|
Akkumulyatsiya (to‘plash) (Accumulation)
|
bet | 4/7 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 0,6 Mb. | | #118248 |
Bog'liq 6 Noaniq va yumshoq ekspertli tizimlarni solishtirishAkkumulyatsiya (to‘plash) (Accumulation). Noaniq xulosa tizimida akkumulyatsiyalash, to‘plam ning har bir lingvistik chiqish o‘zgaruvchisi uchun tegishlilik funksiyasini topish amali yoki jarayonini aks ettiradi. Akkumulyatsiyaning maqsadi, chiqish o‘zgaruvchilarining har biri uchun tegishlilik funksiyalarini olish uchun xulosalar (xulosachalar) haqiqiyligining barcha darajalarini birlashtirishdan iborat. Bu bosqichni bajarishning zaruriyligi, bitta lingvistik chiqish o‘zgaruvchisining xulosachasi turli noaniq xulosa tizimlariga tegishli ekanligidan iborat.
Akkumulyatsiya amali rasman quyidagicha bajariladi. Bosqich boshlangunga qadar, ko‘rib chiqilayotgan qoidalar bazasidagi har bir qoida uchun xulosachalarning haqiqiyligi qiymati noaniq to‘plam shaklida ma’lum deb faraz qilinadi, bunda – qoidalar bazasidagi xulosachalarning umumiy soni. Keyin har bir lingvistik chiqish o‘zgaruvchisi va unga tegishli noaniq to‘plam ko‘rib chiqiladi.
Lingvistik chiqish o‘zgaruvchisi uchun Akkumulyatsiyalash natijasi, formulalardan biri bo‘yicha olingan noaniq to‘plamlar birlashmasi kabi aniqlanadi. Agar har bir lingvistik chiqish o‘zgaruvchilari uchun natijaviy tegishlilik funksiyalari va ularning qiymatlari aniqlangan bo‘lsa, Akkumulyatsiyalash bosqichi tugallangan hisoblanadi, bu yerda – noaniq xulosa tizimi qoidalari bazasidagi lingvistik chiqish o‘zgaruvchilarining umumiy soni.
Noaniq xulosa tizimlaridagi defazzifikatsiya (defuzzification) o‘zida to‘plamdagi har bir lingvistik chiqish o‘zgaruvchilari uchun oddiy (aniq) qiymatlarni topish amali yoki jarayonini aks ettiradi.
Defazzifikatsiyaning maqsadi, barcha lingvistik chiqish o‘zgaruvchilarini Akkumulyatsiyalash natijalaridan foydalanib, noaniq xulosa tizimi uchun tashqi hisoblangan maxsus qurilmalarni qo‘llab, chiqish o‘zgaruvchilarining har biri uchun oddiy miqdoriy qiymatlar (crisp value) ni aniqlashdan iborat.
Zamonaviy boshqarish tizimida qo‘llanilayotgan qurilma va mexanizmlar an’anaviy buyruqlarni mos boshqarish o‘zgaruvchilari shaklida qabul qilish imkoniga ega. Aynan shuning uchun noaniq to‘plamlarni ba’zi aniq qiymatli o‘zgaruvchilarga o‘zgartirish lozim. Shuning uchun ham defazzifikatsiyani aniqlikka keltirish deb atashadi.
Defazzifikatsiya amali rasman quyidagicha amalga oshiriladi. Bu bosqich boshlangunga qadar, to‘plam shaklidagi barcha lingvistik chiqish o‘zgaruvchilarining tegishlilik funksiyalari ma’lum deb faraz qilinadi, bu yerda – noaniq xulosa tizimi qoidalar bazasidagi lingvistik chiqish o‘zgaruvchilarining umumiy soni.
Keyin ketma-ket tarzda har bir lingvistik chiqish o‘zgaruvchisi va ularga mos keluvchi noaniq to‘plam ko‘rib chiqiladi. Lingvistik chiqish o‘zgaruvchisi uchun defazzifikatsiya natijasi, quyida ko‘rib chiqiladigan formulalardan biri bo‘yicha hisoblanadigan miqdoriy qiymat shaklida aniqlanadi.
Har bir lingvistik chiqish o‘zgaruvchilari uchun natijaviy miqdoriy qiymat haqiqiy son, ya’ni shaklida aniqlangandan so‘ng defazzifikatsiya bosqichi tugallangan hisoblanadi, bu yerda – noaniq xulosa tizimi qoidalar bazasidagi lingvistik chiqish o‘zgaruvchilarining umumiy soni.
Defazzifikatsiya bosqichida hisoblarni amalga oshirish uchun defazzifikatsiya usullari deb nom olgan formulalar ishlatilishi mumkin.
|
| |