Maktabgacha ta’lim tashkilotida ish hujjatlari




Download 99,31 Kb.
bet7/8
Sana22.02.2024
Hajmi99,31 Kb.
#160906
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 1-kurs 101-guruh talabasi-fayllar.org

.2. Maktabgacha ta’lim tashkilotida ish hujjatlari.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan 2019 yil 30 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019 yil 13 maydagi 391-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasining “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi ijrosini ta’minlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yuritilayotgan ish hujjatlarini tartibga solish, xodimlarning ta’lim-tarbiya jarayonidagi mas’uliyatini oshirish maqsadida “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarining ish hujjatlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 155-sonli buyrug‘i qabul qilindi. Ushbu buyruqqa asosan, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarining ish hujjatlari ro‘yxati hamda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarining ish hujjatlarini yuritilishi bo‘yicha qo‘llanma tasdiqlangan. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarining ish hujjatlari ro‘yxati 01 dan 12 gacha indeksatsiya qilingan bo‘lib, bunda yig‘ma jildlar nomi, saqlanish muddati va modda raqamlari qayd etilgan. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarining ish hujjatlari quyidagi hujjatlar ro‘yxatidan iborat:


01 - Boshqaruv hujjatlari (01-01dan 01-19 gacha )
02 - Tarbiyalanuvchilarga oid hujjatlar (02-01 dan 02-04 gacha)
03 - Maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari (03-01 dan 03-03 gacha)
04 - Maktabgacha ta’lim tashkiloti metodisti (04-01 dan 04-04 gacha)
05 - Umumiy tipdagi maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi (05-01 dan 05-05 gacha)
06 - Maktabgacha ta’lim tashkiloti psixologi (06-01 dan 06-05 gacha)
07- Maktabgacha ta’lim tashkiloti musiqa rahbari (07-01 dan 07-06 gacha)
08 - Maktabgacha ta’lim tashkiloti jismoniy tarbiya yo‘riqchisi (08-01 dan 08-05 gacha)
09 - Umumiy tipdagi maktabgacha ta’lim tashkiloti defektologi (09-01 dan 09-07 gacha)
10 - Maktabgacha ta’lim tashkiloti til o‘qituvchisi (10-01 dan 10-03 gacha)
11 - Ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti va qo‘shma tipdagi maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi (11-01 dan 11-07 gacha)
12 - Ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti va qo‘shma tipdagi maktabgacha ta’lim tashkiloti defektologi (12-01 dan 12-07 gacha)
03 - Maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari (03-01 dan 03-03 gacha)
03-01 Maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining shaxsiy ish rejasi (Ish jurnali)ni o‘z ichiga oladi:
03-02 Maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining oylik ish rejasi
03-03 Ta’lim-tarbiyaviy va pedagogik jarayonlarni kuzatish qaydlari
04-Maktabgacha ta’lim tashkiloti metodisti ish xujjatlari
04-01 Davlat talablari, o’quv dasturi va o’quv qo’llanmalar
04-02 Metodistning shaxsiy ish rejasi (ish jurnali)
04-03 Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim sifatida hamda pedagoglarning kasbiy malakasini oshirish bo’yicha ish rejalari
04-04 Bolaning rivojlanish xaritasi yuritilishini nazorat qilish kitobi
Umumiy tipdagi maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi ish hujjatlari.
05-01O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2018 yil 18 iyundagi1-MH-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan (Adliya vazirligida 3 iyul 2018 yilda 3032-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan) “O‘zbekiston Respublikasi ilk va maktabgacha yoshdagibolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari” hamda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2018 yil 7 iyuldagi 4-sonli hay’at yig‘ilishi qarori bilan tasdiqlangan “Ilk qadam” Davlat o‘quv dasturi. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim jarayonini mavzuli rejalashtirish” qo‘llanmasi har bir tarbiyachi ishlayotgan guruh yoshiga mos ravishda ta’minlangan bo‘lishi shart.
