota-onalar, shuningdek, ushbu soha bilan qiziquvchi barcha mutaxassislarga mo‘ljallangan. “Maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida ta‘lim jarayonini mavzuli rejalashtirish” metodik qo’llanmalarda bolalar bilan tashkil etiladigan rivojlanish markazlaridagi erkin faoliyat jarayonlari ishlanmalari bayon qilingan. Maktabgacha ta‘lim tashkilotlarining barcha guruhlari uchun mo’ljallangan ta‘limiy-tarbiyaviy faoliyatni mavzuli rejalashtirish tarbiyachilarga yordam sifatida ishlab chiqildi. Maktabgacha ta‘lim tizimida pedagog tomonidan ta‘limiy-tarbiyaviy faoliyatni rejalashtirishda ta‘limni rivojlantirish vazifasi ilgari qo’yiladi va bunda bolaning o’ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda bola shaxsiga yo’naltirilgan ta‘limni tashkillashtirish zamonaviy maktabgacha ta‘lim-tarbiyaning konsepsiyasi hisoblanadi. Barcha guruhlardagi ta‘limiy-tarbiyaviy jarayon “Ilk qadam” Davlat o’quv dasturida tavsiya etilgan mavzular asosida hududiy, milliy, madaniy xususiyatlar va bu jarayonda maktabgacha ta‘lim tashkilotining imkoniyati va o’ziga xos tomonlarini hisobga olgan holda tashkil etiladi. Bir hafta davomidagi mashg’ulotlarda bitta mavzu o’tiladi va o’zlashtiriladi. Mavzu umumiy guruh va rivojlanish markazlarida olib boriladigan faoliyatlarda o’z aksini topadi. Ta‘lim jarayonining asosiy mavzusini tanlash, albatta, bolalarning barcha faoliyati bu mavzuga bag’ishlangan bo’lishi kerak, degani emas. Ya‘ni markazlarlardagi faoliyat mavzularini oy va hafta mavzulari va umumiy maqsaddan chetlashmagan holda o’zgartirish va boyitish tavsiya etiladi. Mavzuning asosiy muddatlarga taqsimlashdan maqsad – ta‘lim jarayonini integratsiyalashtirish va bolalar faoliyatini ta‘lim sohalari bo’yicha asossiz taqsimlanishining oldini olishdan iborat.Ta‘lim faoliyati mazmunini mavzuli rejalashtirish quyidagi ta‘lim sohalarini o’z ichiga oladi:
• jismoniy rivojlanish va sog’lom turmush tarzining shakllanishi
• ijtimoiy-hissiy rivojlanish
• nutq, muloqot, o’qish va yozish malakalar
• bilish jarayonining rivojlanishi
• ijodiy rivojlanish.
Turli yosh guruhlаridа o’zаrо bоg’liq o’хshаsh mаvzulаrni kiritilishi ulаrning individuаl imkоniyatlаrigа muvоfiq uyg’un rivоjlаnish vа butun mаktаbgаchа yosh dаvrining turli guruhlаridа bоlаlаrni rivоjlаntirishdа o’quv mаqsаdlаri birligini vа uzluksizligini tа’minlаsh оrqаli tа’limiy mаqsаdgа erishilishigа оlib kеlаdi.
Kichik gurux bilan ishlash, yaʼni markazlarda ishlash .
