|
O‘. O. Tohirov, D. S. Mirahmedova, Z. S. Shamsiyeva texnologiya metodik qo‘llanma umumiy o‘rta ta’lim maktablariningBog'liq 5-sinf Texnologiya METODIKA texnologik intizom deb ataladi.
Amaliy mashg‘ulot. (40 daqiqa)
O‘qituvchi chilangarlik dastgohi va tiskisi tuzilishini o‘rganish ish
lariga rahbarlikni amalga oshiradi hamda amaliy mashg‘ulotga oid
plakatlar, taqdimot va videoroliklarni namoyish qiladi.
Amaliy mashg‘ulotni ishni bajarish tartibi asosida jihozlardan
xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilgan holda foydalanib tashkil
qiladi.
55
metodik qo‘llanma
5-sinf darsligi bo‘yicha
Yangi mavzuni mustahkamlash. (5 daqiqa)
Mavzuga oid savoljavob va “Kim chaqqon?” muso baqa usulidan
foydalanib nazariy va amaliy mashg‘ulotni mustah kamlash.
Uyga vazifa berish. (5 daqiqa)
Darslikdagi 44–47betlar: 14–15§ ni o‘qish va 46betda beril gan
54rasmga oid muammoli topshiriqqa javob topish hamda sababini
tushuntirib berish.
27–28-dars. METALLNING TURMUSHDA VA IQTISODIYOT
TARMOQLARIDAGI AHAMIYATI. ISHLAB CHIQARISH SOHALARI.
METALL VA UNING QOTISHMALARI. QORA VA RANGLI METALLAR. (2 soat)
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: metallning turmushda va iqtisodiyot tarmoqlaridagi aha
miyati, ishlab chiqarish sohalari, metall va uning qotishmalari, qora va
rangli metallar haqidagi bilimlarni o‘rgatish.
Tarbiyaviy: metalldan tejamkorlik asosida foydalanish ko‘nikma-
larini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi: metall va uning qotishmalari, qora va rangli me
tal lardan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish.
Kasbga yo‘naltiruvchi maqsad: o‘quvchilarni metall ishlab chiqa
rish sohasiga oid kasblarga yo‘llash.
Darsning texnologik xaritasi
I. Tashkiliy qism
(10 daqiqa)
Salomlashish, davomatni aniqlash, navbatchini
tayinlash, o‘quvchilarning darsga tayyorgarlik
darajasini nazorat qilish, uy vazifasini tekshirish
Darsning shakli
nazariy
O‘qitishning usul
va texnologiyalari
suhbat, savoljavob, “O‘yla, izla, top!” bahs
munozara usullari
O‘qitish shakllari
individual, frontal, jamoa bilan ishlash
AKT va interfaol
vositalar
o kompyuter
o elektron doska
o smart doska
o proyektor
o televizor
o kolonkalar
Ko‘rgazmali
qurollar va o‘qitish
vositalari
o darslik
o taqdimot
o video
o rasmlar
o plakatlar
o tarqatma
kartochkavazifalar
o amaliy vazifalar
o test varaqalari
o so‘rovnoma
|
| |