139
metodik qo‘llanma
5-sinf darsligi bo‘yicha
Kompozitsiyaning xarakteri va joylanishi ritmga — naqsh da gi
elementlarning tartibli almashinuviga bog‘liq bо‘lib, kompo zitsiyaning
ifodali bо‘lishiga, aniq idrok etilishiga yordam beradi.
Ornament — bitta chokning tartibli takrorlanishi yoki umumiy
bо‘lishiga aytiladi. Bitta motiv bir yoki bir necha marta takrorlansa
ritmik qator hosil bо‘ladi.
Bir yoki bir necha marta takrorlangan elementlarga
rapport deyi-
ladi.
Esingizda bо‘lsa, polotno va sarja tо‘qishni о‘rganganimizda har bir
qatorda tо‘qish usuli takrorlangan edi. Ushbu usulda elementlarning
takrorlanishi rapportga misol bо‘la oladi.
Ritmni amalga oshirishda kashta tikishning bir qancha texnik
usullaridan foydalanamiz: sanama chok, bostirma chok, tekis chok va
boshqalar.
Kashta tikishni boshlashdan oldin gazlamaning tanda va arqoq
iplari bо‘ylab tekislab olamiz. Sо‘ngra ustiga naqsh bezagi qо‘yiladi
va gazlamaga kо‘chiriladi. Gazlama chambarakka tortiladi. Gazlama
chetlarini tekislab olish uchun uning chetidagi ip sug‘urib olib tash-
lanadi. Shu iz bо‘yicha gazlamaning ortiqchasi qirqib tashlanadi. Kashta
tikib bо‘lingach, gazlama chetlarini qayirib tikib qо‘yiladi. Kiyim
kechaklarga kashta ularni bichishdan oldin yoki bichiq detallarga tikib
olish qulaydir. Oson bezaklarni buyumga tiksa bо‘ladi. Bunda gazlama
tagiga qattiq qog‘oz qо‘yib kashta guli kо‘chiriladi.
Bezakni gazlamaga kо‘chirishda tekis stol yoki taxtaga yozib
qо‘yiladi. Arqoq va tanda iplari qiyshayib qolmasligiga ahamiyat
beriladi. Tо‘g‘nag‘ich bilan qadab qо‘yiladi. Nusxa tushuruvchi qog‘oz
yordamida kо‘chirish uchun gazlamaga qog‘ozning tо‘q tomoni qо‘
yiladi. Ustidan bezak qо‘yilib, uchli qalamda yurgiziladi. Gazlama
rangiga qarab nusxa tushuruvchi qog‘oz tanlanadi. Bezakni yoruqqa
tutib kо‘chirish, teshma kо‘chirish usullari ham mavjud.
Ba’zan kashta tikish uchun tanlangan bezak kashta tikish uchun
kichiklik yoki kattalik qilishi mumkin. Millimetr qog‘ozga buyum
kattaligidagi tо‘g‘ri tо‘rtburchak chizib olinadi. Bezakdagi kvadratlar
soni qancha bо‘lsa, shuncha kvadratlarga bо‘linadi. Origanal bezakdagi