222
2.
Qonun nechta moddadan iborat?
3.
Diniy ekstremizm – muayyan diniy konfessiya va tashkilotlardagi
ashaddiy
mutaassib, fanatik unsurlarning faoliyati mafkurasi. Fanatizm o’z aqidasining
shak-shubhasiz to’g’riligiga ishonib, boshqa firqa va mazhablarni butunlay rad
etgan holda ularni tan olmaslik, balki ularni diniy asoslarni buzishda ayblab, ularga
qarshi urush ochishga olib boradigan omillardandir.
Diniy fanatizm diniy
ekstremizm va terrorizmga zamin tayyorlaydi.
Fundamentalizm – ma’lum din vujudga kelgan ilk davriga qaytish va bu yo’l
bilan zamonaning barcha muammolarini hal qilish mumkin degan fikrni ilgari
suruvchilarning yo’nalishi. Diniy fundamentalizm – aqidaning o’zgarmasligini
himoya qiladigan, vahy va mo’’jizalarning muqaddas kitoblardagi bayonining
harfiy talqini tarafdori, ularning har qanday majoziy talqiniga murosasiz, muayyan
diniy e’tiqod shakllanishining boshlang’ich davrida belgilangan barcha yo’l-
yo’riqlarni qat’iy va og’ishmay bajarilishini talab
qiladigan diniy oqimlarni
ifodalashda qo’llaniladigan istilohdir.
Keyslarga javob bering:
1.
Diniy ekstremizm qanday ma’noni anglatadi?
2.
Islomni niqob qilib, diniy ekstremizm va terrorizmga kirib faoliyat
olib borayotgan fuqarolar haqida nima deya olasiz?
3.
ISHID haqida nimalarni bilasiz?
9.
Inson Ollohning
xalifasi sifatida bilim egasi, yorug’ dunyoning barcha
bilimlariga uning idroki yetadi. Faqat kibrga berilib ketmasa, o’zini hammadan ortiq
qo’ya boshlamasa bas. Parvardigor bizni inson qilib yaratgan ekan, aql-xush, ilmu-
amal bergan ekan, demak, biz
inson sifatida tafakkur qilib, dunyoviy ilmlarni -
dunyoni o’rganib, dunyo orqali Ollohning zotini, ilmlarini
kashf etib yashashimiz
kerak. Din - ruhiyatimiz tarbiyachisi, ilm-dunyoni va oxiratni bilish quroli,
inson
unisini ham, bunisini ham egallamog’i kerak. Bizning bobolarimizning yo’li ana
223
shunday bo’lgan. Bir misol keltiramiz. Rivoyat qilishlaricha, Abu Ali Ibn Sino bilan
mashhur shayx Abusaid Abulxayr uchrashibdilar. Ular bir kecha bir-birlariga hech
narsa demay «suhbatlashib» chiqibdilar. Ertalab SHayxning shogirdlari undan Ibn
Sino haqida nima deysiz, deb so’raganlarida, Abusaid Abulxayr: «Men nimaiki vajd
(intuitsiya) bilan bilgan bo’lsam, u aql bilan bilib olgan», debdi. Ibn Sino esa o’z
shogirdlariga: «Men nimaiki aql bilan bilgan bo’lsam, u ko’ngli bilan idrok etadi»,
deb aytgan ekan. Ko’rinadiki, Ibn Sino dunyoviy ilmlar olimi, Abusaid Abulxayr esa
-
tasavvuf shayxi, ilohiyot olimi. Ammo ular bir-birini tushungan va har ikki ilm
ham kerakligini anglaganlar.