|
Academic Research in Educational SciencesBog'liq bo-lajak-pedagoglarning-kreativligini-rivojlantirish-usullari (1)Academic Research in Educational Sciences
Volume 3 | Issue 6 | 2022
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
651
June, 2022
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal
Pedagogning kreativlik potensiali. Talabalarni kreativ fikrlashga o‟rgatish,
ularda kreativ tafakkurni shakllantira olish uchun avvalo o‟qituvchining o‟zi kreativ,
ijodkor shaxs bo‟lishi zarur. Bordi-yu, uning o‟zi kreativlik sifatlariga ega bo‟lmasa,
u holda qanday qilib, talabalarni kreativ fikrlashga rag‟batlantira oladi.
Chiqariladigan yagona xulosa quyidagicha: o‟qituvchining o‟zi kreativ, ijodkor
bo‟lsagina, talabalar ham shunday bo‟la oladi. O‟qituvchining ijodkor va kreativ
bo‟lishi yoki bo‟lmasligi emas, balki darslarni ijodkorlik, kreativlik ruhida tashkil
etishi, yangi g‟oyalarni ta‟lim jarayonida sinab ko‟rishga intilishi zarur.
Mashg‟ulotlarda o‟qituvchi “kreativlik yo‟l xaritasi”ga ko‟ra quyidagi to‟rtta
yo‟nalish bo‟yicha harakatlanadi va ulardagi harakatlar pedagoglarning kreativligini
ifodalovchi belgilar (Patti Drepreau) sanaladi:
1) ijodiy fikrlash ko‟nikmalarini namoyon etish;
2) talabalarni o‟quv fanlarini qiziqish bilan o‟zlashtirishga rag‟batlantiruvchi
strategiya (metod va vositalar)dan foydalana olish;
3) innovatsion yondashuv va pedagogik masala (muammo)larning yechimini
topishga kreativ yondashish;
4) kutiladigan natija
5. Kreativlik potensialining tarkibiy asoslari va ustuvor tamoyillari .
Pedagogning kreativlik potensiali uning umumiy xususiyati sifatida aks etadi.
U ijodiy faoliyatning dastlabki sharti va natijasi sanaladi. Mazkur sifat shaxsning o‟z-
o‟zini namotyon qilish layoqatiga egalikni va tayyorlikni ifodalaydi. Qolaversa,
kreativ potensial negizida har bir mutaxassisning shaxsiy qobiliyatlari, tabiiy va
ijtimoiy quvvati yaxlit holda namoyon bo‟ladi. Kreativ potensial bilish jarayoniga
yo‟naltirilgan ijodkorlik bilan chambarchas bog‟liq. Pedagogning kreativ potensiali
an‟anaviy tafakkur yuritishdan farqli ravishda quyidagilarda namoyon bo‟ladi:
- tafakkurning tezkorligi va egiluvchanligi;
- yangi g‟oyalarni yaratish qobiliyati;
- bir qolipda fikrlamaslik;
- o‟ziga xoslik;
- tashabbuskorlik;
- noaniqlikka toqat qilish;
- zakovatli bo‟lish
Pedagog kreativlik potensialiga ega bo‟lishi uchun kasbiy faoliyatida
quyidagilarga e‟tiborini qaratishi zarur:
- kasbiy faoliyatiga ijodiy yondashish;
- yangi-yangi g‟oyalarni yaratishda faollik ko‟rsatish;
- ilg‟or pedagogik yutuq va tajribalarni mustaqil o‟rganish;
|
| |