|
O‘. O. Tohirov, D. S. Mirahmedova, Z. S. Shamsiyeva texnologiya metodik qo‘llanma umumiy o‘rta ta’lim maktablarining Pdf ko'rish
|
bet | 135/161 | Sana | 19.12.2023 | Hajmi | 4,99 Mb. | | #123284 |
Bog'liq 5-sinf Texnologiya METODIKA metodik qo‘llanma
5-sinf darsligi bo‘yicha
152
Qo‘llaniladigan resurslar
Tarqatma
vazifalar
Taqdimot
Videodars
Internet-
resurs
3–4mavzu. pptx
3–4mavzu. avi
http: //www.dr.rtm.uz
Yangi mavzu bayoni. (50 daqiqa)
Sinf doskasiga sana, mavzu va yangi atamalar uchun savollar
yoziladi. Har bir qatorga bittadan savol tashlanadi. Javoblar bahs
munozara shaklida qabul qilinadi.
1. Gidravlika deganda nimani tushunasiz?
2. Qanday uzatmalar gidravlik uzatmalar deb ataladi?
3. Yuk ko‘tarish moslamasi (domkrat) gidravlik uzatma hi sob
lanadimi? Unday qanday maqsadlarda foydalaniladi?
Daftarga yozib oling!
Gidravlika (gidro ... va yunoncha “aulos” — “naycha”) — suyuq lik
larning muvozanat va harakat shartlari qonunlarini o‘rganish bilan
shug‘ullanadi.
Suyuqliklar ishtirokida bir mexanizmning ikkinchi mexanizmini
harakatga keltirishiga asoslangan mexanizmlar
gidravlik uzatmalar
deyiladi.
Ishlash prinsipi va guruhlanishi. Ishlash prinsipiga qarab gid ravlik
uzatmalar
hajmiy va gidrodinamik turlarga bo‘linadi.
Avtomobillar, samolyotlar, traktorlar, stanoklar, kuchli ven tilator
va nasos uzatmalarida, kemasozlikda va burg‘ulash mashi nalarida, yer
qazish va yo‘l mashinalarida, aviatsiyada gidravlik uzatmalardan keng
foydalaniladi.
Hozir deyarli hamma zamonaviy metall ishlash stanoklari gidrav
lik uzatmalar bilan ta’minlangan.
Yangi mavzuni mustahkamlash. (15 daqiqa)
O‘quvchilar darslikda berilgan gidrotransformator tuzilishini o‘r
ga nadi va uning ishlash prinsipini tushuntirib beradi.
Uyga vazifa berish. (5 daqiqa)
Darslikdagi 204–205betlar: 3§ ni o‘qish va mustahkamlash
uchun berilgan savollarga javoblarni tayyorlash.
|
| |