• Rasm 44. Siklon turidagi markazdan qochma saralagich.
  • Markazdan qochma saralagichlarda boyitish haqida ma’lumot




    Download 13,14 Mb.
    bet52/90
    Sana13.05.2024
    Hajmi13,14 Mb.
    #228770
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   90
    Bog'liq
    Noyobvaradioaktivmetallarrudalariniboyitish (1)

    Markazdan qochma saralagichlarda boyitish haqida ma’lumot
    Yigirmanchi asrning oxiriga qadar rudalarni boyitish amaliyotida tug’ma oltinni, sochma minerallarni hamda og’ir metallar minerallari (masalan, kassiteritni) boyitishda markazdan qochma saralagichlar keng qo’llanildi.
    Markazdan qochma saralagichlarda mineral zarrachalarinig bir-biridan ajralish printsipi uchun suv oqimi qo’llaniladi, ammo ajralish jarayoni markazdan qochma maydonda sodir bo’ladi.
    Minerallarni ajralish qismida markazdan qochma maydonni hosil qilish ularni ajralishiga ketadigan vaqtni qisqartiradi va bu jarayonni kichik o’lchamdagi uskunalarda amalga oshirish imkonini beradi.
    Markazdan qochma maydon hosil qilish printsipiga ko’ra bir-biridan farq qiluvchi ikki turli saralagichlar mavjud:
    1) qisqakonusli boyitish siklonlari-bunda boshlang’ich mahsulot bosim ostida yuboriladi;
    2) naporsiz markazdan qochma saralagichlar.
    Boyitish siklonlari (16-rasm) hamda tasniflash siklonlari silindrli va konusli qismlardan tashkil topgan. Tasniflash siklonlaridan farqli o’laroq, boyitish siklonlarining konusli qismi qiyalik burchagi katta - 90° dan 120° (140) ° gacha. Ammo, konusli qismi qiyalik burchagi 20° bo’lgan tasniflash siklonini boyitish maqsadida qo’langanlik hollari ma'lum.



    Rasm 44. Siklon turidagi markazdan qochma saralagich.

    Saralagichlarning konusli qismining qiyalik burchagi o’zgaruvchan bo’lishi mumkin. Jahon amaliyotida qalaytarkibli dengiz qumlarini boyitishda ishlatiladigan «Trikon» saralagichining (17-rasm) konus qismi qiyalik burchagi o’zgaruvchan.


    Markazdan qochma saralagichlar – boyitish siklonlari suyultirilgan bo’tanada, ya'ni, suyuqlikning qattiklikka nisbati 10:1 dan 20:1 gacha oralig’ida yaxshi ishlaydi.
    Bo’tananing siklonga tushishidagi optimal bosim (0,5-1)•105 Pa oralig’iga to’gri keladi.
    Nisbatan yirik mahsulotlarni boyitishda pastroq bosim, mayda donador mahsulotlarni boyitishda esa kattaroq bosim qo’llaniladi.




    Download 13,14 Mb.
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   90




    Download 13,14 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Markazdan qochma saralagichlarda boyitish haqida ma’lumot

    Download 13,14 Mb.