223
Magistraturaga kirishda o`tkaziladigan sinov fanlari bo`yicha kiruvchilar
bilimini baholash
MEZONLARI
Magistraturaga kirish sinovlari O`zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan (2-ilova)
«Oliy ta`lim muassasalarining magistraturasiga o`qishga qabul qilish tartibi
to`g`risida Nizom»ga muvofiq tashkil qilinadi.
Magistraturaga kirish sinovi umumiy ballari quyidagilardan tashkil topadi:
-
magistraturaga kirishda tanlagan mutaxassislik bo`yicha bilim darajasini
belgilovchi maxsus fanlardan sinov o`tkaziladi (baholash mezoni 0 balldan 100
ballgachani tashkil etadi);
Mutaxassislik bo`yicha kirish sinovlari (yozma) ishlarini baholash 100 ballik
tizim asosida amalga oshiriladi.
Kirish sinovida 86-100 ball (jami ballning 86-100%) – fanni mukammal
o`zlashtirgan, variantda ko`rsatilgan savollarga tayanch so`z va iboralardan
foydalanib, nazariy jihatdan asoslagan, chuqur va ilmiy-tahliliy tarzda yorita olgan
talabalarga qo`yiladi. Shuningdek, bunda talabaning mustaqil ko`nikmalari va
qo`shimcha manbalardan foydalanganligi ham hisobga olinadi.
Kirish sinovida 71-85 ball (jami ballning 71-85%) – fanni o`zlashtirgan,
variantda ko`rsatilgan savollarga tayanch so`z va iboralardan foydalanib javob
bermagan, lekin faqat savolning o`zi bilan cheklanib, tavsiya etilgan darslik va
qo`llanmalarda berilgan fikrlardan ijodiy foydalana olgan, qo`shimcha
adabiyotlardan foydalana olmagan talabalarga qo`yiladi.
Kirish sinovidan 56-70 ball (jami ballning 56-70%) – fanni qisman
o`zlashtirgan, qo`yilgan savollarga qisman javob bera olgan, qo`shimcha
adabiyotlardan foydalana olmagan talabalarga qo`yiladi.
Mutaxassislik bo`yicha magistraturaga kiruvchilarni maxsus fanlardan
reytinglarini aniqlashda, baholash mezoni quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
- sinov bilet asosida ―yozma ish‖ usulida o`tkaziladi;
- har bir biletga 5 (besh) tadan savol kiritiladi;
- har bir bilet Davlat Standartlari bo`yicha bakalavrlar tayyorlash dasturiga
kiritilgan fanlarni asosiy tushunchalaridan tashkil topadi;
- biletga kiritilgan mutaxassislik uchun ajratilgan savollarning har biri 20
baldan, jami 100 balllik tizimda baholanadi.
Kirish sinovida 55 % va undan kam ball savollarni yoritishda tayanch so`z
va iboralarga qoniqarli javob bermagan, variantdagi savollarga javoblarini
to`liq yorita olmagan, ilmiy jihatdan asoslamagan talabalarga qo`yiladi va
talabgor
magistraturaga qabul qilinmaydi.