Markazlarda ishlash bugun tarbiyachilarimiz uchun qiyinchilik tugʼdirmoqda. Frontal mashgʼulot uchun 2 dona koʼrgazmali qurol tayyorlagan tarbiyachi bugun 3ta yoki 5 ta markaz uchun oʼnlab, yaʼni oʼyinlar, oʼyinchoqlar, koʼrgazmali, tarqatma materiallar tayyorlashiga toʼgʼri kelmoqda. Markazlarda – kichik guruxlarda ishlash bolalarga erkinlik berishi bilan farq qiladi. Ular oʼzlari guruxdagi muammolarni yechishga harakat qiladilar. Tafakkur rivojlanadi, nutq rivojlanadi, muloqotga kirishuvchanlik boʼladi.Yakka ishlash, yaʼni alohida bola bilan ishlash. Bu taʼlim turi rivojlanishida psixologik, jismoniy, aqliy tomondan oʼz doʼstlaridan orqada qolayotgan bolalar uchun moʼljallangan boʼlib, ular guruxda koʼp emas. Ularga alohida mehr berish, doʼstlariga yetib olish uchun yordam berish maqsadini koʼzlaydi. Bu taʼlim turi tarbiyachidan eʼtiborlilikni, mehrni talab etadi. Qaysi bolani orqada qolayotganligi tarbiyachining kuzatuvlari, taxlillari asosida aniqlanadi. Va bola bilan muntazam shugʼullaniladi. Na faqat bola bilan ,uning ota-onasi bilan ham hamkorlik yoʼlga qoʼyiladi. Umumiy gurux bilan ishlash, yaʼni frontal mashgʼulotlar Аniq jadval asosida,bitta mavzuga qaratilgan, guruhdagi barcha bolalar bilan birga oʼtkaziladigan taʼlim jarayonidir. Ushbu taʼlim jarayoni yillar davomida oʼz natijalariniberib kelgan. Lekin bolalar erkin fikrlarini doim ham beraolmaganlar. Ular bermoqchi boʼlgan fikrlarni “aʼlochi”bolalar juda tezlikda berib qoʼyganlar, natijada ular mavzuni bilsalarda javob berolmay qolganlar. Umumiy guruxda ishlashda tarbiyachi mavzuni yoritishda oʼyinlardan, tasviriy faoliyatdan, badiiy oʼqishlardan foydalanishi mumkin, lekin barcha bolalarni muloqotga jalb qila olmaydi. Tarbiyachi oʼtayotgan mashgʼulot oʼqituvchining darsiga oʼhshab qoladi va bolalarni zerikishga olib keladi. Frontal mashgʼulotlar markazlardagi faoliyatlarni kuzatish asosida kelib chiqadi. Masalan matematikaning qismlari quyidagilar : son-sanoq, ranglar, geometrik shakllar, fazoviy tushunchalar, vaqt. Mana shu 5 ta qismni "Qurish-yasash va konstruktsiyalash + matematika " markazida bolalar faoliyati davomida kuzatish mumkin. Bolalar markazda nimaga koʼproq eʼtibor bermoqdalar. Masalan ranglar haqida bolalar tinmay gapiradilar,(qizil kubikni ber, yashilni bu yerga qoʼy . man oqini tanladim kabi jumlalar bilan), geometrik shakllar haqida ham shunday, toʼrtburchaklarni menga ber, meni uyim kvadrat, menga oval shaklini ber, doirani mana bu joyga qoʼy kabilar),markazdagi oʼyinchoqlar, oʼyinlar asosida bola son sanoq bilan ham ishlaydi. Predmetlarni sanaydi, orqaga ham sanaydi.Ularni oʼrnini almashtiradi, juft sonlarni alohida toq sonlarni alohida qilib ham joylashtiradi. Fazoviy tushunchalar, arifmetik masalalarni yechish,vaqt haqidagi tushunchalar markazda koʼp foydalanilmasligi mumkin. Matematikaning aynan mana shu qismlari tarbiyachi tomonidan ijod qilinadi va frontal mashgʼulot ishlanmasi tuzib chiqiladi. Qanchalik markazga koʼp oʼyin, koʼrgazmali qurol va oʼyinchoqlar qoʼyilsa bola markazni oʼzida rivojlanadi. Huddi shunday nutq oʼstirish mashgʼulotida ham. Maktabga tayyorlov guruxlarida asosan hikoyalar tuzish orqali bolaning nutqini rivojlantirishga qaratiladi. Yaʼni hikoya tuzishning mavzuli rasmlar asosida hikoya tuzish, ertaklarni qayta hikoya qilish, predmetga qarab hikoya tuzish, tasavvuri asosida hikoya tuzish va ijodiy hikoya turlari mavjud. Mana shunday hikoyalar tuzish uchun bizda mazmunli, mavzuli rasmlar, ertaklardan parchalar tasvirlangan suratlar, pedmetlar tasvirlangan kartochkalar va koʼplab jihozlar borki ularni koʼrib bolaning nutqi rivojlanadi. Demak nutq rivojlanayotgan ekan bolada soʼz tuzilishlari, boʼgʼinlar, soʼzlarning maʼnosi, sodda gaplar, 3-4 toʼrta soʼzdan iborat qoʼshma gaplarni tuzishga oʼrgatish tarbiyachiga frontal mashgʼulot uchun qolmoqda. Savodga oʼrgatish frontal mashgʼulot. Lekin "Til va nutq markaz"ini ham harfli kartochkalar, bolalarga tanish boʼlgan soʼzlar, ertak qahramonlarining nomlari yozilgan kichik plakatlarni qoʼyish, doskalarga bolalarga tanish boʼlgan xarflarni yozib qoʼyish orqali boyitiladi , ham savodga tayyorlanadi. Bola doskaning oldiga kelib oʼz xolicha oʼqiy boshlaydi, harflarni tanimasa ham. Bu bolada oʼqishga qiziqish borligidan dalolatdir.
