I.2. Maktabgacha ta’limning maqsad va vazifalari




Download 99,31 Kb.
bet5/8
Sana22.02.2024
Hajmi99,31 Kb.
#160906
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 1-kurs 101-guruh talabasi-fayllar.org

I.2. Maktabgacha ta’limning maqsad va vazifalari.
Maktabgacha ta'lim agentligida Islom taraqqiyot banki, ta'lim manfaatlari bo'yicha Global hamkorlik va UNICEF ning O'zbekistondagi vakillari ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi. O'zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o'rinbosari – Maktabgacha ta'lim agentligi direktori A.Shin bugun O'zbekistonda ITB, GH va UNICEF vakillari bilan uchrashuv o'tkazdi. mXorijiy tomon mamlakatimizda maktabgacha ta'lim sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan davlat siyosatining yuqori samaradorligini qayd etdi. GH mintaqaviy menejeri janob Nils Raysmanning aytishicha, 2017-yildan buyon O'zbekiston tomoni kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ta'lim berishda katta yutuqlarga erishgan va bu o'sish tendensiyasi kelajakda ham davom etishini tilab qoldi.O'z navbatida, ITB vakili Janob Muhammad Mirza bank O'zbekiston tomonining iltimosiga binoan ta'lim sohasida qo'shimcha istiqbolli loyihalarni amalga oshirish imkoniyatini ko'rib chiqishga tayyorligini ma'lum qildi. 2023-yil 27-aprel kuni O'zbekiston hukumati va Islom taraqqiyot banki o'rtasida Toshkent xalqaro investitsiya forumida Qarz bitimi imzolangan bo'lib, uning doirasida 2027-yil oxirigacha respublika hududlarida davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida 120 ta nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti qurilishi rejalashtirilgan. Shu bilan birga, UNICEF ning O'zbekistondagi ta'lim sektori rahbari Janob Alberto Byankoli bolalarga yordam berish xalqaro jamg'armasining mamlakatda maktabgacha ta'lim sifatini oshirish masalalarida, xususan, maktabgacha pedagogika, o'quv-uslubiy va o'yin materiallarini takomillashtirish orqali Maktabgacha ta'lim agentligiga faol ko'maklashish niyati haqida xabar berdi. Uchrashuv yakunida tomonlar ushbu samarali uchrashuv o'tkazilgani uchun minnatdorliklari, samarali hamkorlikni yanada chuqurlashtirish tarafdori ekanliklarini bildirdilar. 2023-yil 8-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari – Maktabgacha ta’lim agentligi direktori A.Shin hamda UNICEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi xodimlari o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida Maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagogining shaxsiy fazilatlari, kasbiy bilimlari, malaka va ko‘nikmalariga qo‘yiladigan asosiy talablar majmuini belgilaydigan hujjat “Maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagogining kasbiy standarti” loyihasi muhokama qilindi. Mazkur loyiha - Maktabgacha ta’lim sohasida kadrlar tayyorlash tizimida asosiy me’zon sifatida xizmat qilishi ko‘zda tutilganligi bilan muhim hisoblanadi. Maktabgacha ta’lim tizimida pedagog kadrlarning malakasini oshirish tizimida olib borilayotgan ishlar haqida. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrda 929-son qarori bilan tashkil etilgan bo‘lib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar va Toshkent shahridagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarining direktorlari va pedagog hodimlari, shuningdek, Toshkent shahri va viloyatidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tarbiyachi-pedagoglari malaka oshiradilar. Institut o‘z faoliyatini boshlagan ilk kundan boshlab bugungi kunga qadar, 36 717 nafar rahbar va pedagog xodimlarning malakasini oshirib, nomutaxassis pedagoglarni qayta tayyorlovdan o'tkazdi.Hozirgi kunda institutda 106 nafardan ortiq xodimlar faoliyat yuritadi, shuningdek, 5 ta kafedra, 11 bo‘lim va Innovasion tadqiqot lobaratoriyasi hamda Psixologik markaz faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.Institutda tinglovchilar uchun 320 o‘ringa mo‘ljallangan turar joy mavjud bo‘lib, unda tinglovchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Nomutaxassis pedagoglar uchun qayta tayyorlash kurslari tashkil etilgan bo‘lib, 3 ta (tarbiyachi, defektologiya, psixologiya) yo‘nalishda 576 soatga mo‘ljallangan kurslar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.Institutda tinglovchilarga qulayliklar yaratish maqsadida, an’naviy, masofaviy va ZOOM platformasi orqali malaka oshirish shakllari ham yo‘lga qo‘yilgan. Shu bilan birga 2022-yilda Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida institutning professor o‘qituvchilari tomonidan sayyor malaka oshirish kurslari ham tashkil qilindi. 