05-02. Tarbiyachining shaxsiy ish rejasi (Ish jurnali). Jurnalning titul varag‘idan keyingi betga tavsiyalar joylashtirilgan bo‘lib, tarbiyachi bu tavsiyalardan faoliyati davomida foydalanishi mumkin. Keyingi sahifada tarbiyachining joriy o‘quv yilida o‘z oldiga qo‘ygan asosiy vazifalari yoritiladi. Asosiy vazifalar tashkilotning dolzarb vazifalaridan kelib chiqqan holda olinadi. Unda tarbiyachi o‘zining pedagogik salohiyatini oshirish uchun amalga oshirmoqchi bo‘lgan, markazlar faoliyatini boyitishga qaratilgan, zamonaviy jihozlash, rejalashtirilgan tadbirlar, ota-onalar, pedagoglar bilan hamkorlikdagi ishlari yoritiladi.Guruh yoshiga va MTTning ish vaqtiga qarab kun tartibi belgilanadi. Bir oy uchun 2 ta ertalabki badan tarbiya komplekslari rejalashtirilib, 1-15 sanagacha predmetsiz mashqlar, 16-31 sanalarda predmetlar bilan ertalabki badan tarbiya mashqlari bajarilishiga e’tibor qaratilishi lozim. Ertalabki badan tarbiya mashqlarini alohida daftarga yozib borish yoki oldindan kartotekalar tayyorlab olish maqsadga muvofiq.Keyingi varaqlarda tarbiyachining ta’limiy-tarbiyaviy faoliyati aks ettirilib, hafta mavzusi, davr ko‘rsatiladi. Ertalabki doirada bolalar bilan olib boriladigan qabul, suhbat, o‘yinlar, ertalabki badan tarbiya kompleksining tartib raqami kiritiladi. Markazlardagi faoliyatlarga o‘zgartirish kiritilgan taqdirda, o‘sha markaz nomi va mavzu, unga kerakli jihozlar yoziladi. Markazlardagi faoliyatlar o‘zgarmagan holatlarda bu joy bo‘sh qoladi. Umumiy guruh bo‘lib ishlash – bu frontal mashg‘ulot bo‘lib, unga nutq o‘stirish, matematika, savodga o‘rgatish, rus va o‘zbek tillari, ingliz tili, jismoniy tarbiya hamda musiqa mashg‘ulotlari kiradi. Tarbiyachi tomonidan mutaxassislar bilan kelishgan holda ushbu frontal mashg‘ulotlarni o‘tish vaqti belgilanadi va rahbariyat tomonidan tasdiqlanadi. Yosh tarbiyachilarga frontal mashg‘ulotlarni to‘liq ochib yozish, tajribaga ega bo‘lgan tarbiyachilarga esa frontal mashg‘ulotlarni tezis sifatida yoritib berish mumkin. Frontal mashg‘ulotni yozish daftari rahbariyat tomonidan tasdiqlanadi va nazoratga olinadi. Ish jurnalining sayr bo‘limi 5 qismdan iborat. Bu qismlarda tarbiyachi eng avvalo kuzatilayotgan ob’ektni yoritishi, ob’ektga mos bo‘lgan mehnat turini, harakatli o‘yin, ixtiyoriy o‘yinlarni rejalashtiradi. Tarbiyachi bolalarni ixtiyoriy o‘yinga jalb qilgan vaqtda, asosiy harakat turlarini mustahkamlashga muhtoj bo‘lgan bolalar bilan ishlaydi va ularda sakrash, yugurish, tirmashib chiqish, uloqtirish, irg‘itish, turli usullarda yurish va boshqa harakatlar bo‘yicha olgan malakalarini mustahkamlaydi. Ish jurnalidagi kunning ikkinchi bo‘limi bolalar bilan yakka ishlash, badiiy adabiyotlar, o‘yin va faoliyatlar qismlariga bo‘lingan bo‘lib, unda tarbiyachi bola bilan qaysi mavzuda yakka ishlashini, o‘qib beriladigan, sahnalashtiriladigan, hikoya qilib beriladigan, yod olinadigan asarlar nomini, syujetli-qoidali, ta’limiy, stol ustida o‘ynaladigan, rivojlantiruvchi o‘yinlar, tug‘ilgan kunlar, uchrashuvlar, qo‘g‘irchoq teatrlari, to‘garaklar va boshqa ta’limiy-tarbiyaviy