Аnʼanaviy mashgulot. Аnʼanaviy mashgʻulotda tarbiyachi mavzuni toʼgʼridan toʼgʼri yoritadi.Masalan jis.tarbiya mashgʼulotida 1 qism kirish qismi boʼlib,unda bolalar bilan yurish,yugurish turlari mashq qilinadi, umumgavdani rivojlantiruvchi mashqlar, saflanish va qayta saflanish bajariladi. Bolalar zvenolarga boʼlinib, 2- qismga oʼtiladi. Bu qismda asosiy xarakat turlari masalan uzunlikka sakrash, muvozanatni saqlab yurish va uloqtirish harakatlarini bajarish rejaga olingan boʼlishi mumkin. Uzunlikka sakrash bilim beruvchi, keyingi ikkita xarakat mustaxkamlanishi kerak boʼlgan harakatlar hisoblanadi. 3 ta zvenoga boʼlingan bolalar yuqoridagi harakatlarni ketma ketlikda bajaradilar. Uzunlikka sakrash yangi mavzu boʼlgani uchun jis.tar. yoʼriqchisi oʼzi 1- zveno bn shugullanadi. Keyingi ikkita harakatning bajarilishini 2 ta zvenoda tarbiyachi va tarbiyachi yerdamchisi bolalarga bajarishda yordam beradilar. Xarakatlarni bajarish almashinadi, toki har bir bola bugungi mashgulotda oʼrgatilayotgan xarakat turlarini bajarib boʼlmaguncha. Аsosiy xarakat turlari bajarib boʼlingandan soʼng, harakatli oʼyin oʼynatiladi. Harakatli oʼyin bilim beruvchi xarakatni mustaxkamlashga qaratiladi.Bu mashgulotda uzunlikka sakrash xarakatini mustaxkamlovchi "Boʼri xandaqda" oʼyinini olish mumkin.Bolalar bn oʼyin oʼynaladi va 3- qismga oʼtiladi. Bu qismning asosiy maqsadi bolalardagi energiyani pasaytirishga , ularni tinchlantirishga qaratiladi,yaʼni tinch oʼyinlar ,yoki nafas rostlash mashqlari bajariladi.
