|
O‘. O. Tohirov, D. S. Mirahmedova, Z. S. Shamsiyeva texnologiya metodik qo‘llanma umumiy o‘rta ta’lim maktablariningBog'liq 5-sinf Texnologiya METODIKA Amaliy mashg‘ulot. (40 daqiqa)
O‘qituvchi tampon tayyorlashni o‘rganish ishlariga rahbarlikni
amalga oshiradi hamda amaliy mashg‘ulotga oid plakatlar, taqdimot
va videoroliklarni namoyish etadi.
Amaliy mashg‘ulotni ishni bajarish tartibi va berilgan texnolo gik
xarita asosida jihozlardan xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilgan
holda foydalanib tashkil qiladi.
Yangi mavzuni mustahkamlash. (5 daqiqa)
O‘qituvchi: yangi mavzuni mustahkamlash savoljavob asosida
amalga oshiriladi (darslikdagi 13§, 42bet).
Uyga vazifa berish. (5 daqiqa)
Darslikdagi 39–43betlar: 13§ ni o‘qish va tampon tayyorlashni
o‘rganish.
53
metodik qo‘llanma
5-sinf darsligi bo‘yicha
2.2. Metallga ishlov berish texnologiyasi
25–26-dars. METALLGA ISHLOV BERISH
USTAXONASINING TUZILISHI.
XAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARI
4-amaliy mashg‘ulot.
CHILANGARLIK DASTGOHI VA TISKISI TUZILISHINI
O‘RGANISH. (2 soat)
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: metallga ishlov berish ustaxonasining tuzilishi va xavf
sizlik texnikasi qoidalari, ish o‘rnini tashkil qilish haqidagi bilimlarni
o‘rgatish.
Tarbiyaviy: metallga ishlov berish ustaxonasida ish o‘rnini to‘g‘ri
tashkil qilish madaniyatini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi: metallga ishlov berish ustaxonasining tuzilishi
va xavfsizlik texnikasi qoidalari haqidagi yangi ma’lumotlar bilan
boyitish.
Kasbga yo‘naltiruvchi maqsad: metallga ishlov berish (chi lan
garlik, tokarlik kabi) sohasiga oid kasblarga yo‘llash.
Darsning texnologik xaritasi
I. Tashkiliy qism
(5 daqiqa)
Salomlashish, davomatni aniqlash,
navbatchini tayinlash, o‘quvchilarning darsga
tayyorgarlik darajasini nazorat qilish, uy
vazifasini tekshirish
Darsning shakli
nazariy va amaliy
O‘qitishning usul
va texnologiyalari
suhbat, savoljavob, “Kim chaqqon” usuli
O‘qitish shakllari
individual, frontal, jamoa bilan ishlash
AKT va interfaol
vositalar
o kompyuter
o elektron doska
o smart doska
o proyektor
o televizor
o kolonkalar
Ko‘rgazmali
qurollar va o‘qitish
vositalari
o darslik
o taqdimot
o video
o rasmlar
o plakatlar
o tarqatma
kartochkavazifalar
o amaliy vazifalar
o test varaqalari
o so‘rovnoma
|
| |