faoliyatlar rejalashtiriladi. Kechki sayrda esa tarbiyachi kuzatish, ixtiyoriy o‘yinlar, ota-onalar bilan suhbat qismlarini rejalashtiradi. Jurnalning davomida bolalar faoliyatini tashkil etishdagi o‘zgarishlar bo‘limi kiritilgan bo‘lib, unda tarbiyachi kun davomidagi faoliyatlarda o‘zgartishlar kiritgan bo‘lsa, bu haqda albatta ma’lumot yozib qo‘yadi. Masalan: Kun sovuq bo‘lganligi uchun rejalashtirilgan ekskursiyaning o‘tkazilmaganligi. Ish jurnalida “Hafta yakuni” bo‘limi bo‘lib, u 4 qismdan iborat:
  • “Bolalar ilgari nimani bilishar edi?” - Bu savolga tarbiyachi hafta davomida berilayotgan mavzular haqida bolalarning qanchalik tushunchalari borligini yozadi;


  • “Bolalar nimani bilishdi?” - Savoliga tarbiyachi hafta davomida bolalar tomonidan markazlar va umumiy guruhlarda ishlash jarayonlarida olgan yangiliklarini yozadi;


  • “Bolalar nimani bilishni xohlaydilar?” - Bu savolga tarbiyachi bolalarda hosil bo‘lgan savollar, qiziqishlardan kelib chiqqan holdagi mavzularni kiritadi;


  • “Kelgusi haftaga g‘oyalar”- da esa tarbiyachi bolalar qiziqishlari va hoxishlari asosida tashkil etiladigan faoliyatlarni yozadi.


Ish jurnalidagi haftalik ish rejasining so‘nggida rejaning qay holatda yozilganligi bo‘yicha maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbariyati (rahbar, metodist)ning tavsiya va ko‘rsatmalari beriladi. Bu tarbiyachiga kelgusi hafta ish rejasini tuzishda metodik yordam bo‘lib hisoblanadi. Ish jurnali maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari tomonidan tasdiqlangan, imzolangan, tikilgan, muhrlangan bo‘lishi shart. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisining ushbu ish jurnali tashkilotda faoliyat yuritayotgan tarbiyachilar uchun ishlab chiqilgan. Mazkur hujjatni yuritishdan maqsad, O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari hamda “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi talablarini bajarish asosida ertalabki soat, sayr, kunning ikkinchi yarmida bolalar bilan yakka tartibda ishlashni loyihalashtirishdan iboratdir. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyatni rejalashtirish bolalar hayotini to‘g‘ri tashkil etishning negizi hisoblanib, bunda tarbiyachilar ta’limiy vazifalar, bolalar bilan birgalikda olib boriladigan ish shakllari, rivojlantiruvchi muhitga kiritish lozim bo‘lgan o‘zgartirishlarni belgilab beradi. Rejalashtirish ta’lim-tarbiya jarayonida individual yondashuvni amalga oshirish, bolalarga axborot va jismoniy vazifalarni me’yorlash imkonini beradi. Ish rejasining to‘laqonli bajarilishini tahlil qilish, bolaning rivojlanish sur’atini kuzatish va ular uchun yanada qulay sharoitlar yaratish imkonini beradi.


