• Mamlakatimiz mustaqillik yillarida kombinat tomonidan qurilib foydalanishga topshirildi
  • Navoiy kon-metallurgiya kombinati – ishonchli hamkor, yuqori sifat, samaradorlik va barqarorlik kafolati.
  • "NKMK" AJning asosiy bo‘linmalari




    Download 37,46 Kb.
    bet2/9
    Sana13.05.2024
    Hajmi37,46 Kb.
    #228769
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Nkmk kon boshqarmalari to\'g\'risida ummumiy ma\'lumot

    "NKMK" AJning asosiy bo‘linmalari:
    - Shimoliy kon boshqarmasi (Uchquduq shahri);
    - Markaziy kon boshqarmasi (Zarafshon shahri);
    - Janubiy kon boshqarmasi (Nurobod shahri);
    - “1-GMZ” kon boshqarmasi (Navoiy shahri);
    - Navoiy mashinasozlik zavodi.
    Mamlakatimiz mustaqillik yillarida kombinat tomonidan qurilib foydalanishga topshirildi:
    3-gidrometallurgiya zavodi (3-GMZ)
    4-gidrometallurgiya zavodi (4-GMZ)
    5-gidrometallurgiya zavodi (5-GMZ)
    7-gidrometallurgiya zavodi (7-GMZ)
    "NKMK" AJ respublikamizning eng yirik sanoat korxonasi bo‘lib, zamonaviy konchilik asbob-uskunalari va texnologiyalar bilan jihozlangan, malakali muhandis, mutaxassis kadrlarga ega.
    Kombinat zamonaviy sanoat klasteri bo‘lib, unda ilm-fan va texnologiyalar integratsiyasining yangi shakllarini amalga oshirish uchun mustahkam poydevor yaratilgan. Kombinatning Innovatsiya markazi va ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarida maʼdanni qazib olish va qayta ishlashning ko‘plab yo‘nalishlari bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda.
    Navoiy kon-metallurgiya kombinati – ishonchli hamkor, yuqori sifat, samaradorlik va barqarorlik kafolati.
    Kombinat o‘zining shonli tarixi davomida dunyoning rivojlangan mamlakatlaridagi xorijiy hamkorlari tomonidan eʼtirof etilib, zamonaviy kon-transport va texnologik uskunalarni joriy etish, ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqish va tatbiq etish, yangi ishlab chiqarish tarmoqlarini tashkil etish bo‘yicha yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan muvaffaqiyatli hamkorlik tajribasiga ega.
    Hozirgi globallashuv jarayonlarida raqobatbardoshlikni oshirish va xalqaro integratsiyani kuchaytirish maqsadida, Navoiy kon-metallurgiya kombinatida boshqaruvning aksiyadorlik jamiyati shakliga o‘tildi. Korxonada kombinat faoliyatini takomillashtirish, uni ishlab chiqarish texnologiyalari bo‘yicha dunyoning yetakchi kompaniyasiga va xalqaro moliya bozorining to‘laqonli ishtirokchisiga aylantirishga qaratilgan zamonaviy korporativ boshqaruv tizimini joriy etish, xalqaro standartlar talablariga muvofiq moliyaviy hisobotlarni tayyorlash bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

    Download 37,46 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 37,46 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    "NKMK" AJning asosiy bo‘linmalari

    Download 37,46 Kb.