217
Fetishizm yog’och, loy va boshqa materiallardan yasalgan buyumlarning paydo
bo’lishi bilan bir paytda shakllangan. Bu butlarda va tumorlarda jamoalar
g’ayritabiiy dunyodan keladigan ilohiy qudratning timsolini ko’rdilar. Bizning
jamiyatimizda ham fetishizmning ko’rinishlari mavjud bo’lib,
odamlar
ko’zmunchoq, taqa, tumor... kabilarda qandaydir ilohiy qudrat bor deb
hisoblaydilar. Islomda esa bu shirk hisoblanadi.
Savol:
Sizning mazkur fikrga munosabatingiz qanday?
5- “case stady”: Shamanizm
(«shaman» so’zining tungus tilidagi
ma’nosi – «sehrgar»). Sehrgarlik (afsun, magiya) real natijalar
olish uchun ilohiy
kuchlarga ta’sir etish maqsadida amalga oshiriladigan rituallar – urf-odatlar
majmuasidir. U totemizm va animizm bilan bir vaqtda paydo bo’lib, unga ko’ra
uning vositasida kishilar o’z
totemlari
, ota-bobolarining ruhlari bilan xayolan
bog’lanishni amalga oshirib kelganlar. Shamanizm qadim o’tmishda paydo bo’lib,
minglab yillar davomida saqlanib kelgan va tabiiyki, muntazam rivojlanib borgan.
Odatda, afsungarlik urf-odatlari bilan maxsus odamlar – shamanlar, afsungarlar
shug’ullanganlar.
Afsungarlik maqsadga ko’ra quyidagilarga bo’linadi: 1) zarar keltiruvchi –
yovuz afsungarlik. Bundan kimgadir
zarar yetkazish niyat qilinadi; 2) harbiy
afsungarlik. Bunday afsungarlik dushmanga qarshi qo’llaniladi (masalan, qurol
aslahalarni sehrlash); 3) sevgi afsungarligi,
boshqacha aytganda, «issiq» yoki
«sovuq» qilish; 4) tibbiy afsungarlik. Davolashda ishlatiladi; 5) ob-havo
5 –
keys
-
stadi
218
afsungarligi. Bu sehrgarlik turidan yomg’ir chaqirish yoki shunga o’xshash ob-
havoni o’zgartirish maqsadlarda foydalanilgan.
Sehrgarlik hozirda ham mavjud. Dinlarda, turli xalqlar
urf-odatlarida saqlanib
qolgan. Bizning jamiyatimizda ham bu holatlar mavjud. Masalan, sevgi
afsungarligi, boshqacha aytganda, «issiq» yoki «sovuq» qilish