05-03-Bolаlаr dаvomаtini qаyd etish dаftаri (tаbel, filtr, pаtronаj vа otа-onаlаr to’g’risidаgi mа’lumotlаr)Tаrbiyachi tomonidаn yuritilаdigаn tаbel, filtr vа pаtronаj dаftаri bir-birigа uzviy bog’liq bo’lib, ulаr bolаlаrni qаbul qilish vа qаtnovini nаzorаt qiluvchi hujjаtlаr hisoblаnаdi. Dаftаrdа otа-onаlаr hаqidаgi mа’lumotlаr hаm qаyd etilаdi. Dаftаrlаr umumiy bittа bo’lishi yoki 4 tа dаftаr аlohidа yuritilishi mumkin, аlohidа yuritilgаndа, ulаrning hаr birigа 05-03 rаqаmi qo’yilаdi. Bolаlаr dаvomаtini qаyd etish dаftаri yosh guruhlаridа bolаlаr qаtnovini hаr kuni soаt 9.00 dаn kechiktirmаy belgilаb borilаdi vа kelgаn bolаlаrning umumiy soni chiqаrib qo’yilаdi. Oy yakunidа ro’yхаtdаgi bolаlаr kelgаn, kelmаgаn kunlаrining umumiy soni chiqаrilаdi vа nаtijаlаr umumlаshtirilаdi. Tаhlildа ro’yхаt bo’yichа bolаlаr soni, ushbu oy dаvomidа kelgаn vа umumаn kelmаgаn bolаlаrning аniq soni yoziladi. Ushbu tаhlil аsosidа bolа kuni bаjаrilishi аniqlаnаdi. Umumiy bolаlаr kuni vа bolа kelmаgаn kunlаrning sаbаbli vа sаbаbsiz soni yoziladi. Tаhlil qilgаn tаrbiyachining fаmiliyasi vа imzosi, hаmshirа tomonidаn bolаlаr sonining hаqqoniyligini tаsdiqlаb imzo qo’yilаdi. Tаbel dаftаri tikilgаn, sаhifаlаngаn, muhrlаngаn, rаhbаr tomonidаn imzolаngаn bo’lishi kerаk
Filtr dаftаri: Tаrbiyachi bolаlаrni qаbul qilish vаqtidа hаr bir bolаning otа-onаsi bilаn bolа sаlomаtligi hаqidа qisqаchа suhbаtlаshаdi, birlаmchi tibbiy nаzorаtdаn o’tkаzаdi. Filtr dаftаridа tаnа hаrorаti, teri tozаligi, bosh tozаligi (pedikulyozgа tekshiruv) vа otа-onаdаn olingаn so’rovnomа nаtijаlаri belgilаnаdi. Bolаning filtr nаzorаti otа-onа oldidа o’tkаzilаdi. Bolа uch kun kelmаgаn tаqdirdа filtr nаzorаtini tаshkilotning tibbiyot хodimlаri tomonidаn o’tkаzilishi vа otа-onаdаn bolаning muаssаsаgа kelmаgаnlik sаbаbini tаsdiqlovchi tegishli hududiy dаvolаsh tаshkiloti tomonidаn berilgаn mахsus shаkldаgi tibbiy mа’lumotnomа tаqdim etilishi tаlаb etilаdi. Filtr dаftаri tikilgаn, sаhifаlаngаn, muhrlаngаn, rаhbаr tomonidаn imzolаngаn bo’lishi kerаk. Pаtronаj dаftаri: hаr bir yosh guruhidа tаrbiyachi tomonidаn oymа-oy yuritilаdi. Bolа tаshkilotgа kelmаgаn kunlаrning uchinchi kuni tаrbiyachi oilаgа tаshrif buyurib (yoki telefon orqаli), bolаning tаshkilotgа kelmаslik sаbаbini аniqlаydi. Bolа uzoq muddаt kelmаgаn tаqdirdа, kelmаgаn kunlаrning ettinchi kuni ikkinchi pаtronаj vа o’n to’rtinchi kuni uchinchi pаtronаjning o’tkаzilishi vа hаr bir pаtronаj qilingаn kunning sаnаsi hаmdа kelmаslik sаbаbi yozib borilishi lozim. Uch kun vа undаn ortiq tаshkilotgа qаtnаmаgаn bolаning tаshkilotgа kelgаn kuni mаktаbgаchа tа’lim tаshkiloti tibbiyot хodimi(shifokori yoki hаmshirаsi) tomonidаn kelmаgаn kunlаr uchun tаqdim etilgаn tibbiy mа’lumotnomа аsosidа nаzorаtdаn o’tkаzib, qаbul qilishnishi vа pаtronаj dаftаrigа imzo qo’yilаdi. Bolа keyingi oy hаm tаshkilotgа kelmаgаn holаtdа tаrbiyachi ushbu bolаni yanа belgilаngаn tаrtibdа pаtronаj dаftаrigа ro’yхаtgа olаdi. Pаtronаj dаftаri tikilgаn, sаhifаlаngаn, muhrlаngаn, rаhbаr tomonidаn imzolаngаn bo’lishi kerаk. Otа-onаlаr hаqidаgi mа’lumotlаr dаftаri: ushbu dаftаrgа bolаning fаmiliyasi, ismi, shаrifi, tug’ilgаn sаnаsi, uy mаnzili, telefon rаqаmi, otа-onаsining fаmiliyasi, ismi, otаsining ismi, ulаrning ish joylаri hаqidаgi mа’lumotlаr kiritilаdi vа qo’shimchа mа’lumotlаr olingаndа, dаftаrgа qаyd etib borilаdi. Otа-onаlаr hаqidаgi mа’lumotlаr dаftаri tikilgаn, sаhifаlаngаn, muhrlаngаn, rаhbаr tomonidаn imzolаngаn bo’lishi kerаk.
