• Rasm 42. Konusli separator
  • Rasm 41. Purkovchi konsentrator




    Download 13,14 Mb.
    bet49/90
    Sana13.05.2024
    Hajmi13,14 Mb.
    #228770
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   90
    Bog'liq
    Noyobvaradioaktivmetallarrudalariniboyitish (1)

    Rasm 41. Purkovchi konsentrator

    Bo‘tana yuqoridagi 12 ta tarnovchaga bo‘tana bo‘luvchi 1 dan halqasimon tarnovcha 2 orqali taqsimlanadi. Pastki tarnovchalarga esa yig‘uvchi qutichalar orqali yuqori tarnovchalardan o‘z-o‘zidan quyiladigan. Bo‘tanani tarnovchaga quyiladigan joyida oqimning tezligini pasaytirish va tarnovchaning kengligi bo‘yicha bir tekis taqsimlanishi uchun quticha 4 o‘rnatilgan.


    Tarnovchaning bo‘shatish tomonida mahsulotlar yarim doirasining ajralishi mahsulotlarni qabul qiluvchi quti 8 ga yo‘naltiruvchi kesgich 7 lar orqali amalga oshiriladi.
    Boyitmalar - 2 + 0,044 mm yiriklikdagi va qattiq zarrachalarning miqdori 45 - 60 % li bo‘tanada ishlaydi. Uning ishlab chiqarish unumdorligi boyitilayotgan mahsulotning yirikligiga bog‘liq bo‘lib, soatiga 3 dan 12 tonnagacha oraliqda bo‘ladi.
    Purkovchi konsentratorning afzalligi - bitta apparatlarda birlamchi boyitish va pastki tarnovchalarda mahsulotni qaytadan boyitish operatsiyalarini bajarish mumkinligi.
    Purkovchi boyitmalar titan-sirkoniyli sochma konlar va ba’zi tub konlar rudalarini boyitishda samarali ishlatilmoqda. Ayniqsa 0,1 mm dan kichik o‘lchamdagi mahsulotni boyitishda yuqori samaradorlikka erishiladi.
    Kamyob metalli sochma konlar rudalarini boyitishda konusli separator (18-rasm) ishlatiladi.

    Rasm 42. Konusli separator

    Separator ichki tomoniga yaxshilab ishlov berilgan to‘nkarilgan kesik konusdan iborat. Ishchi konusning pastki qismida markazga quyuluvchi toraygan tarnovchani tashkil qiluvchi qisqa pona 5 lar o‘rnatilgan. Separatorlar ponalarsiz ham ishlab chiqariladi. Ishchi konus ustida taqsimlovchi konussimon halqa 2 o‘rnatilgan bo‘lib, u teshikli halqasimon to‘siq 3 ga ega. Separator bo‘tana bo‘luvchi 1 bilan ta’minlangan.


    Ishchi konusning ostida boyitish mahsulotlarining chiqishi va sifatini boshqarish uchun texnik qurilma o‘rnatilgan bo‘lib, u vertikal yo‘nalishda shturval 6 orqali harakatlanuvchi ajratkich va vintli uzatmadan iborat. Boyitish mahsulotlari yig‘uvchi tarnovcha 8 ga tushadi. Separatorning xamma konstruktiv elementlari metal rama 9 ga o‘rnatilgan.
    55 - 60 % qattiq zarrachalardan iborat bo‘tana patrubka yordamida konussimon halqa 2 buylab tekis taqsimlanadi va ishchi konus yuzasiga kelib tushadi.
    Bo‘tana torayuvchi va asta-sekin qalinlashuvchi oqim tarzida pastga harakatlanganda mineral zarrachalarning zichligi va o‘lchamiga qarab ajralishi sodir bo‘ladi. Ponalar o‘rnatilgan zonaga kirganda bo‘tana bir qator oqimlarga bo‘linib, konus yuzasidan yarim doira (elpig‘ich) shaklida tushadi. Ajratkichlar orqali mahsulotlar yarim doirasi boyitma, oraliq mahsulot va chiqindiga ajratiladi.
    Konusli separatorlar bir yoki ko‘p qavatli (yarus) qilib tayyorlanadi (bitta apparatda 6 tagacha yarus bo‘lishi mumkin).
    Ko‘p qavatli separatorlarning pastki qavatida yuqori qavatdagi boyitish mahsulotlari tozalanadi. Ishchi konuslar asosining diametri 2 yoki 3 m bo‘lishi mumkin. Konuslarning hosil bo‘luvchi gorizontga nisbatan qiyalik burchagi 14 dan 20° gachani tashkil qiladi.
    Torayuvchi oqim prinsipi buyicha ishlaydigan apparatlarning afzalligi ularning yuqori solishtirma ishlab chiqarksh unumdorligiga, sodda tuzilishga egaligi, boyitiluvchi har tonna ruda uchun suv sarfining ozligi.
    Kamchiligi - pastki tirqishlar kengligini boshqarish qiyinligi, ularni katta zarrachalar bilan tez - tez yopilib qolishi.



    Download 13,14 Mb.
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   90




    Download 13,14 Mb.