• Yangi mavzu bayoni.
  • Daftarga yozib oling! O‘quvchilarga taqdimot materiallarida keltirilgan loyiha ishiga oid aso siy tushunchalar yozdiriladi. Loyiha ishi
  • O‘. O. Tohirov, D. S. Mirahmedova, Z. S. Shamsiyeva texnologiya metodik qo‘llanma umumiy o‘rta ta’lim maktablarining




    Download 4,99 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet137/161
    Sana19.12.2023
    Hajmi4,99 Mb.
    #123284
    1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   161
    Bog'liq
    5-sinf Texnologiya METODIKA

    metodik qo‘llanma
    5-sinf darsligi bo‘yicha
    154
    III. Yangi 
    tushunchalar
    Loyiha, loyihalash, tayyorgarlik, konstruktorlik, 
    texnologik, mahsulotni tayyorlash va yakuniy 
    bosqichlar
    Qo‘llaniladigan resurslar
    Tarqatma 
    vazifalar
    Taqdimot
    Videodars
    Internet-
    resurs
    5–6­mavzu. pptx
    5–6­mavzu. avi
    http: //www.dr.rtm.uz
    Yangi mavzu bayoni. (20 daqiqa)
    Loyiha ishi va uning bosqichlari asosida harakat lanuvchi sodda 
    mexanizmlarni loyihalash va yasash haqida ma’ lumot beriladi. 
    Yangi mavzu bo‘yicha taqdimot va loyiha ishi bo‘yicha darslikda 
    namuna sifatida keltirilgan mavzularga oid videoroliklar namoyish 
    qilinadi. Loyiha ishini bajarish jarayoni tushuntirib beriladi va namu­
    nalar ko‘rsatib o‘tiladi. Masalan: 
    1. Harakatlanuvchi sodda gidravlik ekskavatorni loyihalash va 
    yasash.
    2. Batareya asosida ishlaydigan ventilatorni loyihalash va yasash.
    3. Tok ishlab chiqaruvchi energiya generatori asosida ishlaydigan 
    ventilatorni loyihalash va yasash.
    Daftarga yozib oling!
    O‘quvchilarga taqdimot materiallarida keltirilgan loyiha ishiga 
    oid aso siy tushunchalar yozdiriladi.
    Loyiha ishi (50 daqiqa).
    Loyiha ishi va uning bosqichlari asosida ixtiyoriy ravishda tan­
    langan va o‘quvchilarni qiziqtirgan mavzular bo‘yicha loyiha ishini 
    tayyorlash topshirig‘i beriladi. Loyiha ishi individual va jamoaviy holda 
    ham bajarilishi mumkin.
    O‘quvchilarga yordam sifatida mavzular va ularning texnik rasm­
    lari taqdim qilinadi. O‘quvchilar tomonidan loyiha ishlari bajariladi. 
    Loyiha ishi o‘quvchidan ijodkorlikni va izlanishni talab qilganligi 
    sababli ajratilgan vaqt yetmasligi mumkin. Shu sababli uyga vazifa 
    sifatida berilishi ham mumkin.
    Har bir o‘quvchi loyiha ishi ishlanmasini tayyorlagandan so‘ng 
    amalda o‘zi yoki jamoasi bilan birgalikda yasaydi. Loyiha bosqichlari 
    bo‘yicha barcha ishlar tayyor bo‘lgandan keyin taqdimotlar o‘tkazi ladi 
    hamda baholanadi.


    155

    Download 4,99 Mb.
    1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   161




    Download 4,99 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘. O. Tohirov, D. S. Mirahmedova, Z. S. Shamsiyeva texnologiya metodik qo‘llanma umumiy o‘rta ta’lim maktablarining

    Download 4,99 Mb.
    Pdf ko'rish