Minimal sanoat tarkibi -
hisobosti blok ichidagi sanoat ruda tanasi konturi
ichida b o ’lgan minimal mumkin bo’lgan foydali qazilma tarkibidir,
bunda
qazilm aning alohida holatlarda qazib olish rentabel hisoblanadi. Minimal sanoat
tarkibi shuningdek, zaxiralaming balans va balansusti zaxiralami aniqlash
kriteriyasi hisoblanadi.
Ruda tanasining ekspluatastion konturi -
bu topografik yuza hisoblanadi,
yuza karyem ing oxirgi konturi bilan va foydali qazilmaning minimal mumkin
b o ’lgan tarkibi bilan birlik chegara probalari bilan hosil bo’ladi.
Joriy bort tarkibi -
hisoblanadigan bosqich (davr)
chegarasidagi ruda tanasi
ekspluatastion konturidagi foydali qazilmaning minimal tarkibi.
Joriy о ’rtacha tarkib -
hisoblanadigan bosqich (davr) chegarasidagi qazib
olinadigan rudaning foydali komponenti o ’rtacha tarkibi.
Chegaraviy tarkib -
konni qazib olishda normativ rentabellikni beruvchi
rudadagi foydali qazilma komponenti (belgilangan vaqt ichida qayta ishlashga
kelib tushadigan).
Kon ishlari muayyan uchatska ichida foydali qazilmaning tabiiy sifatlarini
oshira olmaydi (muayyan hajmda). Lekin kon ishlari sifatiga (kon
ishlarining
sifati deganda texnik, texnologik va tashkiliy kon ishlab chiqarish darajasi
tushuniladi) k o ’plab yuqorida ko’rsatilgan qazib olinadigan foydali qazilma
xarakteristikalari bog’liq bo’ladi.
10.2. FOYDALI QAZILMALARNITEKSHIRISH
Tekshirish deganda foydali qazilmalami olish va uning kimyoviy tarkibi va
boshqa sifat k o ’rsatkichlarini aniqlash uchun tahlil qilish tushuniladi. Tekshirish
detalli va ekspluatastion, shuningdek konning razvedka
qilish va qazib olish
jarayonida amalga oshiriladi. Tekshirish ishi qazilma konturlarini aniqlash,
foydali qazilm a turlarining massivdagi tarkibini aniqlash, qazib olishning barcha
bosqichidagi foydali qazilmaning sifatining o ’zgarishini nazorat qilish va
boshqalam i o ’z ichiga oladi. Ekspluatastion razvedka natijasida va portlatish
skvajinalarini tekshirish natijasida kon ishlarining boshlang’ich va joriy holati
355
aniqlanadi va rejalashtiriladi. Q azib olish ishlarida am alga oshiriladigan
ekspluatastion tekshirish asosida selektiv qazib olishga
qaratilgan qazilm alami
konturlash amalga oshiriladi (har bir eksplutastion blokda har bir alohida qazib
olinadigan foydali qazilm a va to g ’ jin si qatlamalarida), har bir portlatish bloki
bo ’yicha sifat k o ’rsatkichlari o ’m atiladi, seletkiv qazib olishda yuklash-tashish
ishlarini operativ boshqarish am alga oshiriladi, iste’molchilarga tashiladigan
mahsulotning sifati nazorat qilinadi.
Tekshirishlar