• 3-Bosqich Yakuniy 10 daqiqa Mashg‘ulot yakuni
  • Foydalangan adabiyot Mavzu: Axborotlarni kodlash Reja
  • O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o




    Download 13,98 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet185/322
    Sana02.07.2024
    Hajmi13,98 Mb.
    #266404
    1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   322
    Bog'liq
    13.Axborot xavfsizligi OA

    3-Bosqich 
    Yakuniy 
     
    10 daqiqa 
    Mashg‘ulot yakuni 
    Yakuniy bosqicha o‘quvchilarga berilgan 
    topshiriqlarni qabul qilib olish va 
    kamchiliklari bo‘lgan o‘quvchilarga amaliy 
    yordam berish va baholarni e’lon qilish. 
    Amaliy qilingan ishlarni kelgusi 
    faoliyatidagi o‘rni va ishlatilishi bilan 
    tanishtirish. 
    Kelgusi mashg‘ulot mavzusi, Uyga vazifa 
    O‘quvchilarni baxolari bilan 
    tanishtirish.
    Toshiqirni yozib olish. 
    Foydalangan adabiyot 
     
     


    Mavzu: Axborotlarni kodlash 
    Reja: 
    1. Axborotlarni kodlash haqida 
    2. Qadimda axborotlarni kodlash 
    3. Axborotlarni kodlashning usullari 
     
    Axborotlarni kodlash haqida
    Inson borliqning bir qismi bo‘lgani uchun doimo borliqning ta’sirini sezib turadi. Bu 
    ta’sirni turli signallar (tovush, yorug‘lik, elektomagnit, nerv va hokazo) ko‘rinishida 
    qabul qilamiz. Insonga uzluksiz ta’sir etib turuvchi axborotlarni analog axborotlar deb 
    ataladi 
    Inson analog axborotlarni qayta ishlashi uchun uni biror qismini ajratib oladi va tahlil 
    qiladi. Tahlil qilish jarayonida axborotni qayta ishlash uchun qulay bo‘lgan ko‘rinishga 
    o‘tkazadi. Bunda inson turli belgilardan foydalanadi. Masalan, sizga ma’lum bo‘lgan 
    alifbo harflari insonga tushunarli bo‘lgan tovushlarni, nota belgilari esa musiqiy 
    tovushlarni ifodalaydi. Bu belgilar yordamida insonga eshitilayotgan, nutq yoki 
    musiqani qog‘ozga tushirish oson kechadi. Demak, inson axborotlarni qayta ishlash 
    uchun uni uzlukli ko‘rinishga o‘tkazar ekan. Axborotlarni bu kabi uzlukli ko‘rinishini 
    diskret axborotlar deb ataladi. 
    Inson tomonidan ishlab chiqarilgan qurilmalar ichida analog axborotlar bilan 
    ishlaydiganlari ham, diskret axborotlar bilan ishlaydiganlari ham mavjud. Diskret 
    axborotlardan eng ko‘p tarqalgani raqamli axborotlardir, ya’ni uzluksiz axborotning 
    raqamlar orqali ifodalangan ko‘rinishidir. Analog signallar bilan ishlaydigan 
    qurilmalar analog qurilmalar, raqamli axborotlar bilan ishlaydigan qurilmalar raqamli 
    qurilmalar deb ataladi. Analog qurilmalarga televizor, telefon, radio, fotoapparat, 
    videokamerani, raqamli qurilmalarga shaxsiy kompyuter, raqamli telefon, raqamli 
    fotoapparat, raqamli videokamerani misol qilish mumkin. 
    Axborotlar ustida amallar bajarish qulay bo‘lishi uchun aniq bir qoidalar asosida 
    boshqa ko‘rinishga o‘tkazish jarayoni axborotni kodlash deyiladi. Axborotlarni 
    kodlash insoniyat tomonidan faqat amallar bajarish qulay bo‘lishi uchun emas, balki 
    axborotni maxfiy saqlash uchun ham qo‘llanilgan. Kodlashning bu ko‘rinishi shifrlash 
    deb ataladi. 

    Download 13,98 Mb.
    1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   322




    Download 13,98 Mb.
    Pdf ko'rish