157
metodik qo‘llanma
5-sinf darsligi bo‘yicha
Daftarga yozib oling!
Zamonaviy “Mexatronika” atamasi ikkita qismdan iborat —
“mexan”, MEXANIKA va “tronik”, ELEKTRONIKA so‘zlari birikmasidan
olingan bo‘lib, mexanika va elektronikaning yutuqlarini birlashtirish
natijasida paydo bo‘lgan.
Mexatronikaning
maqsadi — yangi imkoniyatlarga ega bo‘lgan
aqlli va harakatlanuvchi mashina va mexanizmlarni loyihalash va
ishlab chiqarishdan iborat.
Mexatronikaning
vazifasi — mexanika, elektronika va axborot
texnologiyalari (kompyuter) sohalaridagi bilimlarni birlashtirishdir.
Ushbu sohalardagi bilimlarni birlashtirilishi natijasida mexatroni-
kaning yangi g‘oyalari paydo bo‘ladi.
Bugungi kunga qadar mexatronika tushunchasiga ko‘plab
ta’riflar
berilgan.
Keng ma’noda berilgan mexatronikaning umumiy ta’rifi:
Mexatronika — dastur asosida boshqariladigan mashinalar va
mexanizmlar yaratish va ulardan foydalanishga yo‘naltirilgan me xa
nika, informatika va elektronika vositalari va tamoyillari maj muyidir.
Mexatronika — bu mexanika, elektronika elementlari harakatini
kompyuter nazorati sohasidagi bilimlarga asoslangan holda kompyuter
nazorati bilan ishlaydigan mashinalar va mexanizmlarni yaratish
hamda ulardan foydalanishdir.