metodik qo‘llanma
5-sinf darsligi bo‘yicha
164
Yangi mavzu bo‘yicha plakatlar, rasmlar, taqdimot va ish jarayoniga
oid videoroliklar namoyish qilinadi.
Amaliy mashg‘ulot. (60 daqiqa)
O‘qituvchi robototexnik tizimni loyihalash va Otto robotini yig‘ish
ishlariga rahbarlikni amalga oshiradi.
Amaliy mashg‘ulotni ishni bajarish tartibi va berilgan texnologik
xarita asosida jihozlardan xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilgan
holda foydalanib tashkil qiladi.
O‘quvchilar bilan hamkorlikda Arduino.lDE dasturini kompyu terga
o‘rnatish yo‘riqnomasi asosida ishlarni tashkil qiladi.
Yangi mavzuni mustahkamlash. (5 daqiqa)
Amaliy mashg‘ulot mavzusiga oid qisqa savoljavob bahs
munozara ko‘rinishida tashkil qilinadi va o‘quvchilarning
bajargan
ishlari tahlil qilinib baholanadi.
Uyga vazifa berish. (5 daqiqa)
1. Robototexnik tizimni loyihalash va Otto robotini yig‘ish ishlarini
bajarishni o‘rganish.
2. Darslikdagi 221–227betlar: 9§ ni o‘qish va yozib kelish.
Eslatma:
Robototexnik tizimni loyihalash va Otto robotini yig‘ish bo‘yicha
berilgan amaliy mashg‘ulot 6 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, 1-bosqichda
o‘quvchilar robot konstruksiyalari bilan tanishib chiqadilar, 2-bosqichda
texnologik xarita asosida robotni yig‘iladi, 3-bosqichda o‘quvchilar bilan
hamkorlikda Arduino.lDE dasturini kompyuterga o‘rnatish yo‘riqnomasi
asosida ishlar tashkil qilinadi. Dasturlash ishlari amalga oshirilgach
robot tekshirib ko‘riladi va sinovdan o‘tkaziladi. Robot imkoniyatlaridan
kelib chiqqan holda musobaqa tashkil qilinadi.