Noanʼanaviy mashgʻulot. Endi noanʼanaviy mashgulot qanday tuzilishi xaqida tavsiyalar beraman. Yana yuqoridagi mavzuni olamiz va uni noanʼanviyga aylantiramiz. Bollalar diqqatini jalb qilgan xolda mashgʼulotni oʼyin tarzida boshlaymiz.Bolarga oʼrmonga borish taklif etiladi, Аlbatta bolalar rozi boʼlishadi,buning uchun sayxat mashgulot uchun kerakli dekoraktsiya oldindan tayerlanadi,yaʼni oʼrmon manzarasi, uzunlikka sakrash uchun bola yeshiga mos boʼlgan kenglikdagi koʼlmak, muvozanat saqlab yurish xarakati uchun arqon yeki skameyka, uloqtirish uchun qormi, qumli xaltachami va xakazodan foydalanish mumkin. Jis. tar. yoʼriqchisi oʼrmonni sayr qilishni boshlaydi. Oldilaridan quencha chiqishi mumkin. U judayam nimjon va qoʼrqoqligi xaqida gapiradi. Yoʼriqchi unga umumgavdani rivojlantiruvchi mashqlar bajarsa soglom va baquvvat boʼlishini tushuntiradi va bolalar bn birga mashqlar bajarishga taklif etadi. Bolalar oʼzlari bilmagan xolda oʼyin jarayoniga kira boshlaydilar, Yurish ,yugurish turlari mashq qiladilar , quenning turli qiliqlaridan quvongan xolda saflanadilar va rivojlantiruvchi mashqlarni bajaradilar.Quen uyini topaolmayotganini aytadi. Bolalar unga yerdam berishadi. Yoʼlda koʼlmakka kelib qoladilar ,koʼlmakdan oʼtish uchun uzunlikka sakrash harakatini bajaradilar. Bu yerda ham asosiy xarakat turini bajarish oʼyinga aylandi.Ular yana yoʼlda davom etadilar. Yoʼllaridan jarlik va unga qoʼyilgan koʼprik chiqadi,koʼprik ingichka boʼlgani uchun qaddilarini tik tutib, muvozanatni saqlagan xolda oʼtish kerakli takidlanadi. Bolalar koʼprikdan oʼtib, quyonning uyiga yaqinlashadilar. Quyon ularga raxmat aytadi va sabzilarini terishda ham yerdam berishlarini soʼraydi. Bolalar ekilgan sabzilarni yerdan sugʼurib quyonchaning savatlariga uloqtirish yoʼli bilan joylab beradilar. Xursand boʼlgan quyoncha bolalar bilan xarakatli oʼyin oʼynaydi. Bolalar quyon bilan xayrlashib orqaga qaytishadi. Qaytishda koʼprikdan oʼtish, koʼlmakdan sakrash xarakatlari yana bir bor mashq qilishlari mumkin. Mana bu sizga noanʼanviy mashgulot. Sezgan boʼlsangiz anʼanviy mashgulotdagi vazifalar obrazlar kiritish orqali oʼyinga, saxna koʼrinishiga aylandi. Аlbatta bunday mashgulot davomida bolalar kayfiyati koʼtariladi. Va bilim olish osonroq kechadi.
Mujassam mashgʻulot. 3-turdagi mashgulotimiz mujassam mashgulot boʼlib, noanʼanaviy mashgulotimizga badiiy adabiyot, matematika, nutq oʼstirish, tasviriy faoliyat, tevarak atrof, tabiat bn tanishtirish, musiqa mashgulotlarini kiritsak u mujassam mashgulotga aylanadi.
Yaʼni qoʼrqoq va nimjon quyonchani koʼrganda uni kayftyatini koʼtruvchi sheʼr yeki ashula aytish, raqsga tushish mumkin. Koʼprikdan oʼtayotganda jarlik, koʼpriklar haqida tushuncha berish. Uloqtirish xarakatini bajarayotganda yigilgan sabzilarni sanash, yoki ajoyib oʼrmonni tasvirlovchi rasm,eki applikatsiya ishini jamoa bilan yaratib quyonga sovgʼa qilish orqali mashgʼulotni yakunlash mumkin. Bu yerda ham asosiy maqsad harakat turlarini bajarish, lekin unga erishishda boshqa mashgulotlardan ham foydalaniladi.
