• Rasm 46. Sanoat saralagichi - sentrifuga: 1 – tayanch; 2 – elektrodvigatel; 3 – shkiv; 4 – podshipnik; 5 – rotor; 6 – himoyalagich (futerovka); 7 – qopqoq
  • Rasm 45. «Trikon» markazdan qochma saralagichining konus qismi turlari




    Download 13,14 Mb.
    bet53/90
    Sana13.05.2024
    Hajmi13,14 Mb.
    #228770
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   90
    Bog'liq
    Noyobvaradioaktivmetallarrudalariniboyitish (1)

    Rasm 45. «Trikon» markazdan qochma saralagichining konus qismi turlari


    Markazdan qochma saralagichlarning tuzilishi va ishlash usullari
    Qum va sliv trubalari diametrlarining nisbati – uskuna ishlashining asosiy sozlanadigan parametri hisoblanadi. Bu parametrning optimal qiymati 0,15 dan to 0,3 (0,4) oralig’ida bo’lib, boyitilayotgan mahsulotning kattaligiga va uning tarkibidagi og’ir fraktsiyaning miqdoriga bog’lik. Tasniflash siklonlaridan farqli o’laroq boyitish siklonlari kichik diametrdagi qum nasadkalari o’rnatilganda ham qum tiqilib kolmasdan ishlaydi. Shuning uchun qum bo’yicha solishtirma ishlab chiqarish quvvati tasniflash siklonlariga nisbatan bir qancha kam.
    Siklonga tushayotgan bo’tana oqimi aylanib, pastga qarab harakatlanadi. Makrazdan qochma kuch ta'sirida mineral zarrachalar siklonning devoriga nisbatan qatlamlanadi. Bunda katta zichlikka ega bo’lgan zarrachalar pastki qatlamga yig’iladi va saralagichning konus qismi bo’ylab pastga harakatlanadi va qum tushadigan tuynukdan bo’shatiladi.
    Sentrifuga turidagi makrazdan qochma saralagichlar tarkibida tug’ma oltin bo’lgan rudalarni boyitishda, sochma konlarni qidirib topish va qayta ishlashda, rangli metall rudalarini boyitishda flotatsiyadan avval yoki flotatsiya chiqindisidan oltinni yo’l-yo’lakay ajratib olishda keng qo’llaniladi.
    Hozirgi vaqtda saralagich sentrifugalarning ikki turi mavjud bo’lib, ular rotorining o’lchami va tuzilishi, rotor devorining ichki qismidagi xalqasimon riflilarning o’lchami va turi bilan farq qiladi.
    Yarimsfera ko’rinishiga ega bo’lgan rotorli sanoat saralagichi 18-rasmda ko’rsatilgan.



    Rasm 46. Sanoat saralagichi - sentrifuga:
    1 – tayanch; 2 – elektrodvigatel; 3 – shkiv; 4 – podshipnik; 5 – rotor;
    6 – himoyalagich (futerovka); 7 – qopqoq

    Rotorga rezinadan yasalgan futerovka o’rnatiladi. Rotor harakatni tasmali uzatma orqali elektrodvigateldan oladi. Dastlabki mahsulot rotorning tepa qismidan qozonning tubi markaziga beriladi. Mahsulot markazdan qochma kuch ta'sirida rotor bilan birga aylanib, o’zining oqimida pastdan tepaga qarab erkin yuza hosil qiladi. Bu holatda bo’tananing aylanishi rotorning aylanishidan ortda qoladi va spiral bo’ylab harakat qiladi. Bo’tananing rotorga tushgan joyidan uni slivga chiqib ketgungacha bosib o’tgan yo’li rotor qozonining xalqa chizig’iga nisbatan ancha uzun. Og’ir mineral (metall) zarralari oqim tubiga, ya'ni rotor devoriga cho’kadi va riflilar orasida to’planadi. Boyitmani bo’shatish uchun rotor aylanishdan to’xtatiladi va rezina riflilar orasida to’plangan boyitma yuvib tushiriladi. Shunday qilib, markazdan qochma saralagichlar – sentrifugalarning ishlash printsipi shlyuzlarning ishlashi singaridir. Ularni markazdan qochma shlyuzlar deb ham atash mumkin.


