III. Yangi
tushunchalar
Kashta chokini tikish tartib-qoidalariga rioya
qiladilar. Mustaqil kashta tikishga kirishadilar.
BKMlarini ijodkorlik orqali boyitadilar
135
metodik qo‘llanma
5-sinf darsligi bo‘yicha
Qо‘llaniladigan resurslar
Tarqatma
vazifalar
Taqdimot
Videodars
Internet-
resurs
41–42mavzu. pptx 41–42mavzu. avi http: //www.dr.rtm.uz
ii. О‘tilgan mavzuni sо‘rash va mustahkamlash. (12 daqiqa)
Xalq hunarmandchiligiga oid kasblarni tarmoqlab berishni sо‘rang.
Sо‘ngra uyga vazifa qilib berilgan vazifani tekshiring. Tayyorlab
kelgan matnlarini eshiting. Kashtachilik kasbiga havas uyg‘oting. Faol
ishtirokchilarni rag‘batlantiring.
III. Yangi mavzu bayoni. (15 daqiqa)
Kashtada naqsh, ranglar spektori, kashtachilikda ishlatiladigan
asbob va moslamalar, gazlama va iplar haqida ma’lumot bering. Texnika
xavfsizligi va sanitariya-gigiyena qoidalari bilan tanishtiring.
Qо‘lda kashta tikishning ikki turi mavjud: birinchisi matoning
arqoq hamda о‘rim iplarini sanab kashta tikish, ikkinchisi esa matoga
gul tasviri konturini chizib, erkin kashta tikish turlari. Arqoq о‘rim iplari
kesishtirib tikilgan polotno yoki bо‘z shaklida tо‘qilgan matolarga
tikiladi. Buning sababi kashta tikishda mato iplarini sanab tikishga
qulaydir. Erkin kashta mato tanlamaydi, tushirilgan tasvir chiziqlari
asosida tikiladi. О‘zbek kashtachiligida yо‘rma, ilma, iroqi, bosma,
xomdо‘zi, chamak, chipta xayol, baxya choklar keng tarqalgan. Badiiy
kashtalarda turli joydan turli choklar ishlatiladi. Chunonchi, Shahri
sabzda yо‘rma, kandaxayol, iroqi, Toshkentda kо‘proq bosma choki,
Buxoro, Nurota, Samarqandda yо‘rma choki bilan tikiladi.
Kashtachilikda oq kulrang, och sariq, och malla rangli surp, bо‘z,
karbos, shoyi, baxmal, chit yoki satin kabi matolar ishlatiladi. Bunday
matolarda naqshlar chizilganda yaxshi kо‘rinadi, rangli iplarning
aksariyati unga mos tushadi. Gul, rasm, naqshlar chizish uchun
chiz g‘ichlar, yumshoq va qattiq qalamlar, daftar, albom, о‘chirg‘ich,
milli metrlangan qog‘oz, nusxa kо‘chiradigan qog‘oz va shaffof
qog‘ozlar kerak bо‘ladi. Chambarak gazlamani tarang tortib turish
uchun ishlatiladi. 20–40 cmli ikkita gardishdan iborat bо‘lib, bir
birini ichiga tushib turadi. Agar kichik gardish katta gardish ichiga
qiyin tushadigan bо‘lsa, katta gardishning ichki tomonini jilvir bilan
tozalash kerak.
Kashta uchun mato tanlash qanchalik muhim bо‘lsa, ip tayyorlash
va uni bо‘yash jarayonlari ham о‘shancha muhim ahamiyatga egadir.
Chunki kashta uchun iplar kabi, barcha bо‘yoqlar ham asosan qо‘l
da, tabiiy usulda, Boysun zaminidagi rangtoshlardan, о‘simlik va
giyohlardan, shuningdek, bu saxovatli zaminda yetishtiriladigan turli
|