Mashgulot tuzish tartibi:
1. Mashgʻulot mavzusi
2. Mashgulotning maqsadi
3. Mashgʻulot uchun kerakli jixozlar
4. Mashgʻulotning borishi:
kirish qismi
asosiy qism
yakuniy qism
Frontal mashgʼulotlarimiz 3ta (nutq oʼstirish, matematika, savodga oʼrgatish) bu mashgʼulotlarni tarbiyachi oʼtadi. MTT pedagog mutaxassislari tomonidan oʼtiladigan mashgʼulotlar: Bular musiqa mashgʼuloti 2ta, jismoniy tarbiya mashgʼuloti 2ta, ingliz tili mashgʼuloti 2 ta, rus tili, ingliz yoki oʼzbek tili mashgʼuloti 2 ta. Katta va tayyorlov guruhlarida markazlarda ishlashdan tashqari 2 yoki 3 ta frontal mashgʼulotlar rejalashtirilgan. Tasviriy faoliyat, tabiat va tevarak atrof bilan tanishtirish mashgʼulot sifatida olinmaydi. Chunki ular kun davomida bolalarga berib boriladigan bilimlar.Mashgʼulotlarni rejalashtirganda albatta pedagog mutaxasislarning boshqa guruhlardagi mashgʼulotlarini ham inobatga olish kerak. Bir vaqtning oʼzida 2 ta guruhda 1 ta mutaxassisga mashgʼulot qoʼyilmaydi. Tarbiyachining ish daftarida haftaning 5 ta kuni uchun 1 tadan mashgʼulot grafalari berilgan. Bu joyga tarbiyachi faqat oʼziga tegishli boʼlgan frontal mashgʼulotni yozadi. Joy qolsa 2, 3 mashgʼulotlarning nomini koʼrsatib oʼtadi(masalan jis.tarbiya, musiqa).Mutaxassislarning oʼz ish rejasi boʼlganligi sababli tarbiyachi uning ish rejasini koʼchirishga majbur emas.Аgar rejalashtirilgan, oldindan yozib qoʼyilgan frontal mashgʼulotlarda, sayr, kunning ikkinchi yarmida oʼzgarishlar boʼlsa, ularni “faoliyatlardagi oʼzgarishlarʼʼgrafasida kuzatiladi.Bolalar mashg’ulotga qiziqib qatnashishlari va unda faol ishtirok etishlari uchun uning mazmuni va metodikasi yaxshilab puxta o’ylanib olinishi kerak. Bolalar o’quv faoliyatini qanchalik puxta egallab olsalar, tarbiyachining e`tibor bilan tinglab, o’yindan mashg’ulotga osonlik bilan o’tadilar.Mashg’ulot muvaffaqiyatli o’tishi uchun bolalar oldida turgan faoliyatga qiziqish uyg’otishi, buning uchun bolalarning yoshi, qiziqishi, faoliyatiga mos har xil usullarni qo’llashi kerak. Kichik guruh bolalarida mashg’ulotga qiziqish uyg’otish uchun bolalarni qiziqtiradigan mazmundagi, kutilmagan, topishmoqli usullardan foydalanadi. «Kuloq solinglar-chi, kimdir eshik qoqyapti! Bu qo’g’irchoq biznikiga mehmonga kelibdi», - deb mashg’ulotni boshlash mumkin. Bolalarning narsalar va ularning nimaga ishlatilishi to’g’risidagi tasavvurini tartibga soluvchi mashg’ulot mana shunday boshlanadi. Katta guruhlarda qanday mashg’ulot bo’lishini tarbiyachi bolalarga oldindan aytib qo’yadi. Bu bolalarning bo’lajak mashg’ulotga qiziqishini orttiradi. Masalan, mustaqillik maydoniga ekskursiyaga borishni bolalarga bir hafta oldin aytib o’tadi va ularga rasmlarni ko’rishni, ota-onasi bilan sayr qilganda nimalarni ko’rganini eslashni taqlif etadi. Bolalar bu kunni zo’r qiziqish bilan kutishadi.Katta va tayyorlov guruhlaridagi bolalar mashg’ulotning zarurligi va majburiyligini tushunishlari, unga ongli ravishda tayyorlanishlari zarur. Asosiy qism. Mashg’ulotda bolalarga yangi bilim beriladi, topshiriqni bajarish yuzasidan yo’l-yo’riq, ko’rsatiladi, qiynalgan bolalarga yordam beriladi. Bolalar bilan bo’ladigan jamoachilik munosabatlarini alohida munosabat bilan qo’shib olib boriladi. Topshiriqni bajarishni hamma bolalar uddalay olishlari uchun tarbiyachi har xil metod va usullarni qo’llaydi.