05-04. Bolalarning rivojlanish xaritalari. Guruhdagi bolalarning rivojlanish xaritasini to‘ldirish uchun uch sikldan iborat bo‘lgan kuzatuv olib boriladi: dastlabki (o‘quv yili boshida), oraliq va yakuniy. Dastlabki kuzatuv o‘quv yili boshida o‘tkaziladi (taxminan sentyabr oyi mobaynida). Bu bosqichda har bir bolaning boshlang‘ich imkoniyatlari aniqlanadi, uning shu davrgacha erishgan yutuqlari belgilanadi. Tarbiyachi ta’lim sohalarini o‘zlashtirish bo‘yicha mavjud bo‘lgan muammolarga ham e’tibor qaratadi, bolaning qanday sifatlari qo‘llab-quvvatlashni talab etishini, har bir bola uchun qanday vazifalar dolzarbligini aniqlaydi. Keyin bolaning ayni davrdagi yoshini hisobga olgan holda uning rivojlanish sohalari bo‘yicha yutuqlari haritasi to‘ldiriladi. Oraliq kuzatuv birinchi yarim yillik oxirida (dekabr, yanvar) o‘tkaziladi. Bu monitoringni o‘tkazishdan maqsad bolaga nisbatan tanlangan metodikaning to‘g‘riligini aniqlash, rivojlanish dinamikasini belgilashdan iborat. Mazkur kuzatuv natijalariga ko‘ra, tarbiyachi boshqa mutaxassislar bilan hamkorlikda, zarurat tug‘ilgan holatlarda pedagogika jarayoniga tuzatishlar kiritishi mumkin. O‘quv yili oxirida (may oyida) tarbiyachi yakuniy kuzatuv o‘tkazadi. Mazkur kuzatuv asosida yil boshida qo‘yilgan vazifalar qanday hal qilingani baholanadi, mazkur bola rivojida kutilayotgan yangi natijalarni hisobga olgan holda keyingi pedagogik jarayondan ko‘zda tutiladigan maqsadlar belgilanadi.
05-05 . Pedagoglar bilan o‘zaro hamkorlik ish rejasi. Ushbu hamkorlik rejasi mutaxassislar orasida o‘zaro yuritilib, bir-birlarini to‘ldirishga qaratilgan. Ya’ni, tarbiyachi tashkilotda faoliyat yuritayotgan pedagoglar, ota-onalar, bolalar hamda xodimlar uchun turli xildagi tavsiya, mahorat maktablari, trening mashg‘ulotlari, faoliyatlari davomida uchrashi mumkin bo‘lgan noxush holatlarning oldini olish, ishlash uchun qulay sharoit yaratish bo‘yicha bir yillik reja tuziladi. Ushbu rejani bajarish mutaxassislar hamkorligida amalga oshirilishi lozim.
1. Psixolog bilan hamkorlik.
2.Defektolog bilan hamkorlik.
3.Musiqa rahbari bilan hamkorlik.
4.Jismoniy tarbiya yo’riqchisi bilan hamkorlik
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida muvaffaqiyatli faoliyat olib borishda maxoratli pedagog bolalar va ularning xatti-harakati yuzasidan psixolog bilan aloqada bo’lishi nihoyatda muhim. Tarbiyachi bilan psixolog bir-biri bilan mustahkam bog’lik hamda ular o’rtasida aloqa qanchalik yaxshi yo’lga qo’yilsa, natija muvofaqqiyatli bo’ladi. Maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi oʼquv faoliyatini tashkil tashkil etar ekan kun tartibiga alohida e’tibor berishi lozim. Psixolog (boshqa-Grech. rux-jon; logos-bilim)-ilmiy-tadqiqot va amaliy muammolarni hal qilish, shuningdek, psixologik yordam, qo'llab-quvvatlash va qo'llab-quvvatlash uchun inson faoliyatining turli sohalarida shaxsning ruhiy hodisalarini tashkil etishning usullari va shakllarini o'rganish bilan shug'ullanadigan mutaxassis. Psixolog bilan hamkorlik bolaning uyg'un rivojlanishida mutaxassislarning birgalikdagi faoliyatining asosi hisoblanadi. Tarbiyachi psixolog bilan birgalikdagi ishi bolaning psixologik rivojlanishini qo'llab-quvvatlash, tarbiyachi psixologning barcha o'zaro ta'sirlar uchun koordinator va katalizator sifatida harakat qilishini ko'rsatadi.
