mumkin. Axborotga egalik demaskirovka belgilarini tahlil etish orqali
amalga oshiriladi. Demak, bu belgilar axborotni o‘ziga
xos chiqib ketish
kanali hisoblanadi. Demaskirovka belgilarni tarqatuvchilar bo‘lib
to‘g‘ridan-to‘g‘ri bu belgilar bilan bog‘liq bo‘lgan fizik maydonlar
hisoblanadi.
Obektni topishda
texnik
razvedka vositalarining faoliyat ko‘rsatish
jarayonida obektning texnik demaskirovka belgilari aniqlanadi
va uning
mavjudligi haqida xulosa qilinadi.
Demaskirovka belgilari quyidagilar bilan farq qiladi
:
– joylashuvi – boshqa obektlar va atrofdagi predmetlar orasida
obekt joylashuvini aniqlab beradigan belgi;
– tarkibiy ko‘rinish – obektning tuzilishi va to‘laligicha ko‘rinishini
aks ettiradigan kattaliklarini (tarkibi, soni
va alohida obektlarning
joylashuvi, shakli va geometrik o‘lchamlari) aniqlovchi belgilar;
– faoliyati – obektning fizik faoliyat yuritishi orqali uni ochib
beruvchi belgilar.