Mashg’ulotning boshlanishidanoq bolalarning diqqatini tashkil eta bilish kerak. Bu bolalar oldiga qo’yilgan aqliy vazifaga bog’liq. Bolalarga qanday ishlar olib borish zarurligi ko’rsatiladi va tushuntiriladi, ularni ayrim bolalarga alohida takrorlash shart emas, balki hamma bolalarni e`tibor bilan eshitib o’tirishga o’rgatish kerak, zarurat tug’ilsagina takrorlash mumkin. MTTda bolalar o’qish, yozishni bilmaganlari uchun o’tilgan materialni qaytarib mustahkamlay olmaydilar, shuning uchun bolalarga berilgan bilimni mustahkamlash uchun tarbiyachi takrorlash va mashq qildirish usullaridan foydalanadi. Mexanik qaytarish, yodlatishdan qochish kerak, chunki anglab olinmagan material tezda esdan chiqadi. Qaytarish, mashq qildirishda tarbiyachi fikrlarni to’ldirib, tartibga solib boradi, bu bolalarda bilimga qiziqish uyg’otadi va shu narsa to’g’risidagi tasavvur va tushunchalarini chuqurlashtiradi. Mashg’ulotni dastur maqsadi va bolalar yoshiga qarab mustahkamlashning har xil usullari qo’llaniladi. Bolalar o’zlashtirib olishi va javob qilishi kerak bo’lgan material so’z orqali amalga oshiriladi. Shuning uchun u yoki bu ishni bajarishda bolalardan uni qanday amalga oshirmoqchi ekanini so’z bilan tushuntirib berish talab etiladi. Mustahkamlash jarayonida didaktik material bilan bajariladigan mashq aqliy vazifani o’z ichiga olsa, bolalarda mustaqillikni tarbiyalashda katta ahamiyatga ega bo’ladi. Masalan, matematika mashg’ulotida bolalar sanash material bilan o’zlari mashqlarni mustaqil bajarishadi: tarbiyachining topshirig’iga qarab narsalar sonini kamaytirishadi yoki ko’paytirishadi. Buning uchun o’yinchoqlardan ham foydalanish mumkin.
Mashg’ulot davomida pedagog hamma bolalar faol qatnashishini va ishni o’z vaqtida puxta amalga oshirishlarini nazorat qilib boradi. Mashg’ulotni tugatayotib, tarbiyachi o’tkazilgan mashg’ulotga yakun yasaydi: bajarilgan ishni bolalar bilan birgalikda baholaydi, bolalarning mashg’ulotda qatnashganini gapiradi, ba`zan kelgusi mashg’ulotda nimalar o’tishlarini aytadi. Bolalarning o’quv faoliyatini yaxshi egallab olishlari ular bilimini to’g’ri baholashga bog’liq. Qo’yilgan vazifaning bajarilishiga qarab baho berilishi kerak. Bolaning ishini to’g’ri baholab, «to’g’ri» yoki «noto’g’ri» deyish bola uchun oddiy maqtovdan ancha qimmatlidir.
Ish qanchalik yaxshi tahlil qilinsa, u bolaning kelgusida ishini tuzatib olishiga yaxshiroq imkoniyat yaratadi. Mashg’ulotdan keyin tarbiyachi bolalarni bilimlarni mustahkamlash uchun rivojlantiruvchi markazlarga taklif etadi, so’ng sayrga tayyorlanishadi. Mashg’ulotda tarbiyachining bolalarga qo’yadigan talabi ularning yoshi va imkoniyatlariga mos bo’lishi kerak. Tarbiyachi mashg’ulot paytida hamma bolalarning faol qatnashishlariga harakat qiladi: savolga to’g’ri javob berishlarini, tayyorlanishi kerak bo’lgan jihozlar, bolalar bilan olib boriladigan dastlabki ishlar (agar bunga zarurat bo’lsa), mashg’ulotning borishi va tarbiyachi foydalanadigan metodik usullar ko’rsatiladi. Mashg’ulot jarayonini bayon etib yozishda mashg’ulotning boshi va oxirida (yakun chiqarish va keyingi faoliyat turiga o’tishda(mujassam)) bolalarni uyushtirishni alohida ajratib ko’rsatish kerak.
Mashg’ulot muvaffaqiyatli o’tishi uchun ko’rgazmali va tarqatma jihozlarni o’z vaqtida tayyorlash zarur. Ularni tanlash mashg’ulotning mazmuniga va tarbiyachi belgilagan metodik usullarga bog’liq. tarbiyachi mashg’ulot uchun kerakli materiallarni bir kun ilgari tayyorlaydi, uning buzuq emasligini, didaktik materiallar hamma bolalar uchun etarli ekanligini tekshiradi.