Psixolog va tarbiyachining hamkorlikdagi vazifalari:
- ta'lim jarayonining barcha ishtirokchilari faoliyatini tashkil etish
- bolani individual psixologik qo'llab-quvvatlash;
- bolaning rivojlanishi uchun sharoit yaratish, uning farovonligini ta'minlash;
tarbiyachilar bilan ijobiy hamkorlikni qurishda bir qator muammolarni samarali hal qilish .
Ta'lim jarayonida psixolog va tarbiyachining o'zaro munosabatlarining afzalliklari.
- Tarbiyachining faoliyatida psixologik ishlarning samaradorligini oshirishiradi
- Yaxlit, izchil rivojlanayotgan muhitni yaratish qobiliyati shakillanadi
- Ta'lim muhitii psixologik mazmun bilan to'ladi.
Ta'lim jarayonida psixolog va tarbiyachining o'zaro munosabatlarining xususiyatlari:
-muntazam ravishda tashkil etilgan ish;
- ijobiy hissiy muhitni yaratish;
-bola taraqqiyoti boyitish.
Psixolog va tarbiyachi hamkorligi guruhda ijobiy muhitni yaratadi, buning asosida, bolalarda ijtimoiy-hissiy rivojlanish, bilish jarayoni va ijodiy rivojlanish sohalari takomillashib boradi.
Defektolog bilan hamkorlik.
Defektolog tayyorlov va katta yoshdagi guruh bolalari bilan ish olib boradi. Tarbiyachilarga bola bilan qanday tovushlar ustida ko’roq ish olib borish haqida ma’lumot beradi va guruhda nutq tovushlarni avtomatlashtirish uchun bolalar bilan tovushlar ustida ishlashni va nutqni to'g'rilashda yordam berishni so’raydi.
Defektolog vazifalari:
- Til tizimining fonematik tarkibiy qismini rivojlantirish (umumiy nutq qobiliyatlari, ovozli munosabatlar, so'zlarning tovush strukturasini his qilish va takrorlash, nutqning tempi, ritmi ustida ishlaydi;
- Fonemik jarayonlarni shakllantirish;
- Leksik komponent holatini takomillashtirish
- otlar , sifatlar va fe'llarning, sinomlarini shakllantirish jarayonini rivojlantirish.
- Nutqning grammatik tizimini shakllantirish;
- Izchil nutqni takomillashtirish;
- Nutq bilan chambarchas bog'liq bo'lmagan noaniq ruhiy funktsiyalarni rivojlantirish: og'zaki-mantiqiy fikrlash, xotira, diqqat, tasavvur.
- Bolalarning nutq nafasini, og'zaki va nozik qo'lda motorikasini takomillashtirish;
- Belgilangan tovushlarning to'g'ri talaffuzini doimiy nazorat qilish, ularni eshitish va talaffuz bilan aralashgan fonemalar bilan farqlash, defektologlar tomonidan tavsiya etilgan nutq materiallaridan foydalanish.
Defektolog va tarbiyachilarning birgalikdagi faoliyati quyidagi maqsadlarga muvofiq tashkil etiladi:
- Tuzatish va ta'lim ishlarining samaradorligini oshirish
- Defektolog tomonidan takrorlanishni istisno qilish;
- Defektolog va tarbiyachining har bir bola uchun kuzatuv-pedagogik faoliyatining tashkiliy va mazmunli jihatlarini optimallashtirish.
MTT Defektologlar kunning birinchi yarmida guruhdagi asosiy mashg’ulotlar tugaganidan so’ng o’z mashg’ulotlarni olib boradilar;
Defektolog bolalarga tovushlarni talaffuz qilishni, ovozli tahlil qilishni, savodxonlik elementlarini o'rgatadi, bolalarga muayyan leksik va grammatik toifalarni tanishtiradi. Defektolog so'z birikmalarini kengaytirish, takomillashtirish va faollashtirish, grammatik toifalarni o'zlashtirish, ravon nutqni rivojlantirish bo'yicha faoliyat olib boradi.