2023-yilda ham sayyor malaka oshirish kurslari tashkil etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ayni kunlarda Sirdaryo viloyatidagi tinglovchilar uchun institutning professor o‘qituvchilari tomonidan sayyor malaka oshirish kurslariga dars berilib kelinmoqda. Bugungi kun holatiga ko‘ra, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jami 152 897 nafar rahbar va pedagoglar faoliyat yuritilmoqda. Maktabgacha ta'lim agentligida UNICEF ning O'zbekistondagi vakillari va ta'lim sohasidagi xalqaro ekspert bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Bugun Maktabgacha ta'lim agentligi direktorining o'rinbosari O.Rahmatillayev UNICEFning O'zbekistondagi vakillari va ta'lim sohasidagi xalqaro ekspert Tereza Gonsales xonim bilan uchrashuv o'tkazdi. Uchrashuvda tomonlar Surxondaryo viloyatida inklyuziv ta'lim, ijtimoiy xizmatlar va huquqiy yordamdan keng foydalanishni ta'minlashga qaratilgan istiqbolli loyihani amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.Ushbu loyiha Surxondaryo viloyati maktabgacha ta'lim tashkilotlari negizida 10 ta inklyuziv ko'p tilli maktabgacha ta'lim guruhlari, shu jumladan til va etnik jihatdan kam sonli bo'lgan bolalar uchun guruhlarning tashkil etilishini nazarda tutadi. Loyiha doirasida UNICEF ta'mirlash ishlari xarajatlarini qoplash, guruh xonalarini mebel, o'yinchoqlar, o'quv materiallari bilan jihozlash, shuningdek uslubiy yordam ko'rsatish shaklida ko'mak beradi. Tereza Gonsales xonim yaqin kunlarda Surxondaryo viloyatida ish yuzasidan tashrif buyurgan edi. Tashrif davomida u Surxondaryo viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining mas'ul xodimlari, loyiha bo'yicha tanlangan maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari, metodistlari va tarbiyachilari bilan suhbatlar o'tkazish imkoniyatiga ega bo'ldi. Maktabgacha ta'lim agentligida "Rossiya Maorif Vazirligi Akademiyasi" rahbariyati bilan uchrashuv bo'lib o'tdiBugun O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari – Maktabgacha ta’lim agentligi direktori A.Shin "Rossiya Maorif Vazirligi Akademiyasi" rektori P.Kuzmin bilan uchrashuv o'tkazdi. Uchrashuv davomida P.Kuzmin mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish muhimligini ta’kidlab, O‘zbekiston Respublikasi rahbariyatining maktabgacha va maktab ta’limi sohasini takomillashtirish masalalariga e’tiborini yuqori darajada baholadi. Rossiya delegatsiyasi rahbari Rossiya Maorif Vazirligi Akademiyasining Rossiya Federatsiyasi pedagog kadrlarining malakasini oshirish bo’yicha faoliyati haqida qisqacha ma’lumot berdi. Rossiya tomoni Rossiya poytaxtining maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarini amalga oshirishda Moskva shahri tajribasiga alohida e’tibor qaratdi. Xususan, O‘zbekiston tomoni Rossiyaning "Raqamli ta’lim muhiti" federal loyihasi, "Men yagona davlat imtihonidan o‘taman” loyihasi, qo‘shimcha professional ta’lim raqamli tarmog‘i va ta’limiy kontentdagi raqamli kutubxona bilan tanishdi. Uchrashuv yakunida tomonlar Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishdagi Rossiya tajribasini o‘rganish, shuningdek, Rossiya ta’lim loyihalari bilan yaqindan tanishish maqsadida Maktabgacha ta’lim agentligi delegatsiyasini Moskva shahriga yuborish imkoniyatini ko‘rib chiqishga kelishib oldilar. O'zbekiston Maktabgacha ta'lim agentligi vakillari va Koreyadagi Puchon universiteti vakillari o'rtasida hamkorlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.Biroz oldin xabar berganimizdek, O'zbekiston Maktabgacha ta'lim agentligi vakillari Janubiy Koreyada qisqa muddatli xizmat safarda bo'lishdi. Safarning navbatdagi kun tafsilotlari haqida batafsil: Agentlik direktori o'rinbosari N.Muslitdinov boshchiligidagi O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta'lim agentligi delegatsiyasining Koreya Respublikasiga tashrifi doirasida Seul shahrida, joriy yilning 27-aprel kuni Koreya Respublikasidagi Puchon universitetining Prezidenti Janob Xan Chong Sok bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda Birinchi prorektor, Akademik masalalar bo'yicha prorektor, Rejalashtirish masalalari bo'yicha prorektor, shuningdek, Koreya Respublikasidagi Puchon universitetining xalqaro bo'limi boshlig'i ishtirok etdi.


Download 99,31 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 99,31 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I.2. Maktabgacha ta’limning maqsad va vazifalari

Download 99,31 Kb.