• Rasm 38. SKM-1A konsentratsion stoli.
  • Noyob va radioaktiv metall rudalarini boyitish




    Download 13,14 Mb.
    bet44/90
    Sana13.05.2024
    Hajmi13,14 Mb.
    #228770
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   90
    Bog'liq
    Noyobvaradioaktivmetallarrudalariniboyitish (1)

    MA’RUZA №11
    Mavzu: Konsentratsion stollarda boyitish
    Reja:
    1. Konsentratsion stollarning asosiy parametrlari va ishlash tartibi
    2. SHlyuzlarda boyitish
    3. SHlyuzlarning texnologik parametrlari va ishlash tartibi


    Tayanch iboralar: amplituda, chastota, suv sarfi, zichlik, diafragma, porshen, yiriklik, texnologik sxema, boyitish maqsulotlari, komponentning miqdor, boyitish mahsulotlari, ajralish, chiqindining chiqishi, boyitilish darajasi, qisqarish darajasi
    Konsentratsion stolda boyitish mayda o‘lchamli mahsulotni gravitatsiya usulida boyitishning eng ko‘p tarqalgan usuli. Konsentratsion stollar qalay, volfram, kamyob metallar va oltin rudalarini boyitishda keng ko‘llaniladi.
    Konsentratsion stolda boyitish mineral zarrachalarning zichligi va o‘lchamidagi farqqa qarab qiya tekislik bo‘ylab xarakatlanayotgan suv oqimi yordamida ajratishga asoslangan.
    SKM - 1 A markali konsentratsion stol (13-rasm) trapetsiya shaklidagi yassi yuza (2) dan iborat. Bu yuza deka deyiladi. De­ka romb yoki parallelogramma shaklida xam bo‘lishi mumkin. Deka yog‘ochdan yoki alyuminiydan tayyorlanib, ustidan linoleum, rezina, poliuretan va x.k. kabi material bilan qoplanadi. Dekaning yuzasida ingichka va uzun to‘siqchalar (14) o‘rnatiladi. Bu to‘siqchalar yog‘och yoki rezinadan tayyorlanadi. To‘siqchalarning uzunligi va balandligi mahsulot beriluvchi tomonga qarab kamayib boradi.
    Konsentratsion stol unga ko‘ndalang o‘qi bo‘ylab yoki romb va parallelogrammaning diagonali bo‘ylab ilgarilama – qaytma yo‘nalishda xarakat beruvchi uzatmaga ulanadi. Deka tirsakli richagga maxkamlangan g‘ildirakchali rolikka (konki) tayanadi. Mahsulot beriluvchi tarafda joylashgan uchta tirsakli richagni tyaga birlashtirib turadi.
    Maxovik orqali stol yuzasiga uning xarakatlanish yo‘nalishiga perpendikulyar ravishda uncha katta bo‘lmagan qiyalik berilishi mumkin.
    Stolning uzatmasi elektrodvigatel, tasmali uzatma, richagli-ekssentrik mexanizmdan iborat bo‘lib, stol dekasi bilan tyaga orqali ulanadi.


    Rasm 38. SKM-1A konsentratsion stoli.
    Dekaning mahsulot berilish tomonga yurish vaqtida (orqaga yurish) dekaning tirgak va tayanchi orasida o‘rnatilgan prujina siqiladi, buning teskarisida esa (oldinga yurish) prujina yoziladi va dekani oldinga itaradi. Prujinaning siqilish darajasini gayka yordamida moslashtiriladi.
    Stol ishlayotgan paytda deka notekis xarakatlanadi. Deka oldinga xarakatlanganda uning tezligi asta-sekin ortadi, yurishning oxirida maksimumga etadi, keyin esa 0 gacha keskin kamaya­di.
    Deka orqaga xarakatlanayotganda uning tezligi maksimalgacha keskin ortadi, keyin esa asta-sekin 0 gacha kamayadi.
    Dastlabki mahsulot bo‘tana xolida mahsulotni yuklash qutisiga beriladi. Suv esa yukoridagi ariqchaga berilib, aylanuvchi parrakchalar orqali dekaning yuzasida tarqaladi.
    Mineral zarrachalar aralashmasining stol dekasida ajralishi quyidagicha sodir bo‘ladi. Mahsulotni yuklash qutisidan stol yuzasiga tushuvchi mineral zarrachalar ikkita kuch ta’siriga uchraydi: bo‘ylama oquvchi suvning yuvuvchi kuchi va dekaning ilgarilama-qaytarma xarakati natijasida sodir bo‘luvchi stol bo‘ylab xarakat qiluvchi inersiya kuchi.
    Dekaning qaytariluvchi ilgarilama-qaytma xarakati na­tijasida ruda aralashmasi deka bo‘ylab xarakatlanadi. Bunda zarrachalarning xarakatlanish tezligi turlicha: katta inersiya kuchiga ega zichligi katta zarrachalarning deka bo‘ylab xarakatlanish tezligi kichik zichlikka ega zarrachalarning oldin­ga xarakatlanish tezligiga nisbatan katta bo‘ladi.
    Biroq kichik zichlikka ega zarrachalarga suvning yuvuvchi oqimi kuchliroq ta’sir qiladi, chunki segregatsiya natijasida ular zichligi katta zarrachalarning ustida joylashgan bo‘ladi. Inersiya kuchi va suv oqimining gidravlik kuchi ta’sirida kichik zichlikka ega zarrachalar dekaning ko‘ndalang yuzasi bo‘ylab zichligi katta zarrachalarga nisbatan tezrok xarakatlanadi.
    to‘siqchalarning vazifasi-stol yuzasida mineral zarrachalar aralashmasini ushlab qolish va ularni suv bilan tez yuvilib ketishiga qarshilik ko‘rsatish, chunki suvning yuvish kuchi zarrachalarning yuzaga ishqalanish kuchidan kattaroq. to‘siqchalar orasida mineral zarrachalar aralashmasining qavatlanishi sodir bo‘ladi: pastki qatlam mayda og‘ir zarrachalar, keyin yirik og‘ir zarrachalar, mayda engil va oxirida-yirik engil zarrachalar joylashadi.
    Buning natijasida birinchi navbatda suv bilan yirik engil zarrachalar yuviladi. Undan keyin oqim bilan yrik zarrachalar orasidan mayda engil zarrachalar yuvilishni boshlaydi.
    Boyitish uchun bir-biridan dekannng soni, shakli va yuzasi bilan, ularning o‘rnatilish usuli (osilgan yoki tayanchli), uzatmasining konstruksiyasi, dekaning tebranish chastotasi va amplitudasi va boshqa xususiyatlari bilan farq kiluvchi konsentratsion stollar ishlatiladi.
    Sanoatda SKP-15, SKP-22, SKP-30 (sonlar dekaning umumiy yuzasi); SKO-15, SKO-22; SKO-30 va x.k. markali stollar chiqariladi.



    Download 13,14 Mb.
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   90




    Download 13,14 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Noyob va radioaktiv metall rudalarini boyitish

    Download 13,14 Mb.