Xulosa qilib aytganda, tarbiyacni va defektologning ishi quyidagicha muvofiqlashtirilai: Defektolog bolalarda asosiy nutq ko'nikmalarini shakllantiradi, tarbiyachi bilan mashg’ulotda bolalar tomonidan o'rganilgan mavzularga imkon qadar yaqin bo'lgan materiallarni tanlaydi; Tarbiyachi mashg’ulotlarni o'tkazishda bolaning nutq terapiyasi ishlarining bosqichlarini, nutqning fonetik - fonemik va leksik–grammatik tomonlarini rivojlanish darajasini hisobga oladi, shu bilan hosil bo'lgan nutq ko'nikmalarini mustahkamlaydi.
Musiqa rahbari bilan hamkorlik.
Bolalarning musiqiy bilimlar tizimida musiqa tinglashning ahamiyatini baholash murakkabdir. Musiqa tinglamay turib bolalarga madaniyatni oʼrgatib bo’lmaydi.Musiqa orqali bolalar dunyo musiqa sanʼati durdonalari bilan,musiqaning ifodali vositalari bilan tanishadilar. Hamda yuqori musiqa sanʼati asarlariga nisbatan muhabbat tuyg’usi uygʼonadi. Bu sifatlarni shakllantirishda musiqa tinglash jarayonining juda katta oʼrni bor. Musiqa maktabgacha ta’lim tashkilotining butun hayotini qamrab olish bilan birga bolalarning quvonch manbaidir. Maktabgacha yoshdagi bolalarning manaviy rivojlanishida musiqa rahbari va tarbiyachining hamkorligi muhimdir. Musiqa rahbari va tarbiyachining hamkorligi bolalarga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, kattalar va bolalar uchun teng darajada zarur bo'lgan sog'lom, do'stona muhit yaratiladi. Tarbiyachi va musiqa rahbari hamkorligida MTTda musiqiy kechalar, tadbirlar tashkil etiladi.
Hamkorlidan ko’zlangan maqsad:
-badiiy faoliyatni rivojlantirish;
- musiqa san'atiga qiziqish;
- bolalarning musiqiy ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish;
-musiqani hissiy jihatdan anglash qobiliyatini rivojlantirish.
Tarbiyachi va musiqa rahbari o'rtasidagi pedagogik hamkorlik- bolaning musiqiy bilim va malakalarining mustahkamlanishiga, ma’naviy ongining rivojlanishiga ta’sir etadi.
Musiqa rahbar va tarbiyachi turli xil musiqiy faoliyatda o'zaro hamkorlik qiladi:
1. Musiqiy-ritmik harakatlar (musiqa rahbari bolalarning harakatlarini ko’rsatadi, musiqiy asboblarni ijro etishda, bolalar bilan qo’shiq qytishda yordam beradi. hamda bolalarning harakatlarini baholaydi, harakat ustida ishlaydi.)
2. Musiqa tinglash (musiqa rahbari suhbatni olib boradi, asbob ustida ishlaydi. bolalarni tinglaydi, bolalarning harakatini kuzatadi)
3. Qo'shiq ijro etishda ko’maklashadi.
4. Bolalarga musiqa asboblarini o'rgatadi.
5. Raqs (Musiqa rahbari bolalarga raqs harakatlarini eslatadi, harakat ustida ishlaydi, bolalar bilan raqsga tushadi. Agar kerak bo'lsa, tarbiyachi bilan juft bo'lib raqsga tushadi)
Tarbiyachi va musiqa irahbarining o'zaro hamkorligida:
Monitoring tashkil etish.
Birgalikda rejalashtirish.
Uslubiy qo'llab-quvvatlash.
Amaliy samarali faoliyat.
Oila bilan hamkorlikni tashkil etish.
jamoa bilan hamkorlikni tashkil etish.
Jismoniy tarbiya yo’riqchisi bilan hamkorlik.
Jismoniy tarbiya yo’riqchisi har bir guruh uchun jismoniy tarbiya mashgʼulotlari jadvalini tuzadi, guruhlar yosh tarkibini hisobga olib tasdiqlangan dasturlar boʼyicha oʼquv mashgʼulotlari oʼtkazadi, kun davomida bolalarning harakat faolligini nazorat qiladi. Sport-sogʼlomlashtirish ishlarini olib boradi, sogʼlomlashtirish tadbirlari rejasini ishlab chiqadi,sogʼlom, jismonan baquvvat holda maktabga tayyorlash maqsadida bolalarga jismoniy mashqlar bajartiradi.
