|
O‘. O. Tohirov, D. S. Mirahmedova, Z. S. Shamsiyeva texnologiya metodik qo‘llanma umumiy o‘rta ta’lim maktablarining Pdf ko'rish
|
bet | 148/161 | Sana | 19.12.2023 | Hajmi | 4,99 Mb. | | #123284 |
Bog'liq 5-sinf Texnologiya METODIKA metodik qo‘llanma
5-sinf darsligi bo‘yicha
166
III. Yangi
tushunchalar
Iqtisodiyot, oila, oila budjeti, hissa, daromad,
xarajat, ijodkorlik, tashabbuskorlik
Qo‘llaniladigan resurslar
Tarqatma
vazifalar
Taqdimot
Videodars
Internet-
resurs
21–22mavzu. pptx 21–22mavzu. avi http: //www.dr.rtm.uz
Yangi mavzu bayoni. (50 daqiqa)
Yangi mavzu bo‘yicha taqdimot va videoroliklar namoyish qilinadi.
O‘quvchilar diqqat bilan taqdimot va videoroliklarni kuzatadi
va o‘zlari uchun qiziqarli, yangi ma’lumotlarni belgilab boradilar.
Tushunmagan muammoli qismlar bo‘yicha savollarni tayyorlaydilar.
Daftarga yozib oling!
Siz zamonaviy texnika va texnologiyalar, turli yog‘och, metall va
kompozit materiallarga ishlov berish, harakatlanuvchi oddiy mexa
nizmlardan foydalanib turli buyumlar yasash usullarini o‘r
ganib
oldingiz. Albatta, o‘rgangan bu bilimlar Sizga oila ishlariga yordam
qilish va oila daromadiga o‘z hissangizni qo‘shishingizda poydevor
va zifasini bajaradi. Bu esa oilangiz iqtisodiyotini o‘sishiga xizmat qi
ladi.
Buyuk ma’rifatparvar, iste’dodli shoir, mashhur tarbiyachi bobomiz
Abdulla Avloniy o‘zlarining “Turkiy guliston yoxud axloq” asarlarida:
“Iqtisod deb pul va mol kabi ne’matlarning qadrini bilmakni aytilur.
Mol qadrini biluvchi kishilar o‘rinsiz yerga bir tiyin sarf qilmas, o‘rni
kelganda so‘mni ayamas. Saxovatning ziddi baxillik bo‘lgani kabi
iqtisodning ziddi isrofdir”, deb yozganlar.
Iqtisodiyot — yunoncha “ekonomikos” so‘zidan olingan bo‘lib, “uy
xo‘jaligini yuritish san’ati” degan ma’noni bildiradi.
Oila budjeti nima?
Oila budjeti — barcha oila a’zolarining pul va moddiy boyliklari
to‘plami, ya’ni, oiladagi otaonalarning shaxsiy budjetlarini bitta
umumiy budjetga birlashtirilishidir.
|
| |