Navbatchilar mashg’ulotga kerakli jihozlarni tayyorlaydilar, stol, stullarni qulay qilib joylashtiradilar, qo’llanma va, materiallarni qo’yib chiqadilar. Jismoniy tarbiya va musiqa mashg’ulotlaridan oldin bolalar poyafzalni almashtiradilar, sport formasini kiyadilar. Mashg’ulotlarda tarbiyachining etakchilik roli va uni o’tkazishga tayyorgarligi. Tarbiyachi MTTda asosiy shaxs hisoblanadi. Butun g’oyaviy-tarbiyaviy ishlarning sifati va qolaversa, kelajak avlodni tarbiyalanganlik va bilish darajasi tarbiyachining g’oyaviy-siyosiy va ilmiy-pedagogik tayyorgarligiga, javobgarlik hissiga, pedagogik mahoratiga va ishga bo’lgan ijodiy munosabatiga bog’liq. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashda rivojlanish markazlarini tashkil etishning asosiy sharti pedagogdan tayyor bilim olishdan ko’ra, bolaga rivojlanish markazlarida faoliyatni tanlash imkoniyatini berish, bunda u atrofdagi dunyo haqida bilimlarni mustaqil ravishda egallashi, ko’nikmalari va qobiliyatlarini rivojlantirish, bolaga qiziquvchanlik, mustaqil izlanish, tadqiqot jarayoniga qo’shilish imkoniyatini berishdir.Rivojlanish markazlari ta’lim, rivojlantiruvchi, o’qitish, rag‘batlantiruvchi, uyushgan, kommunikativ funksiyalarni bajarishi kerak. Eng muhimi, ular mustaqillikni rivojlantirish ustida ishlashlari kerak, bolalar va kattalar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning shaxsga yo’naltirilgan ta’limga asoslangan bolaning tashabbusini rag‘batlantirishi kerak.Guruh xonasidan moslashuvchan va o’zgaruvchan tarzda foydalanish talab etiladi. Rivojlanish markazlaridagi tematik, didaktik materiallarlar bolaning ehtiyojlari va manfaatlarini qondirishga xizmat qilishi kerak.Markazlarning dizayni estetik, bolalar uchun jozibali bo’lishi kerak, va mustaqil faoliyatga bo’lgan istakni keltirib chiqarishi kerak. Guruh xonasida rivojlanish markazlarini yaratishda o’yin faoliyatining yetakchi rolini hisobga olish kerak.
Rivojlanish markazlaridagi jihozlar xavfsiz va didaktik materiallarlar bolaga tegishli bo’lishi va bolalarning yoshiga mos bo’lishi kerak. Rivojlanish markazlaridagi didaktik materiallarlar tematik vazifalarni hisobga olgan holda o’zgarishi kerak. Markazlarni uskunalar bilan ortiqcha jihozlamaslik zarur. Rivojlanish markazlari bolalar va kattalar bilan aloqa qilish va birgalikdagi faoliyatni, shuningdek o’z o’zi bilan shug‘ullanish imkoniyatini ta’minlashi kerak. Tematik rejalashtirishga ko’ra, pedagog rivojlanish markazlarini didaktik materiallarlar va o’yin uskunalari bilan ta’minlash ustida o’ylashi va to’ldirishi kerak. Markazlarni bolalar va pedagoglarning birgalikdagi faoliyati va hunarmandchilik mahsulotlari bilan to’ldirish mumkin. Har bir markazning maqsadiga muvofiq haftaning boshida pedagogning tematik rejasiga binoan, materiallarlar tayyorlanadi va jihozlanadi.
  • Qurilish, konstruktorlik va matematika markazi:


  • har xil qurilish to’plamlari - kublar, legolar, bloklar, konstruktorlar, o’ynash uchun didaktik o’yinlar va boshlang‘ich matematik tasavvurlarni rivojlantirish uchun o’quv materiallarlari.


  • Syujetli-rolli o’yinlar va dramalashtirish markazi: teatrning barcha turlari uchun atributlar va o’yin materiallarlari, rolli, dramatik, rejissyorlik va dramatizatsiya o’yinlari, shlyapalar - maskalar, o’yin to’plamlari va burchaklarda o’ynash uchun o’yinchoqlar - masalan «Sartarosh», «Kasalxona» va "Do’kon" o’yinlari atrebutlari.


