• 3 - “Keys-stadi”
  • Muammoli vaziyat-savol. Keltirilgan misol islomshunos qaysi olimning qanday asaridan olingan. 3.
  • Islom manbalari mavzusiga oid KEYSLAR




    Download 1,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet123/127
    Sana02.07.2024
    Hajmi1,74 Mb.
    #266403
    1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   127
    Bog'liq
    Dinshunoslik

    Islom manbalari mavzusiga oid KEYSLAR
    1.
    «Al-Adab al-mufrad»ning 1-24 boblari ota-onaga xizmat qilish, ularning 
    hurmatini joyiga qo’yish, ayniqsa, qarigan chog’ida ularni e’zozlab parvarish 
    qilish, diliga ozor bermaslik, ularning haqqini ado etish masalalariga 
    bag’ishlangan. Ba’zi misollar keltiramiz. 
    Muslim ibn Xayyila (raziyallohu anhu) aytdilar-ki, rasulullohdan «Ey 
    rasululloh, men yaxshiligimni kimga qilsam bo’ladi?» — deb so’radim. 
    «Onangga» — dedilar. «Men shu savolni uch marta qaytarsam ham rasululloh 
    3 - “Keys-stadi”: 


    220 
    «Onangga» deyaverdilar. To’rtinchi marta so’raganimda: «Otangga va yaqin 
    bo’lgan qarindoshlaringga» dedilar. 
    Savol:
    Nima uchun avvalo uch marta onangga, keyin otangga yaxshilik qil 
    deyilgan? 
    2.
    Hadislardan anchasi qarindosh-urug’larga yaxshilik qilish, ular bilan 
    bordi-keldi qilib turish, holidan xabar olish va ularga rahm-shafqatli bo’lish 
    haqidagi hadislardir. Bakr ibn al-Horis Ansoriy (raziyallohu anhu)dan rivoyat 
    qilindi. U kishi rasulullohdan «Yo rasululloh, men yaxshiligimni kimga qilishim 
    kerak?» — deb so’radilar. Rasululloh (s.a.v.); «Onangga, otangga, opa 
    singillaringga, aka-ukalaringga va yaqin kishilaringga, zaruriy burch va uzilmasligi 
    kerak bo’lgan qarindoshliqdir», - dedilar. 
    Muammoli vaziyat-savol.
    Keltirilgan misol islomshunos qaysi olimning 
    qanday asaridan olingan.
    3.
     
    Islom so’zi arabcha «Ollohga o’zini topshirish», «itoat etish», «taslim 
    bo’lish», «bo’ysunish» ma’nolarini beradi. Islomning asosiy manbasi bo’lmish 
    Qur’oni Karim VII asrda nozil bo’lgan bo’lsa-da, islom ta’limotiga ko’ra bu din, er 
    yuzida insoniyat paydo bo’libdiki, barchalariga nozil qilingan. Muhammad s.a.v. 
    avvalgi payg’ambarlar ishini davom ettirgan, ular dinini qayta tiklagan, qiyomat 
    oldidan yuborilgan oxirgi payg’ambar – 
    Nabiy
    va 
    Rasul
    deb tan olinadi.
     
    Nabiy
    – payg’ambar, arab tilidan tarjimasi 
    xabarchi, xabar yetkazuvchi
    ma’nolarini beradi. Payg’ambarlar orasida ularga Alloh tomonidan alohida kitob va 
    shariat nozil qilinmagan va avvalgi payg’ambarning kitob va shariatini insonlarga 
    targ’ib qilganlari 
    nabiylar 
    deb ataladi (Ismoil, Ishoq, Ya’qub, Zakariyo kabi). 
    Rasul – 
    payg’ambar, arab tilida ye
    lchi 
    ma’nosini anglatadi. Alloh tomonidan 
    alohida kitob va shariat berilgan payg’ambarlar 
    rasullar 
    darajasiga erishgan 
    hisoblanadi (Ibrohim, Muso, Iso kabi). 

    Download 1,74 Mb.
    1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   127




    Download 1,74 Mb.
    Pdf ko'rish