• Tavakkul – tasavvuf ta’limotiga ko’ra, o’z irodasini Allohga ishonib topshirish. Talmud
  • Tipitaka – Tripitaka so’zining o’zgargan shakli. Tobiyun
  • Traditsionalizm – an’anachilik. Dindagi ratsionalizmga qarshi o’laroq, naql (taqlid) tamoyiliga asoslanuvchi oqim. Tripitaka
  • O. Sirojov, D. Mirjavharova, E. Axmedov




    Download 1,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet118/127
    Sana02.07.2024
    Hajmi1,74 Mb.
    #266403
    1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   127
    Bog'liq
    Dinshunoslik

    Sutra-pitaka 
    – Tripitakaning din mazmuniga bag’ishlangan qismi.
    So’fiy
    – islomdagi mistik-asketik oqim vakili.
    Tabu – 
    totemistik tasavvurlar mavjud bo’lgan jamiyatdagi diniy taqiq. Bu 
    tasavvurlarga ko’ra, tabuni buzgan odam ruhlar va xudolar tomonidan unga og’ir 
    kasallik yoki o’lim yuborish bilan jazolanadi. Tabu ma’lum bir buyumga 
    tegmaslik, ma’lum so’zni aytmaslik, ma’lum hayvonlarning go’shtini yemaslik 
    kabilardan iborat bo’lishi mumkin.
    Tavakkul 
    – tasavvuf ta’limotiga ko’ra, o’z irodasini Allohga ishonib 
    topshirish.
    Talmud 
    – (ivrit. «lameyd» - «o’rganish» so’zidan) Tavrotga yozilgan 
    sharhlar to’plami.
    Tafsir 
    – (arab. «bayon qilish») Qur’on oyatlariga o’ziga xos ravishda ma’no 
    berish.
    Terrorizm 
    - (fr. «qo’rqitish») o’z fikrini zo’ravonlik yo’li bilan boshqalarga 
    o’tkazish. Bu yo’lda suiqasd, qo’poruvchilik kabi usullardan foydalaniladi.
    Tipitaka 
    – Tripitaka so’zining o’zgargan shakli.
    Tobiyun 
    – (arab. «ergashuvchilar») Payg’ambar sahobalarini ko’rgan va 
    ularga ergashgan kishilar.
    Tora – 
    (arab. «Tavrot») Muso payg’ambarga nozil bo’lgan kitob.
    Totem - 
    (SHimoliy Amerikadagi Ojibva qabilasining tilida - «uning urug’i») 
    totemizmda muqaddas sanaladigan o’simlik va hayvon.
    Traditsionalizm 
    – an’anachilik. Dindagi ratsionalizmga qarshi o’laroq, naql 
    (taqlid) tamoyiliga asoslanuvchi oqim.
    Tripitaka 
    – (sanskr. «uch savat») buddizmning muqaddas kitobi.
    Farziylar 
    – qadimiy yahudiylikdagi oqim.
    Farishta 
    – nurdan yaratilgan, nafs va xohishga ega bo’lmagan, faqatgina 
    unga xudo tomonidan buyurilgan muayyan vazifalarni og’ishmay bajaradigan, 
    insonlar ko’ziga ko’rinmaydigan maxluq.
    Fanatizm– 
    mutaassiblik.

    Download 1,74 Mb.
    1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   127




    Download 1,74 Mb.
    Pdf ko'rish