• Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni
  • Amaliy mashg`ulotlarini tashkil etish boyicha ko’rsatma va tavsiyalar




    Download 0.99 Mb.
    bet11/187
    Sana07.12.2022
    Hajmi0.99 Mb.
    #33630
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   187
    Bog'liq
    8386 Ривожланишида нусони бўлган болалар диагностикаси (3)
    Didaktika fani va uning vazifalari, MA’LUMOTNOMA maktabsiz
    Amaliy mashg`ulotlarini tashkil etish boyicha ko’rsatma va tavsiyalar

    Amaliy mashg`ulotlarda talablar psixologo – pedagogik diagnostika maqsadida bolalarni tekshirishni o’rgatish ( tibbiy va pedagogik xujjatlarni tahlili asosida tekshirish rejasini tuzish, tekshirish metodlarini tanlash, bolalar bilan muloqotga kirisha olish, tekshirish va xulosa chiqarish);


    - talabalarda nuqson xarakterini aniqlashda eksperimental-psixologik metodlardan foydalanish malakalarini shakllantirish;
    - talabalarda tahlil qilish, psixologik ma`lumotlarni umumlashtirish va to’g`ri pedagogik xulosalar chiqarish malakasini oshirish;
    - talabalarni hujjatlar bilan ishlashga o’rgatish;
    - talabalarni aqli zaif bolalar uchun maxsus muassasalar tashkil qilish boyicha adabiyotlar va asosiy qo’llanmalar bilan tanishtiriladi.
    Amaliy mashg`ulotlarning mazmuni:

    1. Eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarni ta`lim jarayonida tekshirish usullari. Kar va zaif eshituvchi bolalar maktablaridagi yordamchi sinflarda bolalarni diagnostik tekshirish. Maktab bilim va ko’nikmalarini tekshirish (bolalar faoliyati va kuzatish jarayonida).

    2. O’quv faoliyati xususiyatlarini tekshirish. Qiziqishlar, qobiliyatlari, layoqatlarini o’rganish va tekshirish, o’qishga, do’stlariga, kattalarga nisbatan bo’lgan munosabatini o’rganish. O’quvchilarning ruhiy-pedagogik tavsifi.

    3. TPPK da bolalarni tekshirish metodlari va mazmuni, bayonnomalarini yozish tartib-qoidalari bilan tanishtirish. Karlar maktabidagi bolalarni murakkab nuqsonli mustaqil tekshirish. Zaif eshituvchi bolalar maktabidagi o’quvchilarini murakkab nuqsonli mustaqil tekshirish. TPPK da bolalarni tekshirish ishlarida qatnashish.

    Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni

    Mustaqil ta`lim umumdidaktik tamoyil bo’lib o’quv-tarbiyaviy jarayonning mazmuni va tashkil etilishining vazifasigina bo’lib qolmasdan, balki, uning tarkibiy qismidir. Oliy maktab pedagogikasining o’ziga xos kategoriyasi mustaqil ta`limdir. Pedagogika oliy o’quv yurtlari talabalari uchun bu juda zarur bo’lib, ular talaba sifatidagina emas, balki kelajakdagi o’qituvchilar, tadqiqotchilar sifatida mustaqil ishlay olishlari, o’quvchilarni bu faoliyatga o’rgatishlarida muhim ahamiyat kasb etadi.


    Ana shularga bog`liq ravishda “Rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalar diagnostikasi” fani boyicha talabalar mustaqil ishlarni bajarish jarayonida mavzu yuzasidan yanada kengroq ma`lumotlarga ega bo’lishlari uchun qo’shimcha adabiyotlarni o’rganadilar, tahlil qiladilar.
    Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning mavzulari:

    1. Eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarda diqqati va idrokining o’ziga xos xususiyatlarini yoritib bering.

    2. O’quvchilar nutqining magnitofon yozuvini tinglash va kar bola nutqining zaif eshituvchi bola nutqidan farqini aniqlang.

    3. O’quvchilar audiogrammalarini tahlil qiling. L.V.Neyman klassifikatsiyasi boyicha eshitish nuqsonining darajasini aniqlang.

    4. Audiogramma blankasida bola eshituv doirasini tasvirlang: o’ng quloq – IV guruh karlikka mos keluvchi qiyshiq, chap quloq – III darajadagi zaif eshitish.

    5. Maktabgacha eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarni psixologik-pedagogik tekshirish uchun materiallar tayyorlash (ko’rgazmali qurollar, talaffuz albomlari).

    6. Eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarni tekshirish bayonnomasi asosida uning diqqat, idrok, xotira, tafakkur va nutqining xususiyatlarini tahlil qilish.

    7. Tekshirish jarayonida eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarning hissiy irodaviy doirasini tavsiflab berish. xulosalarni kuzatishdagi dalillar bilan isbotlash.

    8. Eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarni psixologik-pedagogik talaffuz boyicha albom tayyorlash.

    9. Bir nechta o’quvchilar nutqiy audiogrammalarini taqqoslang, ularning o’xshash va farqli tomonlarini aniqlang.

    10. O’quvchi bilan suhbatlashing, eshituv idrokini nutq orqali tekshirishda siz qo’llaydigan nutqiy material bilan tanish ekanligini aniqlang.

    11. Eshitish idrokini nutq orqali tekshirish bayonnomasi va audiogrammalar tahlil etishda qanday ma`lumotlarga ega bo’lish mumkin.

    12. Kar va zaif eshituvchi o’quvchilar audiogrammalarini tahlil eting va taqqoslang.


    Download 0.99 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   187




    Download 0.99 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Amaliy mashg`ulotlarini tashkil etish boyicha ko’rsatma va tavsiyalar

    Download 0.99 Mb.