    12-rasmda ko’rsatilgan saralagichdan farqli o’laroq boshqa saralagichlarning rotori silindrik yoki kichik qiyalik burchagiga ega bo’lgan teskari o’rnatilgan kesik konus shakliga ega bo’ladi. Ular bir-biridan aylana riflilarining balandligi va ularning joylashishi bilan farq qiladi.
    Zamonaviy chet el markazdan qochma saralagichlaridan sanoatda qo’llaniladiganlari «Nelson» va «Falkon» saralagichlaridir. Bu saralagichlarning boshqa saralagichlardan farqi shundaki, ularning rotori qiya devoriga qatlamlanib cho’kkan mineral zarralar rotor qobigidagi teshiklar orqali qo’shimcha suv yuborish orqali yumshatiladi. Bunday qaror qabul qilish boyitilish darajasini orttiradi, ya'ni, nisbatan boyroq boyitma olinadi.
    «Falkon» saralagichining rotori ikki qavat bo’lib, sirtki bir butun qobqdan va ichki teshikchalarga ega bo’lgan qobiqdan iborat. Bu qobiqlarning oralig’i kichikroq bosimga ega bo’lgan suv bilan to’ldiriladi. Natijada ichki teshikchalarga ega bo’lgan qobiqdan chiqqan suv rotor devoriga cho’kib qolgan mahsulot zarralarini orasini yumshatadi. Yumshagan mahsulot ichidagi yengil zarralar markazdan qochma kuch ta'sirida chiqib ketadi, og’ir zarralar esa rifli oralig’ida to’planib qoladi. «Falkon» saralagichiga toza suv ishlatiladi, aylanma suv ishlatilsa rotor qobiqlari oralig’i tiqilib qolishi mumkin.
    Boshqa konstruktsiyaga ega bo’lgan saralagichlarda esa riflilar oralig’idagi mahsulotni yumshatish uchun rotor o’rtasiga vertikal holda teshikchalarga ega bo’lgan truba urnatiladi. Bu truba teshiklaridan bosim ostida chiqqan suv riflilar orasidagi mahsulotni yumshatadi va og’ir zarralar rifli orasida qoladi, yengillari chiqindiga chiqib ketadi.
    Markazdan qochma saralagichlarda boyitiladigan mahsulotlarning kattaligi saralagichning o’lchamiga bog’liq. Diametri 120, 300, 400 mm bo’lgan saralagich uchun dastlabki mahsulotning maksimal o’lchami 4, 6, 8 mm. Zarrachaning maksimal o’lchami meyoriy suv sarfiga (hajmiy unumdorlikka) bog’liq.
    Markazdan qochma saralagichlar rotorining aylanish chastotasi, rotorning maksimal diametriga va boyitilayotgan mahsulotning maksimal diametriga bog’liq. U aksar hollarda shunday tanlanadiki, minerallarning ajralishini ta'minlasin va 15-20 Gts oralig’ida, ya'ni rotor devorining balandki qismini aylanish tezligi 4 dan 6 m/s. ga to’gri kelsin.
    Siklon turidagi markazdan qochma saralagichlar o’zining yuqori samaradorlikka ega ekanligi bilan ajralib turadi va oltin va qalay rudalarini dastlabki boyitishda muvaffaqiyatli qo’llanadi. Gidrometallurgiya va flotatsiya jarayonlaridan avval tasniflagichning slivi va qumi mos holda markazdan qachma saralagich va cho’ktirish mashinasida boyitilganda 80-90 % erkin holdagi oltin ajratib olinadi.
    Markazdan qochma saralagichlar boyitish fabrikalari chiqindilarini qayta boyitishda ham qo’llaniladi. Bunda olingan mahsulot tarkibi dastlabki mahsulot tarkibiga yaqinrok bo’ladi va bu mahsulot jarayon boshiga qayta boyitish uchun yuboriladi.
    Qisqa konusli siklonlarda og’ir metallarning boyitilish darajasi 10 ga yetadi.
    Naporsiz markazdan qochma saralagichlar bir xil diametrga ega bo’lgan siklon uskunasiga qaraganda kichik unumdorlikka ega bo’ladi. Lekin ularning solishtirma unumdorligi boyitish stollariga qaraganda ancha yuqori. Bunday uskunalarda tarkibida oltin bo’lgan qumlari boyitilganda boyitilish darajasi 1000 va undan yuqori bo’lishi mumkin.

    Download 13,14 Mb.
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   90




    Download 13,14 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Rasm 45. «Trikon» markazdan qochma saralagichining konus qismi turlari

    Download 13,14 Mb.