|
Xloridlarga mеtall ta'sirida karbidlar olish
|
bet | 10/11 | Sana | 19.06.2024 | Hajmi | 352 Kb. | | #264441 |
Bog'liq 109469 Noorganik sintez amaliy masg`ulot 1Xloridlarga mеtall ta'sirida karbidlar olish. Nayga joylashtirilgan chinni yoki kvarts qayiqchaga xlorid solib, mеtall yuboriladi va nay qizdiriladi. Ko’pgina xloridlar oson haydaladi, shuning uchun qizdirish asta-sеkin ko’tarilib boradi. Reaksiya tugagandan kеyin gaz chiqarish naydan vodorod xlorid chiqarib yuboriladi. So’ng karbid ustidagi ko’mir qizdiriladi yoki tozalanadi. Boshqa usullarda ham karbid olish mumkin. Mеtallarga atsеtilеn bilan suv eritmasidagi tuz ishtirokida uglеrod ta'sir ettiriladi. Karbidsiz fazada kislorod mavjud bo’ladi.
Vodorod sul`fid.
Tabiatda vodorod sul`fid ba’zi shifobaxsh mineral suv manbalarida va oz miqdorda vulkan gazlar tarkibida uchraydi.Yuqori temperaturada (6000) vodorod bilan oltingugurtni biriktirib ham vodorod sul`fidni sintez qilish mumkin.
H2 + S H2S + 4,8 kkal
Laboratoriyada H2S olish uchun metallarning sul`fidlariga HCl yoki H2SO4 ning eritmalari ta’sir etiriladi.
FeS + 2HCl FeCl2 + H2S
Vodorod sil`fid odatda kipp apparatida olinadi. U - rangsiz, juda zaharli gaz. Uning hidi xuddi palag`da tuxumning hidiga o`xshash. Qattiq qizdirilganda H2S vodorod va oltingugurtga ajraladi. H2S havoda yonadi.
2H2S + 3O2 2H2O + 2SO2
Agar havoda yonib turgan H2S alangasi sovuq sirtga tutilsa, yonish natijasida hosil bo’layotgan oltingugurt idish devoriga o’tiradi:
2H2S + 3O2 2H2O + S
H2S kuchli qaqytaruvchi. H2S suvda eritilsa kuchsiz sul`fid kislota hosil bo`ladi. Vodorod sul’fid asos va tuzlarning eritmalariga yuborilganda metall sul’fudlar hosil bo’ladi. Suvda erimaydigan sul’fidlar tegishli tuzlarning eritmalaridan H2S o’tkazish yo’li bilan cho’kma holida hosil qilinadi.
Kaliy gidroksid eritmasi vodorod sul`fid bilan to`yintirilsa avval kaliy gidrosul`fid hosil bo`ladi.
KOH + H2S KHS + H2O
Eritmaga ishqor yana qo`shilganda kaliy sul`fid hosil bo`ladi.
KHS + KOH K2S + H2O
Natriy sul`fid natriy sul`fatni ko`mir yordamida qaytarish yo`li bilan olinadi:
Na2SO4 + 4C Na2S + 4CO
Ishqoriy va ishqoriy-er metallar sul`fidlarining suvdagi aralashmalari beqaror bo`ladi, chunki bu sul`fidlar havoda osonlik bilan oltingugurtga qadar oksidlanadi. Hosil bo`lgan oltingugurt esa osongina metall sul`fid eritmasida erib polisul`fidlarni beradi. Masalan, Na2S eritmasidan Na2S38H2O tarkibli natriy polisul`fid hosil bo`ladi:
Na2S + 2S Na2S3
Og`it metallarning sul`fidlari, masalan HgS, PbS, Sb2S3, CuS, CdS, ZnS, MnS, NiS va hakozalar o`zlariga xos rangga ega bo`lib, suvda yomon eriydi. Ana shu sababli kationlarni bir-birida ajratishda bunday sul`fidlar hosil bo`lishidan foydalaniladi, chunki ularning ba’zilari suyultirilgan HCl eritmasida eriydi, ba’zilari suvda ham, suyultirilgan HCl eritmasida ham erimaydi.Ba’zi metallarning sul`fidlari to`liq gidrolizga uchraydi. Masalan, xrom sul`fid Cr2S3 suvda quyidagicha gidrolizlanadi:
Cr2S3 + 6H2O = 2Cr(OH)3 + 3H2S
Asosli sul`fidlar kislotali va amfoter sul`fidlar bilan o`zaro ta’sirlashib kompleks birikmalar hosil qiladi;
3Na2S + As2S5 2Na3AsS4
|
| |