|
ERI kalitni qanday olish mumkin Pdf ko'rish
|
bet | 181/322 | Sana | 02.07.2024 | Hajmi | 13,98 Mb. | | #266404 |
Bog'liq 13.Axborot xavfsizligi OAERI kalitni qanday olish mumkin
Elektron raqamli imzo kalitlarini ro‘yxatga olish va elektron raqamli imzo kaliti
sertifikatlarini berish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil
10 maydagi 348sonli qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi
huzuridagi “Yangi texnologiyalar” ilmiy-axborot markazi tomonidan Davlat xizmatlari
markazlari orqali amalga oshiriladi.
1.Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatlarini olish uchun belgilangan tartibda
so‘rovnoma to‘ldiriladi.
So‘rovnomani Davlat xizmatlari markazlari yoki
https://e-imzo.uz
sayti orqali
to‘ldirish mumkin.
Arizani ko‘rib chiqish va elektron raqamli imzo kaliti sertifikatini olish uzog‘i bilan 40
daqiqa ichida amalga oshiriladi. Elektron raqamli imzo kalit sertifikatini davlat
xizmatlari markaziga taqdim etilgan USBflesh xotiraga yuklab olanadi.
Elektron raqamli imzo yopiq kalitining paroli vakolatli organ tomonidan
so‘rovnomada ko‘rsatilgan mobil telefon raqamiga sms-xabar shaklida yuboriladi.
Elektron raqamli imzo yopiq kaliti egasining Davlat xizmatlari markaziga bevosita
qilgan arizasi orqali so‘rovnomada ko‘rsatilgan mobil telefon raqami o‘zgartirilishi
mumkin.
Elektron raqamli imzo yopiq kalitining parolini
https://e-imzo.uz
sayti arizada
ko‘rsatilgan telefon raqami orqali qayta olish mumkin.
2.Elektron raqamli imzo kalit uchun to‘lov shakllari.
Arizani ko‘rib chiqishning ijobiy natijasidan so‘ng elektron raqamli imzo kaliti uchun
to‘lov amalga oshirilishi lozim.
Jismoniy shaxs - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 6 maydagi PF-
5456sonli farmoniga muvofiq eng kam oylik ish haqqining 7% miqdorida, barcha bank
kassalari hamda CLICK, PAYME, UPAY, PAYNET, MUNIS va boshqa to‘lov
tizimlari orqali amalga oshirishi mumkin.
Yuridik
shaxsva
Yakka
tartibdagi
tadbirkorlar O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining 2012 yil 18 iyuldagi PF4455sonli farmoniga muvofiq eng kam oylik ish
xaqining 10 % miqdorida amalga oshirishi mumkin. Elektron raqamli imzo kaliti
uchun oldindan to‘lovni Davlat soliq qo‘mitasi ro‘yxatga olish markazining quyidagi
bank rekvizitlari orqali amalga oshiriladi: h/r 20210000700431200005 ATB «INVEST
FINANCE BANK» MFO 01041, STIR 201589463
Yakka tartibdagi tadbirkorlar ham huddi jismoniy shaxslardek to‘lov tizimlari yoki
bank kassalari orqali to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.
|
| |