|
O‘. O. Tohirov, D. S. Mirahmedova, Z. S. Shamsiyeva texnologiya metodik qo‘llanma umumiy o‘rta ta’lim maktablarining Pdf ko'rish
|
bet | 126/161 | Sana | 19.12.2023 | Hajmi | 4,99 Mb. | | #123284 |
Bog'liq 5-sinf Texnologiya METODIKA Qо‘llaniladigan resurslar
Tarqatma
vazifalar
Taqdimot
Videodars
Internet-
resurs
45–46mavzu. pptx 45–46mavzu. avi http: //www.dr.rtm.uz
ii. О‘tilgan mavzuni sо‘rash va mustahkamlash. (12 daqiqa)
“Zangori gullar” kompozitsiyasi tikilgan kashtani tekshiring. Xato
lar ustida ishlang. Kamchiliklarni bartaraf eting. Umumlashtiruvchi
muhokama о‘tkazing. Faol ishtirokchilarni rag‘batlantiring.
metodik qo‘llanma
5-sinf darsligi bo‘yicha
142
III. Yangi mavzu bayoni. (20 daqiqa)
Kashtada ishlatiladigan choklar haqida qо‘shimcha ma’lumot be
ring.
Suv choki, iroqisimon chok, popop chok, puxtalama izma choklari
eng oddiy chok turiga kiradi. Bu choklar kо‘pgina kashtada yordamchi
vazifasini bajaradi. Masalan, о‘simlik shoxlari va novdalarini suv choki
bilan, gullarning о‘zagini tuguncha, iroqisimon, popop choki bilan
tikiladi. Bu choklar oson tikiladi.
Baxya choki — kashta chetlarini mustahkamlashga xizmat kilib,
matoga xuddi kо‘klagandek, lekin bir tekis chok hamda masofa hisobga
olinib tikiladi. Shundan sо‘ng mato о‘girilib yana tikib chiqiladi,
natijada tekis ip chiziq hosil qilinadi. Bu choq juda qadimdan qо‘lda,
keyinchalik mashinada tikiladigan bо‘lgan. U ikki qator, ya’ni qatorlar
о‘zaro tutashib chiqishi ham mumkin.
Igna oldinlatilgan chok — bir xil yiriklikdagi qator qaviqlar bо‘lib,
ularning orasi qaviqning о‘ziga teng bо‘ladi. Chokning qaviqlari
о‘ngdan chapga tomon yо‘nalgan, gazlamaning teskari tomonida
xuddi shunday qaviqlar о‘ng tomondagi qaviqlar oralig‘ida joylashgan
bо‘ladi.
Chilvir chok — ikki xil usulda tikiladi. Oldin tо‘g‘ri chiziq bо‘ylab
yoki kashta gulning konturi bо‘ylab igna oldinlatilgan chok bilan
qaviqlar tushiriladi. Keyin gazlamani ilmay har bir qaviq tagidan ipli
igna yuqoridan pastga tomon о‘tkaziladi. Agar ipli ignani qaviqlar
tagidan navbatmanavbat yuqoridan pastga va pastdan yuqoriga
о‘tkazilsa, yana bir xil chilvir chok hosil bо‘ladi.
|
| |