  • Til va nutq markazi: didaktik o’yinlar, tematik mavzuli, katta va kichik formatdagi rasmlar, tasviriy materiallarlar, voqealar ketma-ketligini belgilash uchun rasm seriyalari, turli mezonlarga ko’ra guruhlash va boshqalar, bolalar kitoblari kutubxonasi, tematik albomlar, topishmoqlar albomlari, magnit harflar to’plami, "Rasmli Alifbo" kubiklari.


  • Ilm, fan va tabiat markazi: atrof-muhit madaniyati bo’yicha didaktik materiallarlar, «Tabiat va odam» rasmlari va illyustratsiyalari, valiologiya bo’yicha maketlar, tabiiy materiallarlarning xususiyatlarini o’rganish uchun materiallarlar, to’plamlar, tadqiqotlar va tajribalar uchun, bilim to’plamlari, o’ynash uchun o’yin mavzular to’plamlari - uy va yovvoyi hayvonlar, dengiz hayoti, hasharotlar, qushlar.


  • San’at markazi: tasviriy faoliyat zarur jixozlar, xalq hunardmanchilik mahsulotlari tasvir etilgan albomlar va illyustratsiyalar, dekorativ-amaliy san’at, turli xil xalqlarning hayoti, madaniyati, urf-odat aks ettirilgan rasmlar, bolalar yozuvchisi va O’zbekiston shoirlari portretlari, tematik rang-barang kitoblar, erkin ijod uchun rasm chizish albomlari.


Markazlardagi bolalar faoliyati: o’yin, mustaqil nutq, kognitiv, kommunikativ, kognitiv-tadqiqot, eksperimental, ijodiy, kommunikativ, mehnat, samarali, musiqiy va badiiy.


Pedagogikning faoliyati
  • bolalarni tabiat, musiqa va ijod dunyosiga jalb qilish va bolani o’rgatish;


  • mustaqil ravishda bilimlarni egallash, bilimga bo’lgan qiziqishni rivojlantirishga, yangi bilimlarni olishga bo’lgan ehtiyoj, o’rganish va rag‘batlantirish, shu bilan birga sub’ekt bo’lish;


  • Bolalar bilan birga uyushgan tadbirlar tashkil etish;


  • qiyinchiliklar yuzaga kelganda, bolaga beg‘araz va o’z vaqtida og‘zaki va amaliy yordam ko’rsatish;


  • bolaning shaxsiy qiziqishini rag‘batlantirish;


Rivojlanish markazlarida o’quv va bilim jarayonini tashkil qilish uchun turli xil usullar, uslublar va o’yin shakllaridan foydalanish: suhbat, hikoya, shou, badiiy adabiyot o’qish ensiklopedik adabiyotlarni o’qish, ko’rib chiqish va muhokama, tushuntirish, munozara, video namoyishlarni tomosha qilish, kompyuter taqdimotlarini tomosha qilish, ijodiy faoliyat, tadqiqotlar, tajribalar, tajriba jonli va jonsiz tabiatning sirlari va boshqalardan foydalanish. Bolaning rivojlanishi faqat o’quv faoliyatida emas, balki o’yin tarzida ham amalga oshiriladi. Markazlardagi bolalarning o’yin va kognitiv faoliyati davomida tarbiyachi bolalarning ishini kuzatib boradi, tavsiya etilgan materiallar bolalar uchun qanchalik qiziq, qulay va xavfsiz ekanligiga e’tibor qaratadi. Agar kerak bo’lsa, tarbiyachi didaktik materiallarni to’ldiradi yoki o’zgartiradi. Tarbiyachi guruhdagi barcha bolalar besh kun davomida har bir markazga tashrif buyurishini ta’minlaydi. Kuzatish va tahlil asosida kutilayotgan natija, muammolar, yechimlar tarbiyachi har hafta oxirida bolalarning o’z maqsadlariga erishgan yutuqlarini qayd etadi, agar shunday bo’lsa, muammolar pedagogning va bolalarning va uning ota-onalarining shaxsiy ishi bilan belgilanadi.


II
Download 99,31 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 99,31 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II.BOB.MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTIDA TAʼLIM TARBIYA JARAYONINI TASHKIL ETISH

Download 99,31 Kb.