|
MA’RUZA №12
Mavzu: Vintli va konusli saralagichlarda
|
bet | 47/90 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 13,14 Mb. | | #228770 |
Bog'liq Noyobvaradioaktivmetallarrudalariniboyitish (1)MA’RUZA №12
Mavzu: Vintli va konusli saralagichlarda boyitish
Reja:
1. Vintli separatorlarning vazifasi v ishlash prinsiplari
2. Purkovchi va konusli separatorlarda boyitish
Tayanch iboralar: amplituda, chastota, suv sarfi, zichlik, diafragma, porshen, yiriklik, texnologik sxema, boyitish maqsulotlari, komponentning miqdor, boyitish mahsulotlari, ajralish, chiqindining chiqishi, boyitilish darajasi, qisqarish darajasi
Vintli separatorlarda boyitish xuddi shlyuzlarda boyitishdagidek ketadi, lekin bu usulda boyitishda og‘irlik kuchi bilan bir qatorda kattaligi og‘irlik kuchidan bir necha barobar katta markazdan qochma kuch ham ishlatiladi.
SHuning uchun mineral zarrachalarning zichligiga qarab ajralishi tezroq ketadi va apparatning o‘lchamini sezilarli darajada kichraytirish mumkin.
Vintli separator vertikal o‘qqa ega qo‘zg‘almas vintsimon burama tarnovchadan iborat. Bunday apparatlar kamyob, nodir metallar, tub va sochma konlar rudalarini boyitishda, fosforitli, xromitli rudalarni boyitishda ishlatiladi.
Separator bo‘tanani qabul qiluvchi idish 1, burama (vintli) tarnovcha 2, boyitish mahsulotlari uchun ajratgich 3, ustun 4, va chiqindi uchun tarnovcha 5 dan iborat. Separator tarnovchasi cho‘yan yoki po‘latdan quyilishi, yoki po‘lat list yo alyuminiyli qotishmalardan tayyorlanishi mumkin.(15-rasm)
Tarnovchaning tashqi devori (bort) ichki devoriga nisbatan balandroq bo‘ladi. Tarnovchaning tubida boyitma va oraliq mahsulotni chiqarib olish uchun teshik bo‘lib, uning ustiga ajratgich o‘rnatiladi.
Rasm 39. Vintli separator
Butana tarnovchaning yuqori qismiga beriladi. Tarnovcha bo‘ylab harakatlanayotganda mineral zarrachalar suv oqimining, ishqalanish kuchining, og‘irlik kuchi va markazdan qochma kuchning ta’siriga uchraydi. Bu kuchlarning birgalikdagi ta’siri natijasida mahsulot zichligiga qarab taqsimlanadi: engil minerallar tashqi yon devor tomon siljib, spiralsimon traektoriya bo‘ylab pastga siljiydi; og‘ir zarrachalar esa shunday traektoriya bo‘yicha tarnovchaning tubi bo‘ylab harakatlanadi.
Separatorning yuqori o‘ramlaridan ajratgichlar yordamida boyitma, o‘rta o‘ramlaridan oraliq maxsulot, chiqindi esa tarnovchaning oxiridagi quyi o‘ramlaridan chiqarib olinadi.
Vintli separatorlar ishiga quyidagi konstruktiv va texnologik parametrlar ta’sir qiladi: vintsimon tarnovchaning diametri va qadami, o‘ramlar soni, tarnovcha ko‘ndalang kesimining yon tomonidan ko‘rinishi, ajratgichlar soni, ularni o‘rnatish joyi, mineral zarrachalarning o‘lchami va shakli, bo‘tanadagi qattiq zarrachalarning mikdori, sarflanadigan suv mikdori va x.k.
Separatorning diametri berilgan ishlab chiqarish unumdorligiga, ajratiladigan minerallarning yirikligi va zichligiga bog‘liq Sanoatda ishlatiladigan separatorlar tarnovchasining diametri 600 dan 1500 mm gacha bo‘ladi.
Vintsimon tarnovchaning qadami uni gorizontal tekislikka nisbatan qiyalik burchagini belgilaydi. Boyitilayotgan mahsulot qancha mayda bo‘lsa, tarnovchaning nisbiy qadami shuncha kichik bo‘lishi kerak. Odatda u 0,4-0,6 ga teng.
Tarnovchaning o‘ramlari soni boyitilayotgan mahsulotning fizik xossalariga bog‘liq va yirikligidagi farq kamayishi bilan ortib boradi. Sanoat separatorlarida o‘ramlar soni 4-6 tani tashkil qiladi.
Ajratgichlar soni va ularni o‘rnatish joyi har qaysi konkret hol uchun tajriba yo‘li bilan aniqlanadi. Odatda tarnovchaning har qaysi o‘rami ajratgich bilan ta’minlanadi.
O‘lchami 4 mm dan 0,25 mm gacha bo‘lgan mahsulot vintli separatorlarda samarali boyitiladi. Bundan mayda zarrachalar yomonroq boyitiladi. Dastlabki mahsulot tarkibida loyqa va mayin shlamlarning bo‘lishi vintli separatorlarda ajralishning keskin buzilishiga olib keladi.
Vintli separatorlarda boyitishda, agar og‘ir mineral zarrachalari yassi plastinka, engil mineral zarrachalari esa dumaloq shaklda bo‘lsa eng yaxshi natijalarga erishiladi. YAssi plastinka shaklidagi zarrachalar siljishning ishqalanish kuchlari ta’sirida tarnovchaning ichki yon devorida ushlanib qolib boyitmaga ketadi, engil minerallarning dumaloq shakldagi zarrachalari esa tarnovning tashqi yon devori buylab harakatlanadi va chiqindiga ajraladi.
Vintli separatorlarga berilayotgan bo‘tana tarkibidagi qattiq zarrachalarning massa miqdori 25-30 % da ushlab turiladi.
Ishlab chiqarish unumdorligi esa separatorning o‘lchami va boyitilayotgan rudaning xossasiga qarab 2 dan 30 t/soat.
Vintli separatorlar sodda tuzilishga ega, ularni ishlatish qulay, ularda elektr energiya sarflanmaydi va kam joyni egallaydi.
O‘lchami 4 mm dan 0,15 mm gacha bo‘lgan og‘ir minerallar (oltin, ilmenit, kassiterit va h.k.) boyitilganda 97 % ga qadar yuqori ajralishga erishish mumkin. Biroq minerallarning o‘lchami 4 mm dan ortsa yoki 0,15 mm dan kamaysa vintli separatorlarda boyitish samarasi keskin kamayadi.
|
| |