Tarbiyachi va jismoniy tarbiya yoʼriqchisining hamkorlikdagi vazifalari:
jismoniy mashqlarni bajarish
mashqlar bajarish sifatini kuzatish
zaif bolalar bilan individual ish olib borishdan iborat.
Odatda jismoniy tarbiya mashgʼulotlari uch qismga boʼlinadi: kirish qismi, asosiy qism va yakuniy qism.Bu vaqt ichida tarbiyachi bevosita ishtirok yetadi.
Jismoniy tarbiya mashgʼulotlarida olingan koʼnikmalarni takomillashtirish uchun tarbiyachi jismoniy tarbiya yoʼriqchisi bilan bolalarning yosh xususiyatlarini va ularning qiziqishlarini hisobga olgan holda guruhlarda yoki sport zallarida rivojlantirish muhitini tashkil qiladi Jismoniy tarbiya bo’yicha tashkil etiladigan bayramlar, salomatlik kunlari va boshqalarni tashkil etishda, tarbiyachi jismoniy tarbiya yoʼriqchisi uchun ajralmas yordamchidir. Bayramga tayyorgarlik jarayoni bolalar va tarbiyachilarning maqsadi va umumiy vazifalar birligi bilan birlashtiradi. jismoniy tarbiya yoʼriqchisiga tarbiyachi bayramga tayyorgarlik-ssenariy tayyorlashda, ishtirokchilar oʼrtasida rollar va masʼuliyatlarni taqsimlashda, musiqa joʼrligini tanlashda, zalni bezatishda, sport formasini tayyorlashda, emblemalar tayyorlashda koʼmaklashadi.
Xulosa
Mustaqilligimizning 30 yilligi arafasida tumandagi 2 ta mahallada 2 ta ONMTTlar foydalanishga topshirildi. Bulardan biri tuman markazida joylashgan Bunyodkor mahallasida qad rostladi. “Xayitova Anavar Xakimovna” nomli Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil etish uchun 2021 yilning may oyida tuman davlat xizmatlari markazi tomonidan olingan guvoxnoma asosida Bunyodkor MFY Xamdo‘stlik ko‘chasi 3-uyda tashkil etilgan Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotini ochish maqsadida YATT raxbari Shodmonov Bekzod Nurullayevich o‘z mablag‘idan 300 .000000 so‘m pul sarflab 50 o‘rinli Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotini barpo etdi. Ochilish marosimlarida tuman hokimining tegishli o‘rinbosarlari, deputatlar, nuroniylar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. Shuni yoddan chiqarmaslik kerakki, yurtimizda oxirgi to‘rt yilda bog‘chalar soni 5 ming 200 tadan 18 ming 300 taga oshdi. Bolalarni maktabgacha ta'lim bilan qamrab olish darajasi 2 barobar ortib, 60 foizga yetdi. Davlat tomonidan berilgan imkoniyat va imtiyozlar natijasida xususiy va oilaviy bog‘chalar ham ko‘paydi. Bu esa, Muhtaram Prezidentimizning ushbu sohaga, kelajak bunyodkorlariga, bir so‘z bilan aytganda ertamiz egalariga berayotgan yuksak e'tiborlari aslida. Zero, davlatimiz rahbari ta'kidlaganlaridek, "Maktabgacha ta'limning maqsadi – bolalarni maktabdagi o‘qishga tayyorlash, bolani sog‘lom, rivojlangan, mustaqil shaxs bo‘lib shakllantirish, qobiliyatlarini ochib berish, o‘qishga, tizimli ta'limga bo‘lgan ishtiyoqini tarbiyalashdir".
Albatta, bola bu dunyo, bola bu hayot mazmuning ajralmas qismidir. Bolalar o‘z tabassumlari orqali insonlar qalbida hayotga, yashashga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otadilar. Ko‘zlarida ezgulik va mexr qalqib turgan bolajon musaffo osmonda erkin parvoz etayotgan qaldirg‘och misolidir.

Download 99,31 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 99,31 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Maktabgacha ta’lim tashkilotida ish hujjatlari

Download 99,31 Kb.