• Faollashtirish (Activation)
  • Agregatlash (Aggregation)




    Download 0,6 Mb.
    bet3/7
    Sana14.12.2023
    Hajmi0,6 Mb.
    #118248
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    6 Noaniq va yumshoq ekspertli tizimlarni solishtirish

    Agregatlash (Aggregation). Agregatlash o‘zida noaniq xulosalash tizimi qoidalarining har biri uchun haqiqiylik darajaini aniqlash amalini namoyon etadi. Agregatlash amali rasmiy ravishda quyidagicha amalga oshiriladi. Bu bosqichning boshlanishiga qadar noaniq xulosalash tizimining barcha shartchalari haqiqiylik qiymatlari, ya’ni qiymatlar to‘plami ma’lum deb faraz qilinadi. Keyin noaniq xulosalash tizimining har bir qoidasi ko‘rib chiqiladi. Agar qoidaning sharti o‘zida « » va « » degan noaniq fikrni aks ettirsa, unda uning haqiqiylik darajasi qiymatga mos keladi, bu yerda – modifikator bo‘lib, «JUDA», «KATTA YO KICHIK», «KO‘P KATTA» kabi so‘zlarga mos keladi, bu so‘zlar lingvistik o‘zgaruvchilar bilan berilgan va amallardan olinadi.
    Noaniq xulosalash tizimining qoidalar bazasi ga kiruvchi qoidalarning har biri uchun barcha qiymatlar topilganda agregatlash bosqichi tugatilgan hisoblanadi. Bu qiymatlar to‘plamini bilan belgilaymiz.
    Noaniq kon’uksiya va noaniq diz’yunksiya natijalarini aniqlash uchun hisoblash formulalaridan foydalanganda, noaniq mahsulotlar qoidalarining barchasi uchun hisoblash usullarini juft holda qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
    Faollashtirish (Activation). Noaniq xulosalar tizimida faollashtirish, noaniq mahsulotlar qoidalarining xulosachalarining har birini haqiqiylik darajasini aniqlash amalidan iborat. Faollashtirish umumiy holda noaniq munosabatlarni kompozitsiyalashga o‘xshash, lekin uning aynan o‘zi emas.
    Faollashtirish amali rasmiy ravishda quyidagicha amalga oshiriladi. Bu bosqich boshlangunga qadar noaniq xulosalash tizimining barcha shartlarining haqiqiylik qiymatlari, ya’ni qiymatlar to‘plami va har bir qoidaning koeffitsiyentlari qiymatlari ma’lum deb faraz qilinadi. Keyin noaniq xulosa tizimi qoidalari xulosalarining har biri ko‘rib chiqiladi. Agar qoidaning xulosasi o‘zida oddiy turdagi noaniq fikrni namoyon etsa, unda uning haqiqiylik darajasi qiymat ni vazn koeffitsiyenti ga algebraik ko‘paytmasiga teng bo‘ladi.
    Shunday qilib, ko‘rib chiqilayotgan qoidalar bazasidagi har bir qoida uchun xulosachalarning haqiqiyligi qiymati topiladi. Bu qiymatlar to‘plamini orqali belgilaymiz, bu yerda – qoidalar bazasidagi xulosachalarning umumiy soni.
    Bunda alohida xulosachalar uchun vazn koeffitsiyenti individual berilgan hollar ham bo‘lishi mumkin. Faollashtirish amali avvalgidek qolaveradi.
    To‘plam aniqlanganidan so‘ng, ko‘rib chiqilayotgan lingvistik chiqish o‘zgaruvchilari uchun xulosachalarning har birini tegishlilik funksiyalari aniqlanadi. Buning uchun u yoki bu noaniq kompozitsiya usulining modifikatsiyasi hisoblanuvchi quyidagi usullaridan biri ishlatiladi:
    min-faollashtirish:
    ;
    prod- faollashtirish:
    ;
    average- faollashtirish:
    ,
    bu yerda – universumda berilgan ba’zi chiqish o‘zgaruvchilari ning qiymatlari hisoblanuvchi termlarning tegishlilik funksiyasi.
    Noaniq mahsulotlar qoidalari alohida xulosachalari tarkibiga kiruvchi lingvistik chiqish o‘zgaruvchilarining har biri uchun ularga mos tegishlilik funkiyalarining qiymatlari, ya’ni noaniq to‘plam aniqlangach, faollashtirish bosqichi yakunlagan hisoblanadi, bu yerda – noaniq xulosa tizimi qoidalari bazasidagi xulosachalarning umumiy soni.
    Ko‘rib chiqilgan usullardan tashqari, faollashtirishni bajarish uchun noaniq kompozitsiyaning turli amallari takomillashuviga asoslangan boshqa usullar ham taklif etilgan.

    Download 0,6 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 0,6 Mb.