|
Academic Research in Educational SciencesBog'liq bo-lajak-pedagoglarning-kreativligini-rivojlantirish-usullari (1)Academic Research in Educational Sciences
Volume 3 | Issue 6 | 2022
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
652
June, 2022
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal
- hamkasblar bilan pedagogik yutuqlar xususida fikr almashish
Har bir pedagogning o‟zini o‟zi rivojlantirishi va o‟zini o‟zi namoyon eta olishi
bevosita uning kreativlik qobiliyatiga egaligi bilan bog‟liq. Odatda pedagoglarning
kreativlik qobiliyatiga ega bo‟lishlari pedagogik muammolarni hal qilishga intilish,
ilmiy-tadqiqot ishlari yoki ilmiy loyihalarni amalga oshirish va o‟zaro ijodiy
hamkorlikka erishishlari orqali ta‟minlanadi. Pedagog o‟z- o‟zidan ijodkor bo‟lib
qolmaydi. Uning ijodkorlik qobiliyati ma‟lum vaqt ichida izchil o‟qib-o‟rganish, o‟z
ustida ishlash orqali shakllantiriladi va u asta-sekin takomillashib, rivojlanib boradi.
Har qanday mutaxassisda bo‟lgani kabi bo‟lajak pedagoglarning kreativlik
qobiliyatiga ega bo‟lishlari uchun talabalik yillarida poydevor qo‟yiladi va kasbiy
faoliyatni tashkil etishda izchil rivojlantirib boriladi. Bunda pedagogning o‟zini o‟zi
ijodiy faoliyatga yo‟naltirishi va bu faoliyatni samarali tashkil eta olishi muhim
ahamiyatga ega. Pedagog ijodiy faoliyatni tashkil etishda muammoli masalalarni
yechish, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, shuningdek, pedagogik xarakterdagi
ijod mahsulotlarini yaratishga alohida e‟tibor qaratishi zarur. Muammoli masala va
vaziyatlarni hal qilar ekan, pedagogning masala yechimini topishga ijodiy
yondashishi unda hissiy-irodaviy sifatlarning rivojlanishiga yordam beradi. Pedagog
o‟z oldiga muammoli masalalarni qo‟yish orqali mavjud bilimlari va hayotiy
tajribalariga zid bo‟lgan dalillar bilan to‟qnash keladi. Buning natijasida o‟z ustida
ishlash, mustaqil o‟qib o‟rganishga nisbatan ehtiyoj sezadi. Pedagog o‟zida quyidagi
kreativlik malakalarini namoyon eta oladi:
bajariladigan vazifaning mohiyati va ahamiyatini belgilay bilish;
masalaning qo‟yilishini tahlil qila olish;
masalani hal qilish rejasini tuzish;
masalani hal qilishda samarali metodlar (analiz, sintez, induksiya, deduksiya,
taqqoslash va b.)larni qo‟llash;
masalani hal qilish usullarini tanlay olish;
qabul qilingan qarorning to‟g‟riligini asoslash va qayta tekshirish;
masalani hal qilishda kichik tadqiqot (izlanish)ni olib borish;
masalani hal qilish sharoiti, jarayonning borishi va masala yechimi yakunlarini
umumlashtirishga oid dalillarni rasmiylashtirish
Ilmiy-tadqiqot ishlari, ilmiy yoki ijodiy loyihalarni amalga oshirish ham
pedagogning kreativlik potensialini rivojlantiradi. Natijada pedagog:
ijodiy fikrlashga odatlanadi;
-ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borish ko‟nikmalarini puxta
o‟zlashtiradi;
|
| |