Нуриддинова М. И. Табиатшуносликни ўқитиш методикаси ЎҚув қЎлланма kirish




Download 0.89 Mb.
bet1/107
Sana19.05.2023
Hajmi0.89 Mb.
#61753
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107
Bog'liq
Kurs ishi Sobirova, matlab нб, estafetali yugirish, 2022-04-21-0001, Davlat investitsiya siyosati, Tajriba ishi. Qidiruv usullarini tadqiq qilish, Doc2, behi diplom (1), tabiatshunoslik NI 7



Нуриддинова М.И.


Табиатшуносликни ўқитиш методикаси
ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА


KIRISH

O’quvchilarni har tomonlama tarbiyalashning asosi ularda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishdan iborat. Bu vazifani boshlang’ich sinflarda amalga oshirishda tabiatshunoslik muhim rol o’ynaydi. Bu predmetni o’rganish kichik yoshdagi o’quvchilarning shaxsiy tajribasini boyitadi, atrofimizdagi jonli va jonsiz tabiatda yuz berayotgan hodisa va jarayonlar to’g’risida bilimlar to’plashga imkon beradi. Shuning uchun ham pedagogika oliy o’quv yurtlarining talabalari ayniqsa bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilari, pedagogik o’quv predmeti sifatida tabiatshunoslikni o’qitish metodikasining ilmiy-nazariy va amaliy yutuqlari bilan yaxshi tanish bo’lishlari kerak.


Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasini yaxshi bilish boshlang’ich maktab o’qituvchisiga bolalarni o’qitishni to’g’ri tashkil qilish imkonini beradi. Metodika o’qituvchini tabiatshunoslikni o’qitish nazariyasi bilan qurollantirib, o’qitish mahoratini egallab olishga imkon beradi.
O’quv materiallarining mazmunini ochib berishda xilma-xil o’qitish metodlaridan foydalanishga turlicha yondoshish mumkin. U yoki bu metodni tanlashda o’qituvchi shuni nazarda tutishi kerakki, bu metodlar rivojlantiruvchi ta’limni ta’minlasin, o’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirsin va shu paytning o’zida qayta axborot bersin, ya’ni muvaffaqiyatsizlik sababini aniqlash va o’z vaqtida yordamga kelish uchun o’quvchilar tomonidan yangi bilimlarning qanday o’zlashtirilayotganligini tez va aniq ko’rsatib bersin. Shunga ko’ra, tabiatshunoslik darslarida tez-tez amaliy ishlar, suhbatlar, hissiyotni qo’zg’atuvchi hikoyalar va ayniqsa mustaqil ishlardan ko’proq foydalanish kerak, bunda tadqiqiy yondoshish, murakkab bo’lmagan tahlil va sintez, taqqoslash va umumlashtirish, tabiat hodisalari o’rtasidagi sababiy bog’lanishlarni aniqlash o’sha ishlarning majburiy tarkibiy qismlari bo’lishi kerak. Bularning hammasi o’quvchilar xotirasi, e’ibori, tasavvuri, tafakkurini faollashtiradi, tushuncha va ishonchning vujudga kelishiga, bilimni yaxshiroq egallashga, o’zlashtirgan bilimlarni yangi vaziyatlarda qo’llana olish o’quvlarini rivojlantirishga yordam beradi va hokazo.
Shuningdek, o’quvchilarning sezgilari qabul qilib olishlari va zehniy rivojlanishlariga kuchli ta’sir ko’rsatuvi ko’rgazmali va texnika vositalari (ekran, tabiiy qurollar va boshqalar) hamda ekskursiyalar o’tkazilishi bilimlarning o’zlashtirilishiga yordam beradi. Tabiatshunoslikni o’qitish jarayonida maktab bolalarida ilmiy dunyoqarash asoslari shakllantiriladi (o’qituvchi tabiat narsalari va hodisalarining moddiyligini, ularning o’zaro bog’liqligini izchillik bilan ochib beradi, tabiatda sodir bo’lib turadigan doimiy o’zgarishlarni xarakterlab beradi va hokazo), estetik tuyg’u, tabiatga muhabbat uning to’g’risida g’amxo’rlik qilish va uni qo’riqlashga intilish tarbiyalanadi.
Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilari uchun eng muhimi tarbiyalovchi ta’lim sistemasini tushunib olish, tabiatshunoslikni o’qitish asoslarini, uning uchun xos bo’lgan shakl, metod va uslublarni, o’quvchilarning bilish faoliyatlariga rahbarlik qilishni o’rganib olishdir. Shuningdek, o’z o’lkasining tabiati va qishloq xo’jaligi xususiyatlarini yaxshi bilgan bo’lishi, o’quvchilar bilan ish olib borishda o’lkashunoslik materiallaridan muntazam ravishda foydalanib borishi zarur.
Bu masalalarning barchasi mazkur muammoli leksiyalar kursida to’liq yoritilgan bo’lib, unda asosan «Tabiatshunloslik o’qitish metodikasi» fanining pedagogik va uslubiy asoslari, o’qitish usullari, yangi zamonaviy pedagogik texnologiya asosida bayon etilgan.
Ushbu muammoli leksiyalar kursi maxsus sirtqi bo’lim (3-yillik) «5141700- boshlang’ich ta’lim va sport, tarbiyaviy ish» yo’nalishining talabalariga mo’ljallangan bo’lib, ular uchun asosiy material sifatida taqdim etiladi.
Bu bo’lim talabalarining barchasi boshlang’ich sinf o’qituvchisi bo’lganligi uchun yuqoridagi masalalarning amaliy tomonlariga ko’proq e’tibor berilgan.



Download 0.89 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107




Download 0.89 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Нуриддинова М. И. Табиатшуносликни ўқитиш методикаси ЎҚув қЎлланма kirish

Download 0.89 Mb.