|
MA’RUZA №13
Mavzu: SHlyuzlarda va markazdar qochma separatorlarda boyitish
|
bet | 50/90 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 13,14 Mb. | | #228770 |
Bog'liq Noyobvaradioaktivmetallarrudalariniboyitish (1)MA’RUZA №13
Mavzu: SHlyuzlarda va markazdar qochma separatorlarda boyitish
Reja:
SHlyuzlarda boyitish.
SHlyuzlarning texnologik parametrlari va ishlash tartibi
Markazdan qochma saralagichlarda boyitish haqida ma’lumot
Tayanch iboralar: suv sarfi, zichlik, diafragma, porshen, yiriklik, texnologik sxema, boyitish maqsulotlari, komponentning miqdor, boyitish mahsulotlari, ajralish, chiqindining chiqishi, boyitilish darajasi, qisqarish darajasi
SHlyuzlarda boyitish
Sochma kon (oltin, volfram, qalay va kamyob metallar) rudalarini boyitishda shlyuz deb ataluvchi dastgohdan foydalaniladi.
SHlyuz - to‘g‘ri burchak shakldagi qiya tarnovchadan iborat bo‘lib, uning tubiga trafaret yoki juni o‘siq, mato (kigiz, tuki o‘siq, movut, g‘adir-budir rezina va x.k.) to‘shaladi.
SHuningdek, metal trafaretlar ham ishlatiladi. Ular suvning uyurma (girdob) oqimini hosil qiladi, g‘adir-budir materialdan tayyorlangan qoplamalar esa shlyuzning tubi bo‘ylab xarakatlanayotgan zarrachalarga qarshilikni oshiradi va quyi qatlamlarda suv harakatini pasaytiradi.
Trafaret va qoplamalar shlyuzlar ishining sifat ko‘rsatkichlarini belgilovchi muxim omil xisoblanadi.
Trafaretlarning balandligi suv oqimi chuqurligidan katta bo‘lmasligi kerak, o‘z navbatida u boyitilayotgan maxsulot yirikligiga qarab tanlanadi. Odatda oqim chuqurligi boyitilayotgan maxsulotning eng katta zarrachasi o‘lchamidan 2-3 marta katta bo‘lishi kerak.
Bo‘tana shlyuz bo‘ylab xarakatlanganda minerallar aralashmasidagi zarrachalar zichligi va yirikligiga qarab ajraladi. (43-rasm).
Rasm 43. Bo‘tananing yuzasi
1-bo‘shliq,; 2-uyurma oqimlar; 3-shlyuz tubi; 4-mat; 5-trafaret; 6-yirik engil zarracha va uning yo‘li; 7-mayda og‘ir zarracha va uning yo‘li.
|
| |